Hayotga qarshi jinoyatlar
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari
Download 154.5 Kb.
|
Hayotga qarshi jinoyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ehtiyotsizlikdan odam o`ldirish (O`zR JK 102-moddasi) Ushbu jinoyat obyektiv tomondan
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari
chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o`ldirish (O`zR JK 101-moddasi) Mazkur jinoyat obyektiv tomondan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o`ldirishda ifodalanadi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o`ldirish – sodir etilgan jinoyat xavflilik darajasiga yoki uni ushlash vaziyatiga ochiq-oydin nomutanosib ravishda odam o`ldirishdir. Ya'ni jabrlanuvchi uning tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo`lgan xavf yoki uni ushlash vaziyatiga nomuvofiqligi ayon bo`lib turgan holda hayotidan mahrum etiladi. Sodir etilgan jinoyatni O`zR JK 101-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun jinoyatchini ushlash paytida uning o`limiga sabab bo`lgan ushlash vositalarini qo`llayotganida ushlovchi shaxsning ixtiyorida boshqa chora bo`lmaganligini anglab yetganligini aniqlash lozim bo`ladi. Ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyatni sodir etgan shaxsni o`ldirganlik O`zR JK 101-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Ehtiyotsizlikdan odam o`ldirish (O`zR JK 102-moddasi) Ushbu jinoyat obyektiv tomondan ehtiyotsizlikdan odam o`ldirishda ifodalanadi. Ehtiyotsizlikdan odam o`ldirish jinoiy o`z-o`ziga ishonish yoki jinoiy beparvolik oqibatida sodir etilishi mumkin. Jinoiy o`z-o`ziga ishonish natijasida ehtiyotsizlikdan odam o`ldirishda aybdor o`zi sodir etgan harakat (harakatsizlik) tufayli boshqa shaxsning o`ldirib qo`yilishi mumkinligiga ko`zi yetadi, lekin yengiltaklik qilib, uning oldini olishdan umidvor bo`ladi. Bunday hollarda, aybdor muayyan ehtiyotkorlik qoidalarini ongli ravishda buzadi. Jumladan, bunday buzish quyidagilarning oqibati bo`lishi mumkin. a) qasddan sodir etilgan qilmish; b) qonun bilan taqiqlangan, biroq jinoyat hisoblanmaydigan harakat; v) biron-bir qoida bilan taqiqlangan harakat (yo`l harakati qoidalarini buzish va h.k.); g) ilmiy ma'lumotlar va kasb qoidalariga zid harakatlar; d) yotoqxonadagi belgilangan ehtiyotkorlik qoidalarini buzadigan harakatlar; ye) mazkur shaxsning amalga oshirish yoki shug`ullanish huquqiga ega bo`lmagan harakatlari yoki kasb bilan shug`ullanishi va h.k. Jinoiy o`z-o`ziga ishonish oqibatida ehtiyotsizlikdan odam o`ldirishni egri qasd bilan sodir etilgan odam o`ldirishdan farqlash kerak bo`ladi. Egri qasd bilan odam o`ldirishda aybdor odamni o`ldirib qo`yishi mumkinligiga ko`zi yeta turib, ongli ravishda unga yo`l qo`yadi. O`z-o`ziga ishonishda esa, shaxs muayyan holatlarda o`limning oldini olish mumkin, deb umidvor bo`ladi va uning oldini olishni mo`ljallab harakat qiladi. Agar ehtiyotsizlikdan ikki yoki undan ortiq shaxs o`ldirilgan bo`lsa, aybdor JK 102-moddasining 2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi. Download 154.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling