Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Xuddiki bugun siz uchun eng oxirgi kundek yashang
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 64.Nolishni to’xtatib, yashashni boshlang
63.Xuddiki bugun siz uchun eng oxirgi kundek yashang
“Ferrarisini sotgan rohib” asari haqida izlanishlar olib borayotganimda, ertalablari urf- odatni bajaruvchi hind maxarajasi haqidagi hikoyaga duch kelgan edim. Har kuni u yugurib kelgandan keyin, musiqa va gullar bilan o’z dafn marosimini o’tkazadi. U baland ovozda shunday deya hayqiradi: “Men to’liq yashab bo’ldim! Men to’liq yashab bo’ldim! Men to’liq yashab bo’ldim! Men to’liq yashab bo’ldim!” Men birinchi marta buni o’qiganimda bunday g’alati odatning maqsadini tushunmagandim. Shuning uchun otamdan buning sababini so’radim. U shunday javob berdi: “O’g’lim, bu maxaraja o’zining nishonlaydigan har bir dafn marosimida xuddi eng oxirgi kunida yashayotganday bo’ladi. Uning bu odati unga vaqt xuddi kayftiyatimizda turgan qum uyumidek tuyuladi va hayot ham ertaga emas balki, bugun go’zalligini eslatib turadi”. 57 Plato o’zining o’lim to’shagidagi do’stiga hayot tajribasidan kelib chiqib, ikki jumlada bayon etibdi: “O’limni unutmaylik”. Qadimgi faylasuflar buni shunday tushunishgan: “O’lim yosh ko’zlar oldida hali ular qarimasidan oldin haq bo’lishi kerak”. Shuning uchun har bir kunimiz xuddiki bizni tarbiyalaydigan va kamchiliklarimizni to’ldiradigandek boshqarilishi kerak. Hayotingizning oxirgi kunida yashayotgandek his qilish orqali hayotning qanchalik bebaholigi va bugun yashash uchun juda yaxshi va qadrli kun ekanligini tushunib yetasiz. 64.Nolishni to’xtatib, yashashni boshlang O’zingiz uchun vaqt topa olmayotganingiz haqida nolishni to’xtatib, bir soat vaqtliroq turishni o’rganing. Sizning maqsadingiz bor, nima uchun unga erishishga shoshmaysiz? Likopchangizda turgan ishlarni bajara olmasligingiz haqida shikoyat qilishni bas qiling. Agarda siz bir haftada, kuniga 7 soatdan uxlab, 8 soat ishlasangiz sizdagi yana 66 soat bo’sh vaqt sizga xohlagan mashg’ulotingiz bilan shug’ullanish imkonini beradi. Bir oyda 252 soat, bir yilda 3024 soat bila hayotingizdagi qolgan barcha ishlarni bajarishga sarflang. Afsuski, insonda hech qachon har bir kun beradigan cheksiz imkoniyatlarini tanlash qobiliyati bo’lmagan. Agarda siz hayotda baxtli, iqtisodiy jihatdan boy va mamnun bo’lmasangiz, ota- onangiz, pul va boshliqlaringizni ayblashni to’xtatib, hamma javobgarlikni o’z bo’yningizga oling. Bu hayotingizga boshqacha nigoh bilan qarash va yaxshi yashash yo’lidagi birinchi qadam bo’ladi. Jorj Bernard Shar aytganidek, “Dunyo bilan yaxshi kelishadigan insonlar, ertalab turib o’zi xohlagan muhitni qidiruvchi va agar topa olmasa, o’zlari yaratuvchi insonlardir”. O’z tasavvurlaringiz, har kundagi muomalangiz va har bir daqiqangizni qanday o’tkazishingiz haqida chuqur fikrlang. Norozilikni tugatib, yashashni boshlang. Rudyard Kiplingning so’zi bilan aytganda: Agarda siz shu bir daqiqani unutilmas 60 soniya bilan to’ldira olsangiz, ketgan vaqtingiz arzirli bo’ladi. Shu koinot va undagi har bir narsa sizniki bo’ladi! Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling