Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Ajralishning olti darajasini toping
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 58.Har kuni musiqa tinglang
57.Ajralishning olti darajasini toping
John Guare-ning asari «Olti darajadagi bo’linish»-da Ouisa obrazi o’zining qizi Tess bilan suhbatida quyidagilarni aytib o’tadi: Har bir inson dunyoda o’ziga olti xil darajadagi insonlarni tanlab oladi.Olti xil darajadagi bo’linish. Sayyoramizdagi biz va boshqalar o’rtasidagi bo’linish. AQSh prezidenti yoki Venetsiyadagi eshkakchi kabi.Faqatgina ular biz bilan aloqador bo’lishi kerak.Siz avvalo bir- biri bilan o’xshashlikka ega bo’lgan olti turdagi insonlarni topishingiz kerak.Har bir inson sizga yangi eshikni ochadi. Lekin siz insonlarni to’g’ri tanlashingiz kerak bo’ladi. Ousia haq edi. Siz oltita insondan tashqari dunyodagi barcha odamlardan ajralib turishingiz haqida o’ylashning o’zi bir ta’sirli.Inson o’zi bilan aloqador bo’lgan oltita inson haqida bilishi shart. 53 Men hayotim davomida qilgan eng yashi ishlarimdan biri, o’zim uchun qahramon deb hisoblaydigan va uchrashishni orzu qiladigan 100ta ayol va erkaklar ro’yxatini tuzganimdir. Chunki tortishish qonunida aytilganidek, biz o’zimiz etibor qatatgan narsalarga qarab harakat qilamiz , ro’yxat birgina bizni ularga bog’lab turuvchi vosita xolos. Men doimo hayratlanardim, ro’yxatimdagi insonlar: biznesmenlar, notiqlarning nechtasi bilan o’z yo’limda , restoranda konfrensiyada yoki aeroportda duch kelganman. O’zimning qahramonlarimni ro’yxatini tuzish, ular menga yaqin kelganda yoki qo’l uzatganda ularni tanib olish va ularning kimligini his qilishga yordam berdi. 58.Har kuni musiqa tinglang Judaham esda qoladigan, ajoyib filmlarning birida Jerry Maguire, (Tom Cruise-ning rolida) , poyga sporti agenti, katta bir shartnomani imzoladida katta xursandchilik bilab sport zalidan chiqib ketdi. Bekatlar aro u sabrsizlarcha, tinmay o’zi yoqtirgan va ovozini baland qilib birga kuylay oladiganqo’shiqni izlardi va nihoyat topdi. Bu Tom Petty-ning « Ozod qo’nish» degan qo’shig’I edi.Jerry qo’shiqni kuylashni bosgladi. Siz ham kayfiyatingizga mos keladigam qo’shiqni tinglagan paytlaringizni eslaysizmi? Jerry Maguire kabi siz ham qo’shiqni baland ovozda kuylab, bexosdan raqsga tushib ketasiz.O’sha daqiqada siz o’zingizni tetik, kuchli va tamoman baxtli his eta boshlaysiz. Chunki o’sha paytning o’zida bir nechta bir-biriga juda ham mos bo’lgan qo’shiqlar yangrayotgan bo’ladi.Musiqa sizga har narsa qila oladi. Kayfiyatingizni ko’taradi,yuzingizga tabassum va hayotingizga ma’no olib kiradi. Musiqa tinglashga jiddiy qarang, chunki u sizni ruhlantirib turadi. O’zingizga yoqadigan qo’shiqlar to’plamini yarating va haftaning har bir kunida tinglashni kanda qilmang. Menga kelsak, ba’zan kayfiyatim klassik musiqalarni, ba’zan esa jazz qo’shiqlarni talab qiladi. Yangi kitob yozayotganimda, men doimo Johann Pachelbel- ning «Cannon in D» yoki jazz ustasi Chet Baker-ning «Aylana tun» nomli to’plamini eshitaman. Agarda siz mening seminarlarimning birida ishtirok etgam bo’lsangiz, bilsangiz kerakki, har doim men sahnaga chiqishimdan oldin bir musiqa yangraydi. Qachonki men sayohatga chiqqanimda, o’zin bilan musiqalarimni olaman, samalyot ichida esa, ko’pincha «Jasut yurak va Everest» nomli filmga ishlangan sountrakni tinglayman. Har kuni bir necha daqiqaga bo’lsa ham musiqa tinglash kayfiyatingizni ko’tarish va o’zingizni yaxshi his etishingizga yordam beradi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling