Hayotga qarshi jinoyatlar


Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan


Download 154.5 Kb.
bet20/26
Sana18.02.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1210448
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
Hayotga qarshi jinoyatlar

Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan
qasddan odam o`ldirish
(O`zR JK 97-moddasi 2-qismi «r» bandi)

Aybdor ikkinchi marta odam o`ldirgan, ammo ilgari odam o`ldirganligi uchun sudlanmagan bo`lsa, jinoyat takroran sodir etilgan deb topiladi.


Agar odam o`ldirishda aybdor bo`lgan shaxs jinoyatni sodir etganlik uchun ilgari sudlangan bo`lsa, odam o`ldirish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilinadi.
Shaxs odam o`ldirishdan oldin terrorizm, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti hayotiga tajovuz qilish va h.k. jinoyatlar sodir etgan bo`lsa, qilmish takroran odam o`ldirish deb topilishi kerak.
Agar shaxs ilgari sodir etgan odam o`ldirganligi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan yoxud ana shu jinoyatlar uchun sudlanganligi muhlati o`tgan yoki qonunda belgilangan tartibda olib tashlangan, shuningdek jinoiy javobgarlikka tortish muhlatlari o`tgan bo`lsa, odam o`ldirish takroran sodir etilgan yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan deb topilishi mumkin emas.
Agar odam o`ldirish ehtiyotsizlikdan (JK 102-moddasi) yoxud zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib (JK 100-moddasi) yoki kuchli ruhiy hayajonlanish holatida (JK 98-moddasi) sodir etilgan bo`lsa yoki onaning o`z chaqalog`ini qasddan o`ldirishi (JK 99-moddasi) yoxud ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib (JK 101-moddasi) qasddan odam o`ldirish sodir etilgan bo`lsa, takroran va xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan odam o`ldirish deb topilishi mumkin emas.
Takroran odam o`ldirishni JK 97-moddasi 2 qismining “a” bandida ko`zda tutilgan ikki yoki undan ortiq odamni qasddan o`ldirishdan farqlash lozim.
Takroran odam o`ldirishni ikki yoki undan ortiq shaxsni o`ldirishdan farqlashda, takroran yoki xavfli retsidivist tomo­nidan amalga oshirilgan qasddan odam o`ldirishda ikki yoki undan ortiq qotillikni sodir etish uchun yagona qasdning yo`qligi va jinoyatlar, odatda, har xil vaqtda sodir etilganligi nazarda tu­tilishi lozim25[26].



Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling