Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Vasiyatnoma yozib qoldiring
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
59.Vasiyatnoma yozib qoldiring
54 Bir paytlar kimdir menga aytgan edi: “Ko’pchiligimiz hayotimizning birinchi ellik yilini o’zimizning qonunlarimizniyaratish bilan,qolgan ellik yilini esa, o’zimizdan meros qoldirish bilan sarflar ekanmiz”. Bu qanchalik to’g’ri? Ko’pchiligimiz hayotimizning birinchi yarmini muvaffaqiyat va undan keladigan hurmatga sazovor bo’lish uchun harakat qilamiz. Biz bir marta shu qonuniylikka erishganimizdan so’ng, xoh u obro’ ko’rinishida, xoh mulk sifatida bo’lsin, biz bir narsaning e’tiborimizdan chetda qolganini tushunib yetamiz. Keyin hayotimizning qolgan qismini xuddi boshidagidek, ya’ni meros qoldirish bilan o’tkazamiz. Bir kuni dadam muzlatgichga she’r yopishtirib qo’ydi. U sankskrit tilidan tarjima qilingandi va oson o’qilardi: Bahor o’tmish, yoz o’tdi, Qish hamon shu yerda. Butun kun davomida gitaramni chalib o’tirmoqdaman. Ammo bu qo’shiq kuylanmasdan qolib ketmoqda. Bu she’rni yozgan inson, unda o’tib ketgan yarim umridan pushaymonliklarini bildirib o’tgan edi. Qo’shiqni kuylash o’rniga shoir vaqtini kutish va tayyorlanish - o’zining tilidan aytganda, gitarasini ting’illatib o’tkazgan. Afsuski, vaqtni qaytarib bo’lmaydi. O’zingizdan meros-vasiyat qoldirish vaqti bugundir. Siz unda nimani yaratishni xohlashingiz va eng muhimi o’zingizdan keyin dunyoga nima qoldirib ketishingizni aks ettiring. Buyuklik siz bu dunyodan ko’z yumganingizdan keyin ham ishlaringizning davom ettishidir. Siz mening vasiyatimga ko’z tashlashingiz mumkin. Mening ham shaxsiy vasiyatnomam bor. Men bir nechta ijro etuvchilar bilan ishlaganimda, ularning ba’zilari individual vasiyatnoma yozishardi, boshqalari siz tirikligingizda nimalar yaratishingizni aniqlardi, qolganlari siz vafotingizdan so’ng nimalarni qoldirishingizni yozib borishardi. Ularning o’rtasida farq bor. Agarda siz bu haqida o’ylasangiz, bu sizga hayotingiz oxiriga yetganda nima bo’lishi haqidagi xafalik va afsuslanishlardan xalos qiladi Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling