Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
5.
Kundalik tuting Kundalik tutish shaxsiy rivojlanishingizdagi eng yaxshi boshlanish bo’ladi. Kunlik tajribalaringizni darsdek yozib borish sizni har o’tayotgan kunda yana ham donoroq 9 qiladi. Siz e’tiboringizni kuchaytirasiz va kamroq xatolar qilishni boshlaysiz. Kundalik tutish o’zingizning maqsadlaringizni oydinlashtiradi va butun hayolingizni kerakli bo’lgan narsalarga qaratishga yordam beradi. Kundalikka yozish o’zingiz bilan muntazam muloqot qilish imkonini beradi. Bu esa o’tmish xotiralarini eslatadigan chuqur fikrlarni o’ylashga ruhlantiradi. Aynan shu narsa bilan siz aniq fikrlaydigan bo’lib, maqsadli yo’lda yashaysiz. Bundan tashqari, ichki hissiyotlaringizni muhim bo’lgan narsalarga qaratishga imkon bo’ladigan markaziy makon bilan ta’minlaydi. U siz uchun ishlaydigan muvaffaqqiyat kalitlarini belgilaydi va yuqori sifatli, professional bo’lgan shaxsiy va ruhiy hayotda siz muhim deb bilgan barcha narsalar sodir etiladi. Shaxsiy kundaligingiz hayotingizni kuchaytirib, orzularingizni aniqlashtiradigan shaxsiy makoningizga aylanadi. Shaxsiy kundalik oddiy har kunlik voqealarni yozib boradigan kundalikka aylanmasligi darkor. Unda siz o’sha kunlik voqealarni analiz qilib ularni o’rganib chiqishingiz kerak. Boshqacha qilib aytganda, kundaligingiz sizga nima qilganingizni, nima uchun bajarganingizni va ulardan nimalarni o’rganganingizni eslatib turishingiz shart. Muvaffaqqiyatli kelajak uchun o’tmishingizni o’rganish orqali kundaligingiz sizga shaxsiy rivojlanish va donolik hadya etadi. Meditsina tadqiqotlari ham har kuni kamida 15 daqiqa yozish insonning sog’lig’iga, immun sistemasi funksiyasi va umumiy ko’rinishlariga yaxshi ta’sir ko’rsatishini ta’kidlagan. Unutmang, agar hayotingiz o’ylashga arzisa, demak yozishga ham arziydi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling