Hayotga qarshi jinoyatlar
O`zini o`zi o`ldirish darajasiga yetkazish
Download 154.5 Kb.
|
Hayotga qarshi jinoyatlar
O`zini o`zi o`ldirish darajasiga yetkazish
(O`zR JK 103-moddasi) Ushbu modda ikki qismdan iborat bo`lib, ushbu jinoyatning obyekti boshqa odamning hayotidir. Bu jinoyat obyektiv tomondan moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo`lmagan (JK 103-moddasining 1-qismi) yoxud moddiy yoki boshqa jihatdan qaram bo`lgan (JK 103-moddasining 2-qismi) shaxsga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha'ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o`zini o`zi o`ldirish yoki o`zini o`zi o`ldirishga suiqasd qilish darajasiga yetkazishda ifodalanadi. Aybdorning sodir etgan qilmishini O`zR JK 103-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun o`zini o`zi o`ldirish yoki o`zini o`zi o`ldirishga suiqasd qilish darajasiga yetkazish aybdorning jabrlanuvchiga nistaban rahmsiz muomala qilishi yoki uning sha'ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitishi natijasi ekanligini aniqlash zarur. Aybdorni o`zini o`zi o`ldirish darajasiga yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga jabrlanuvchiga nisbatan rahmsiz muomala qilganligini ko`rsatuvchi bitta hodisaning aniqlanganligi yetarlidir. Sha'n va g`ururning bir marta kamsitilishi fakti JK 103-moddasi bo`yicha javobgarlikka tortishga asos bo`lmaydi. Bunday hollarda javobgarlik Jinoyat kodeksining shaxsga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bo`yicha kelib chiqadi32[33]. Ayrim hollarda haqiqiy ma'lumotlarni hayosizlarcha, masxaraomuz, haqoratomuz shaklda muttasil ravishda tarqatish ham o`zini o`zi o`ldirish darajasiga yetkazish usuli deb topilishi mumkin. Jabrlanuvchining o`zini o`zi o`ldirishi (o`lim sodir bo`lishi) yoki o`zini o`zi o`ldirishga suiqasd qilishi jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Agar bunday oqibatlar bo`lmasa, o`zini o`zi o`ldirish darajasiga yetkazish jinoyatining tarkibi bo`lmaydi. Biroq aybor shaxsning harakatlarida boshqa jinoyatlar (masalan, haqorat qilish, tuhmat qilish)ning alomatlari bo`lsa, u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Aybdorning qilmishini O`zR JK 103-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun jabrlanuvchining o`ziga nisbatan rahmsiz muomala qilinishi yoki uning sha'ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitilishi natijasida o`zini o`zi o`ldirgani yoki unga suiqasd qilganligini, ya'ni aybdorning muomalasi va yuz bergan oqibatlar o`rtasidagi sababiy bog`lanish mavjudligini aniqlash kerak. O`zini o`zi o`ldirish yoki unga suiqasd qilish o`ynash bo`lish, nikoh tuzishni rad etish, er-xotindan birining vafosizligi qonunga xilof ravishda ishdan bo`shatish, lavozimini pasaytirish kabilarning natijasi bo`lsa, shaxsning qilmishi O`zR JK 103-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Jabrlanuvchi aybdordan moddiy yoki boshqa turdagi qaramlik munosabatida bo`lmagan hollarda JK 103-moddasi 1-qismiga muvofiq javobgarlik kelib chiqadi. Bunda JK 103-moddasi bo`yicha aybdorning harakatini o`zini o`zi o`ldirishga suiqasd qilgan hollarda JK 25-moddasi bilan qo`shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi, chunki JK 103-moddasi o`zini o`zi o`ldirish, shuningdek, unga suiqasd qilish darajasiga yetkazganlik uchun javobgarlikni qamrab oladi33[34]. Jabrlanuvchi aybdordan moddiy yoki boshqa turdagi qaramlik munosabatida bo`lgan hollarda, qilmishni JK 103-moddasi 2-qismiga binoan kvalifikatsiya qilish kerak. Bunday hollarda qaramlik mavjudligi aybdor va jabrlanuvchi o`rtasida haqiqatan ro`y bergan va mavjud bo`lgan munosabatlarga baho bergan holda aniqlanishi lozim34[35]. Jabrlanuvchini qasddan o`zini o`zi o`ldirish yoki o`zini o`zi o`ldirishga suiqasd qilish darajasiga yetkazishni xohlagan aybdorning qilmishi jinoyatning sodir etilish motivlarini va O`zR JK 97-moddasi tegishli qismini hisobga olgan holda, qasddan odam o`ldirish sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Agar o`zini o`zi o`ldirish yoki o`zini o`zi o`ldirishga suiqasd qilish darajasiga yetkazish chog`ida shaxs jabrlanuvchiga o`rtacha og`ir yoki og`ir tan jarohati yetkazsa, aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksining fuqarolar sog`lig`iga shikast yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak. O`zini o`zi o`ldirish darajasiga yetkazish subyektiv tomondan kelib chiqqan oqibatlarga nisbatan egri qasd yoki ehtiyotsizlik tufayli sodir etiladi35[36]. Jabrlanuvchini o`zini o`zi o`ldirish darajasiga yetkazish to`g`ri qasd bilan sodir etilgan hollarda qilmish vositali zarar yetkazish turi deb topilishi lozim, ya'ni uning harakati JK 97-moddasida ko`zda tutilgan qasddan odam o`ldirish tarkibini vujudga keltiradi – bunday hollarda odam o`ldirish jabrlanuvchining o`zi tomonidan sodir etiladi. Jinoyat egri qasd bilan sodir etilganda aybdor jabrlanuvchining o`zini o`zi o`ldirishi mumkinligiga ko`zi yetadi va uning o`zini o`zi o`ldirishga yo`l qo`yib beradi. Jinoyat ehtiyotsizlikdan sodir etilganida aybdor shaxs o`zini o`zi o`ldirishning oldi olinishidan kaltabinlik bilan umidvor bo`ladi (jinoiy o`z-o`ziga ishonish) yoki aybdor jabrlanuvchining o`zini o`zi o`ldirishga ko`zi yetmaydi. Aybdor ish holatlariga ko`ra o`zining harakatlari jabrlanuvchining o`zini o`zi o`ldirishiga sabab bo`lishini oldindan ko`ra bilishi mumkin va lozim. Ushbu jinoyatning subyekti O`zR JK 103-modda 1-qismi bo`yicha 16 yoshga to`lgan shaxs, 2-qismi bo`yicha esa, jabrlanuvchi moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan qaram bo`lgan shaxs hisoblanadi. Download 154.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling