Hayotga qarshi jinoyatlar
Boshqa g`ayriqonuniy harakatlar
Download 154.5 Kb.
|
Hayotga qarshi jinoyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Onaning o`z chaqalog`ini qasddan o`ldirishi (O`zR JK 99-moddasi) Obyektiv tomondan
Boshqa g`ayriqonuniy harakatlar deganda, jabrlanuvchining shunday harakatlari tushuniladiki, ular na zo`rlik deb, na haqorat deb topilishi mumkin emas va shu bilan birga aybdor yoki uning yaqinlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari qo`pol tarzda buzilishi (masalan, tuhmat, beboshlik yoki beboshlikka olib borish, mol-mulkni yo`q qilish va h.k.) bo`lishi mumkin.
To`satdan kuchli ruhiy hayajonlanish va shu munosabat bilan odam o`ldirishga qasd qilish nafaqat g`ayriqonuniy zo`rlik yoki og`ir haqorat qaratilgan shaxsda, balki shu hodisaning guvohi bo`lgan har qanday boshqa shaxslarda ham vujudga kelishi mumkin. Bunday shaxslarning qilmishlari ham O`zR JK 98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi zarur. To`satdan ro`y bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o`ldirishda aybdor O`zR JK 97-modda 2-qismida nazarda tutilgan og`irlashtiruvchi holatlar, masalan, o`ta shafqatsizlik bilan harakat qilgan ikki yoki undan ortiq shaxsni o`ldirgan bo`lsa ham qilmish O`zR JK 98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmog`i lozim. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o`ldirish to`g`ri yoki egri qasd bilan sodir etilishi mumkin. Onaning o`z chaqalog`ini qasddan o`ldirishi (O`zR JK 99-moddasi) Obyektiv tomondan mazkur jinoyat onaning o`z chaqalog`ini tug`ish paytida yoki bevosita tuqqani hamon qasddan o`ldirishidan iboratdir. Odam o`ldirishning bu turi jazoni yengillashtiruvchi holat hisoblanadi, chunki jinoyat tug`ayotgan ayolning tug`ish paytidagi yoki bevosita tug`ishdan keyingi alohida ruhiy-jismoniy holati natijasida sodir etiladi. Bunday holat tug`ish paytidagi og`riqlar, aziyat tufayli paydo bo`lishi va bu ko`zi yoriyotgan ayolda chaqaloqqa nisbatan salbiy tuyg`uni keltirib chiqarishi mumkin. Yoxud bu istalmagan (nomusga tegish natijasida homilador bo`lish yoki uylanishga va'da qilib aldab ketish) tug`ish bo`lishi mumkin. Chaqaloq tanasining biron-bir a'zosi ona qornidan chiqqan paytda yoki u to`la tug`ilib bo`lgandan so`ng onaning uni o`ldirganligi O`zR JK 99-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Onaning o`z chaqalog`ini uni tug`ishidan muayyan vaqt o`tganidan so`ng, ya'ni onada alohida ruhiy-jismoniy holat, ayolning tug`ish paytida yoki bevosita tuqqanidan so`ng yuzaga keladigan holati o`tgandan so`ng o`ldirishi, jinoyat sodir etilishining asosiy sababini inobatga olib, JKning 97-moddasiga ko`ra kvalifikatsiya qilinishi kerak. Qotillikni kvalifikatsiya qilishda vaqt omilini hisobga olish shart hisoblanadi. Jinoyatning subyekti faqat yangi tuqqan ayol – ona bo`ladi. Ushbu jinoyat ishtirokchilari (dalolatchi, yordamchilar)ning harakati JK 28 va 97-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Muddatidan oldin tug`ilgan chaqaloqni o`ldirishni ham yangi tug`ilgan chaqaloqning ona tomonidan o`ldirilish deb hisoblanadi. Asosiysi, chaqaloq o`ldirilayotganda u tirik bo`lishi lozim. Bunday holatda ona qornidan o`lik chaqaloq emas, tirik chaqaloq tug`ilgani faktini belgilash zarur. Onaning o`z qornidagi homilaga zarar yetkazishga qasd qilishi, hatto homiladorlik 22 haftadan oshgan bo`lsa ham, homilaning nobud bo`lishiga olib kelsa, bu homilador ayolning javobgarligini keltirib chiqarmaydi. Agar homilador ayol 16 yoshga to`lmagan bo`lsa, u ushbu modda bo`yicha javobgarlik yuzaga kelishi uchun zarur bo`lgan, qonun bilan belgilangan yoshga yetmaganligi uchun onaning o`z chaqalog`ini qasddan o`ldirganligi subyekti bo`la olmaydi. Onaning o`z chaqalog`ini qasddan o`ldirishi to`g`ri qasd bilan ham, egri qasd bilan ham sodir etilishi mumkin. Chaqaloq hayotiga suiiqasd qilish faqat to`g`ri qasd bilan sodir etiladi. Ehtiyotsizlik orqasidan chaqaloqning o`limi kelib chiqqan hollarda tuqqan onaning harakatlarini JK 102-moddasi bo`yicha kvalifikatsiya qilish kerak. Onaning o`z chaqalog`ini qasddan o`ldirishini chaqaloqni xavf ostida qoldirishdan farqlashda (JK 117-moddasi), ayol yangi tug`ilgan chaqaloqni xavf ostida qoldirayotganda uni kimdir olib ketishi va u haqda g`amxo`rlik qilishini xohlaganini hisobga olish zarur bo`ladi (masalan, farzandni odamlar yashayotgan joyda deraza tagida yoki eshik tagida yoxud yetimxona eshigi oldida qoldiradi). Chaqaloqni qasddan o`ldirishda esa ayol uning nobud bo`lishini xohlaydi yoki ongli ravishda bunga yo`l qo`yadi. Ayolning qasdi nimaga qaratilganini uning chaqaloqni qayerga, qanday joyga, yilning qaysi vaqtida tashlab ketganligiga, bu joyda uni qutqarish ehtimoliga, chaqaloq qanchalik tez topilishi mumkinligiga qarab hukm chiqarish mumkin. Download 154.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling