Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
10.
Haftalik ta’til oling Haftaning 7-kuni Sabbath(ta’til) deb nomlangan. Oila davrasida vaqt o’tqazish va shu vaqt davomida chuqur mulohaza yuritish, qaytadan yangilanish kabi mashg’ulotlar hayotning eng muhim qismi bo’lishiga qaramay, e’tiborga olinmayapdi. Holbuki, bu qattiq ishlash uchun yangi quvvat, kunni to’laligicha yashab o’tish uchun imkoniyat berardi. Ammo hayot tezlashib borib ko’proq mashg’ulotlar odamlarning e’tiborini tortar ekan, inson manfaatlar oqib kelishi natijasida ana shunday ajoyib odatlar yo’qolib boryapdi. Stress yomon narsa emas. Sababi, bu - o’zimizni yana ham mukammal qilishga, chegaralarimizni kengaytirishga va biz hayratlanib qaraydigan narsalarni egallashga yordam beradi. Xohlagan atletikachidan so’rab ko’ring. Haqiqiy muammo – biz global tashvish zamonida yashar ekanmiz stressdan uzoqlashib, yetarlicha yengillik olmayapmiz. Shunday qilib, o’zingizni yana ham jo’shqinlashtirish uchun, ruhiyatingizning siz hali e’tibor qilmagan qismini oziqlantirish uchun – bir haftalik ta’til - bir haftalik tinch vaqtni rejalashtiring. Shunda shunchaki oddiy hayot zavqiga qaytasiz, bu shunday zavqki, chigallashib borayotgan hayotingizdan voz kechasiz. Haftalarga mana shunday oddiy odatni olib kirish, stressni kamaytirishda yordam beradi, yaratuvchanlikka oid tomonlaringiz bilan bog’laydi. Shunday qilib siz hayotingizning har bir o’rnida o’zingizni yana ham baxtli his qilasiz. Haftalik ta’tilingiz to’liq bir kunda davom etishi shart emas. Faqatgina bir necha soatlar sizga kerak bo’ladi. Balki bu - sevimli mashg’ulotlaringizga vaqt sarflay oladigan, yakshanbaning sokin tonggi bo’lishi mumkin. Bu vaqtda siz ertalabki quyosh chiqishini tomosha qilish, sevimli kutubxonangizda vaqt sarflash, sohil bo’ylab yolg’iz sayr qilish yoki shunchaki kundaligingizga yozishingiz mumkin. Yoqtirgan ishlaringizni ko’proq bajarishni rejalashtirish hayotingiz yaxshilanishidagi ilk qadam bo’ladi. Agar boshqalar hayotingizning muhim qismi bo’lgan haftalik ta’til orqali erishadigan narsalaringizni tushunishmasa, unda kimning nima ishi bor?! Buni o’zingiz uchun qiling, siz bunga arziysiz. Toreauning fikricha: ”Agar odam hamrohlaridan musiqa chalishda orqada qolayotgan bo’lsa, balki u do’mbirani boshqacha tarzda eshitayotgandir. Unga o’zicha eshitishga qo’yib bering”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling