Hayotga qasida lahzani ushlab qol, yashab oʻt lahzani Qara, qanday moviy shamol yollari


Download 24.36 Kb.
bet4/4
Sana02.01.2022
Hajmi24.36 Kb.
#189616
1   2   3   4
Bog'liq
badiiy manba

Toshlar sindi-ya chil-chil.

Suv ichgali koʻzimga

Qushlar qoʻndi-ya bir-bir.

Tushimni suvga aytdim,



Suvlar yondi-ya lov-lov.

Choʻgʻ tergali tilimga

Qushlar qoʻndi-ya birrov.

Dardni yomgʻirga aytdim,



Yomgʻir tindi-ya sim-sim.

Gul tergali kaftimga



Qizlar qoʻndi-ya lim-lim.

Ishqimni oyga aytdim,

Oylar toʻldi-ya gul gul.

Kuy ichgali koʻnglimga

Soʻzlar qoʻndi-ya bir-bir.

Sholi qo’riqchisi

Chumchuq, chumchuq, shoʻrtumshuq,

Hoyyo-huyt! Hoyyo-huyt!

Tumshugʻingni toshga tut,

Hoyyo-xuyt! Hoyyo-huyt!

Sholipoya koʻllagan –

Osmonlar choʻkib yotar,

Tillarang baliqchalar

Yulduzga boʻkib yotar.

Hoyyo-xuyt! Hoyyo-huyt!

Shamolga zabon berib,

Sholipoya chayqalar...

Suvning ohangin terib

Kuylab ketar baqalar.

Hoyyo-huyt! Hoyyo-huyt!



Kun iplari uzilar

Nurdan koʻpchir qishloqlar,

Qizlar kabi suzilar,

Boʻyga yetgan boshoqlar.

Hoyyo-huyt! Hoyyo-huyt!

Osmon jismlari:

Yulduzlar titrar, hayron,

Osmonning holiga voy.

Qora kenglikdan kechib,

Qiz koʻksiga qoʻndi oy

(“Eng qadimgi qo’shiq”)

Qizning qoq koʻkragidan

Nur sharqirar misli soy.

Eriydi... Ado boʻlmas

Qiz koʻksiga qoʻngan Oy

(“Eng qadimgi qo’shiq”)



O’simliklar:

1.Yulduzlar dor tashlaydi,

Qitiqlanar yuraklar.

Dunyoni sevib qolar

Shivirlashgan teraklar.

(“Eng qadimgi qo’shiq”)

2. Aylanar ogʻir-ogʻir,

Ogʻir-ogʻir falaklar.



Ogʻir-ogʻir silkinib,

Kuylaydilar teraklar.

(“Sevgining bir kuni”)

3. O, uyatchan namozshomgullar,

She’rning dilbar singilchalari...

Qalbni suyang xayrixoh qoʻllar,



Shom gullari — tun darchalari...

4.

Kompozitsion ijodkorlik:



1. Ahay-aha-hay. Ahay-aha-hay!

Men qushlarning tushlarida koʻrinay,

Men tushlarning qushlarida koʻrinay.

Ahay-aha-hay. Ahay-aha-hay!

Men tillarning gullarida koʻrinay,

Men gullarning tillarida koʻrinay.

Ahay-aha-hay. Ahay-aha-hay!

Men toʻylarning kuylarida koʻrinay,

Men kuylarning toʻylarida koʻrinay.

Ahay-aha-hay. Ahay-aha-hay!

Men koʻzlarning soʻzlarida koʻrinay,

Men soʻzlarning koʻzlarida koʻrinay.

Ahay-aha-hay. Ahay-aha-hay!

(“Ruhim”)

2. Suv ustida, suvlar ustida

Yuraklarim chisirlaydi-ey,



Ishq dastidan, hijron dastidan

Suyaklarim qisirlaydi-ey.



Oʻt ustida, oʻtlar ustida

Koʻz yoshlarim daryo boʻldi-ey,



Ishq qasdida, hijron qasdida

Bardoshlarim ado boʻldi-ey.



Tosh ustida, toshlar ustida

Koʻnglim erir oy kabi ma’yus.



Ishq faslida, hijron faslida

Yigʻla, Bahor, mening ismim — Kuz.



Yoʻl ustida, yoʻllar ustida

Oyoqlarim yurak boʻldi-ey,



Ishq kasridan, hijron kasridan

Umrim faqat tilak boʻldi-ey.

3.

Tegrangda yer boʻlib aylanar zamon...



Yuraklar, tuygʻular qolmishlar sabil.

Qaraysan, qaqshagan derazang tomon;

«Oʻ, yana oʻshami... Oʻsha... Eshqobil».

Qirgʻoqlar qaridi. Oʻchdi izlarim.

Samoviy changlarga aylandi koʻngil.

Faqat eshigingni tirnar koʻzlarim:

«U, yana oʻshami... Oʻsha... Eshqobil».

Ne-ne zamonlarni sanar daqika,

Hayotga ertaklar boʻlolmas kafil.

Faqatgina qoldi bitta haqiqat:

«Oʻ, yana oʻshami... Oʻsha... Eshqobil».

Tegrangda Laylilar ovozalari,



Oydin qaygʻularga tutingan singil.

Qular yuragingning darbozalari:

«U, yana oʻshami... Oʻsha... Eshqobil».

U yogʻi ne boʻlar? Baxtmi, koʻrgulik?

Derazangdan nari bepoyon, bedil



Yastanib yotadi shunday mangulik:

«Oʻ, yana oʻshami... Oʻsha... Eshqobil».



(Oʻoʻ ) (yanaa) (oʻshaami) (oʻshaa) (Eshqobiil).
Download 24.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling