Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


  O’z dunyoqarashingizni saqlang


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

3. 
O’z dunyoqarashingizni saqlang
 
O’tkan kunlarning birida, og’ir ahvoldagi bir bemorni shifoxonaga olib kelishibdi. 
Xonaning deraza tomonida yana boshqa bemor ham bor ekan. Ular tez orada 
do’stlashib olishibdi. Deraza yonida yotgan bemor do’stiga tashqaridagi bo’layotgan 
voqealarni bir necha soatlar davomida uni zavqlantirib aytib berar edi. Ba’zida unga 
shifoxona tashqarisidagi istirohat bog’i daraxtlarni, ularning barglari qanday shamolda 
raqsga tushayotganini tasvirlar edi. Boshqa paytlarda esa do’stini shifoxona bo’ylab 
sayr qilayotgan odamlarning har bir qadamigacha aytib berib ko’nglini ko’tararkan. 
Ammo, kunlar o’tavergani sayin uning do’sti deraza ortidagi tasvirlanib berilayotgan 
mo’jizalarni ko’ra olmayotganidan tushkunlikka tusha boshlabdi. Bora-bora uni yomon 
ko’rib qolib, oxirgi paytlarda undan nafratlanadigan bo’libdi.
Bir kuni tunda, qattiq yo’talishlardan so’ng deraza yonidagi bemor nafas olishdan 
to’xtabdi. Xonadosh bemor esa boshqalarni yordamga chaqirish o’rniga, hech narsa 
qilmasdan o’tiribdi. Ertasiga ertalab bemorlardan xabar olinganda, deraza ortidagi 
ajoyibotlarni do’stiga tasvirlab uni xursand qilgan bemorga o’lim tashxisi qo’yilibdi.
Uni xonadan olib chiqib ketishibdi. Narigi bemor esa shu zahotiyoq yotog’ini deraza 
yoniga o’tqazdirib berishini so’rabdi. Uning talabini unga qarovchi hamshira bajaribdi. 
Ammo, u derazaga borib qaraganida….uning butun vujudini titratadigan narsani 
ko’ribdi, deraza tamomila g’isht bilan qoplangan edi. Uning sobiq yotoqdoshi 
tashqaridagi hayoliy voqealarni shunday to’qib chiqargandiki, do’sti uchun bu narsa 
qiyin damlarida ozgina bo’lsa ham madad bo’ladi deb ishongan edi. U ana shunday 
oliyjanoblik qilgan edi.
Bu hikoya haqida har gal o’ylaganimda, dunyoqarashimga, hissiyotlarimga 
o’zgartirmasdan qo’ymaydi. Baxtli, to’la-to’kis hayot kechirganimizda yoki 
qiyinchiliklarga duch kelganimizda, biz o’z dunyoqarashimizni o’zgartirib borishimiz 
shart va o’zimizda tinmasdan shu narsani so’rashimiz kerak: qay yo’l bilan og’ir 
damlarimizda e’tiborli va oqilona munosabatda bo’lamiz? Mashhur fizikchilardan biri 
Stefen Havkin shunday degan ekan:” Biz yashayotgan sayyora koinotdagi cheksiz yuz 
millionlab sayyoralar orasida o’rtacha kattalikdagi yulduzdan ham kichikroqdir”. Bu 
qanchalik nuqtai nazaringizni o’zgartira oldi? Yuqoridagi ma’lumotni olgan holda, 
o’zingizga ham savol berib ko’ring: sizning muammolaringiz rostan ham kattami? Siz 
boshdan kechirayotgan qiyinchiliklar siz o’ylaganchalik aslida ham o’ta mashaqqatlimi?


8
Biz bu dunyoda juda qisqa vaqt yashaymiz. Umuman, bizning hayotimiz mangulikda 
arzimagan, uzoqqa cho’zilmaydigan mavjudlikdir. Shu sababdan hayotning har bir 
lahzasidan zavqlanishda aqlingizni ishlating.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling