Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Kuningizni samarali boshlang
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
8.
Kuningizni samarali boshlang Kuningizni qanday boshlanishiga qarab kuningizning qolgan vaqti ham shunday o’tadi. Turganimdan keyingi 30 daqiqani “30 daqiqalik Plantinum” deb nomlayman. Sababi, ular kuningizning eng qimmatbaho daqiqalari va qolgan daqiqalarning sifatini belgilovchi kuchga ega. Agar siz mana shu vaqtda eng yaxshi ishlarni bajarib eng toza tilaklarni fikrlashni nazorat qila olsangiz, kuningiz asta-sekin eng ajoyib kunga aylanayotganini sezasiz. Yaqinda, ikki farzandim bilan hayajonlantiruvchi “Everest” nomli kinosiga tushdik. Qahramonlarning kuchli ijrosi va chiroyli hayoliy farazlardan tashqari, bir narsa hayolimni o’rab oldi. Alpinistlar cho’qqini zabt etishlari kerak edi. Buning uchun ularga barcha kerakli anjomlari bilan to’ldirilgan palatka kerak bo’lardi. Usiz cho’qqini zabt etolmasdilar. Sababi bu orqali alpinistlar dam olib, qayta kuchga kirib olardilar. Ular cho’qqining ikkinchi oromgohiga yetishganda, yana boshlang’ich nuqtaga qaytib bir hafta davomida quvvatlanib olardilar. Uchinchi oromgohga ko’tarilishganda yana ortga qaytib, to’rtinchi oromgohga chiqish uchun tayyorlanishardilar. To’rtinchi oromgohga chiqishganida esa, cho’qqining oxirgi qismiga chiqish uchun tog’ning pastiga qaytib tushishardi. O’ylashimcha, har birimiz shaxsiy cho’qqilarimizga erishish va kunlik hayotiy qiyinchiliklarimizni boshqarib turishimiz uchun xuddi shunday yo’l tutib, “30 Plantinum ” davomida har ertalab boshlang’ich nuqtaga qayta tashrif buyurishimiz kerak. Ya’ni, eng muhim bo’lgan narsalarga e’tiborimizni qaratadigan, bizni hayotimizning vazifalari bilan qayta bog’laydigan va o’zimizni yangilaydigan joyga- boshlang’ich nuqtaga qaytib borishimiz kerak. Hayotim davomida, shaxsan o’zim uchun samarali ertalabki odatni shakllantirib kelmoqdaman. Shu odat har bir kunimni sekinlik bilan baxtli, tinch va ko’ngildagidek kunga o’zgartiryapdi. Har sayr qilganimdan so’ng “shaxsiy hayoliy boshpanam”ga qaytaman. Menga halaqit bermaydigan va yangilaydigan harakatlarimni mashq qila oladigan kichkina bir o’sha boshpanani yarataman. So’ng, 15 daqiqamni hayotimdagi barcha yaxshi narsalarga diqqatimni qaratishga va men kutayotgan narsalar ro’yobga chiqadigan kunni tasavvur qilishga sarflayman. Undan keyin, vaqt juda tez o’tadigan, hayotimizda unutish oson bo’lgan muvaffaqqiyatli yashashning o’lmas haqiqatlari bilan to’ldirilgan adabiyotlardan birini olib o’qiyman. Ularga rimlik filosof Markus Ayreliusning “Meditatsiyalar”, Genri David Toreauning “Benjamin Franklin va 12 Ualdenning avtobiografiyasi” kabi kitoblarni kiritishimiz mumkin. Mana shu asarlardagi tajribalar to’g’ri, haqqoniy deb hisoblanadigan narsalarga e’tibor qaratishimga va kunimni to’g’ri qadamlar bilan boshlashga ko’mak beradi. Shuningdek, men har ertalab o’qiydigan dono fikrlar, kunning qolgan daqiqalarini ogohlik va xabardorlik hissi bilan to’ldirib tashlaydi. Xullas, kuningizni yaxshi boshlang. Shunda hech qachon bir xil hayot kechirmaysiz. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling