Hayotga qarshi jinoyatlar
Bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a'zosi tomonidan yoxud o`sha
Download 154.5 Kb.
|
Hayotga qarshi jinoyatlar
Bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a'zosi tomonidan yoxud o`sha
guruh manfaatlarini ko`zlagan holda qasddan odam o`ldirish (O`zR JK 97-moddasi 2-qismi «p» bandi) Odam o`ldirish ikki yoki undan ortiq shaxslar tomonidan sodir etilganida aybdorlarning qilmishi O`zR JK 97-moddasi 2-qismi «p» bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi zarur. Odam o`ldirish to`g`risida jinoyat ishtirokchilarining oldindan kelishuvi jinoyatni ushbu moddaga binoan kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyat kasb etmaydi. Odam o`ldirishni JK 97-modda 2-qismi «p» bandi bilan to`g`ri kvalifikatsiya qilish uchun jinoyatning barcha ishtirokchilari jabrlanuvchini o`ldirishga qasd qilganligini aniqlash zarur. Odam o`ldirish uchun yagona qasd bilan birgalikda harakat qilgan va jabrlanuvchini o`ldirish jarayonida bevosita ishtirok etgan shaxslarni jinoyatning ijrochilari, deb e'tirof etish kerak. Qilmishni ushbu band bilan kvalifikatsiya qilish uchun jinoyat ishtirokchilarining avvaldan kelishilgan yoki kelishilmaganligining ahamiyati yo`q. Odam o`ldirishni JK 97-moddasi 2-qismi bilan to`g`ri kvalifikatsiya qilish uchun barcha ishtirokchilarda jabirlnuvchini hayotidan mahrum etishga qaratilgan qasdning mavjud bo`lganligini aniqlash lozim. Jabirlanuvchini hayotidan mahrum qilish jarayonida bevosita ishtirok etgan, qasddan va birgalikda harakat qilgan shaxslar jinoyatning bajaruvchilari hisoblanadilar. Agar bir guruh shaxslar tomonidan jabrlanuvchining sog`lig`iga shikast yetkazish maqsadida urish jarayonida guruh a'zolaridan biri, qolgan ishtirokchilarning xayoliga kelmagan holda, uni qattiq urib o`ldirgan bo`lsa, uning bu harakati O`zR JK 97-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunday hollarda aybdorning qilmishini sodir etilgan jinoyatning motivini inobatga olgan holda, odam o`ldirish deb, jinoyatning qolgan ishtirokchilarining qilmishini esa bir guruh shaxslar tomonidan jabrlanuvchining sog`lig`iga shikast yetkazish deb kvalifikatsiya qilish lozim. «Bir gurux shaxslar yoki uyushgan gurux a'zosi tomonidan yoxud usha gurux manfaatlarini kuzlab sodir etilgan kasddan odam uldirish jinoyatini JK 97- moddasi ikikinchi kismining «p» bandi bilan kvalifikatsiya kilishda, xar kaysi ishtirokchining jinoyatda ishtirok etganlik darajasi va xususiyatini aniklash, oldindan til biriktiruv bulgan-bulmaganligini va ular urtasida vazifalar uzaro taksimlangan taksimlanmaganligini sinchiklab tekshirish lozim.»23[24], deb ko`rsatilgan. Odam o`ldirish uyushgan guruh a'zosi tomonidan yoxud o`sha guruh manfaatlarini ko`zlab sodir etilgan taqdirda aybdorning qilmishi O`zR JK 97-modda 2-qismi «p» bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi zarur. Odam o`ldirishni uyushgan guruh manfaatlarini ko`zlagan holda sodir etilgan, deb topish uchun sodir etilgan jinoyat natijasida uyushgan guruh a'zolari manfaat ko`rgan bo`lishlari lozim, bevosita odam o`ldirgan shaxs uyushgan guruhning a'zosi bo`lmasligi ham mumkin. Bunday holda jinoyatchilarda uyushgan guruhning manfaatlarini ko`zlab jabrlanuvchini hayotidan mahrum etish niyati bo`lganligini aniqlash muhimdir. Odam o`ldirishning bu turini sodir etish motivlari tamagirlik, jabrlanuvchidan o`z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan o`ch olish, boshqa kishilar hayoti uchun xavfli usulda odam o`ldirish va h.k. ham bo`lishi mumkin. Bunday hollarda, asosiy motiv, ya'ni uyushgan guruh manfaatlarini ko`zlagan holda odam o`ldirilganini aniqlash muhimdir. Odam o`ldirishni kvalifikatsiya qilishda barcha jazoni og`irlashtiruvchi holatlarni ko`rsatish va jazo tayinlashda ularni inobatga olish zarurdir. Qasddan odam o`ldirish ishtirokchilikda sodir etilganda, jinoyat subyektini tavsiflovchi kvalifikatsiya belgilari (qotillik o`ta xavfli retsidivist yoki ilgari ham qasddan odam o`ldirgan shaxs tomonidan sodir etilganligi), ushbu belgilar bevosita taalluqli bo`lgan ishtirokchilarning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda e'tiborga olinishi lozim24[25]. Download 154.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling