Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


  Halollik falsafasini rivojlantiring


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

6. 
Halollik falsafasini rivojlantiring
 
Biz va’dalar bajarilmaydigan zamonda yashayapmiz. Shunday zamonga keldikki
insonlar so’zlarni yengil-yelpi ishlatishyapdi. Biz biror do’stimizga keyingi hafta 
tushlikka taklif qilish uchun qo’ng’iroq qilishimizni aytamiz. Vaholanki, bunga 
umuman vaqtimiz yo’q. Kasbdoshimizga o’zimiz sevgan kitobimizni olib kelishimizni 
aytamiz, ammo buni hech qachon qilmaymiz. Yoki yangi yilda xatolarimizni tuzatib, 
o’zga insonga aylanishimizni o’zimizga va’da qilamiz, lekin hayotimizni yana oddiy 
o’yin-kulgu bilan, hech qanday jiddiy hayotiy o’zgarishlarsiz va shu o’zgarish uchun 
jiddiy maqsadlarsiz davom etamiz.
Muammo shundaki agar siz so’zingizda turmasangiz ishonchlilikni yo’qotasiz. Bu esa 
o’z o’rnida bir qator munosabatlarning buzilishiga olib keladi.
Halollik falsafasini rivojlantirish uchun hafta davomida qancha siz mayda-chuyda deb 
bilgan yo’lg’on so’zlaringizni tekshirib chiqing. Keyingi haftada esa men “ishonch 
tezligi” deb nomlagan tog’ri gapirishni o’zingiz va boshqa aloqa qiladigan insonlaringiz 
bilan qo’llang.


10
Har safar to’gri ish qilishdan qaytganingizda notog’ri ishlarni qiladigan odatingizni 
rivojlantirib borasiz. Har safar yolg’on so’zlaganingizda, aldoqchilik odatingizni 
oziqlantirib borasiz. Biror kishiga nimanidir qilishga va’da berdingizmi bajaring. Har 
doim gapirib hech qanday harakat qilmaydigan inson bo’lgandan ko’ra bir so’zli shaxs 
bo’ling. Ona Tereza aytganlaridek: “Kamroq gapirish kerak; voizlik qilish emas. Unda 
nima qilish kerak? Shunchaki supurgini olingda kimningdir uyini tozalang. Shuning o’zi 
yetarli gap bo’ladi”.
7. 
O’tmishingizni qadrlang
 
Har bir sekundni o’tmishingizda yashab o’tganingizda, vaqtni kelajagingizdan
o’g’irlab olasiz. Har daqiqani muammolaringizga e’tibor qaratishga sarflaganingizda 
uning yechimini topishga vaqt qolmaydi. Yoki siz orzu qilgan narsalarning amalga 
oshmasligini o’ylayverganingizda, o’sha narsalarning hayotingizga kirib kelish
yo’llarini yopib tashlaysiz. Haqiqat shundaki, kuni bilan kim bo’lishni o’ylasangiz o’sha 
insonga aylanasiz. O’ylagan narsangizni ikkinchi bor boshdan kechirishni 
xohlamagunizcha, o’tmishdagi xato va kamchiliklar haqidagi xavotir uyg’onmaydi. 
O’tmishdan o’rgangan hayot darslaridan foydalangandan ko’ra yuqori darajadagi
doimiy ogohligingizni kuchaytirganingiz yaxshiroq.
Hayotdagi katta muvaffaqqiyatsizlik uning katta imkoniyatlariga yo’l ochadi. Yevropa 
antik davri mutafakkirlari ta’kidlashicha: “Eng arzirli baxt bu- baxt uchun bo’lgan eng 
buyuk o’zgarishlarni bajargandadir”. Agar siz ko’p marotaba hayot qiyinchiliklaridan 
azoblangan bo’lsangiz, balki bu sizni kelajakdagi katta maqsadlar uchun tayyorlab 
boradigan sinovlarda, erishadigan tajribalaringizda donolik bilan ta’minlanganidir. 
Mana shu hayot qiyinchiliklaridan kelajagingiz rivoji uchun foydalaning. Shuni eslab 
qolingki, baxtli insonlar ham xuddi baxtsiz insonlardek qiyinchiliklarni boshdan 
kechirishadi. Faqat ular hayotlarini boyitishda o’tmish xotiralaridan to’g’ri foydalanadi.
Shu narsani tushungan holda, agar siz boshqalardan ko’proq yiqilgan bo’lsangiz, unda 
siz uchun hayotda ko’proq to’la-to’kis yashash uchun imkoniyat bor. Boshqalardan 
ko’ra 
ko’proq 
imkoniyatlarga 
ega 
bo’lgan 
insonlar 
odatda 
ko’proq
muvaffaqqiyatsizlikka uchraydi. Lekin shaxsan men hayotda biror ishni hech qachon 
qilib ko’rmagandan ko’ra, uni qilib ko’rishga va keyin muvaffaqqiyatsizlikni boshdan 
kechirishga kuch topishni afzal ko’rardim. Men shunchaki qulay, tinch va zerikarli 
hayotda yashashdan ko’ra o’zimning insoniy chegaralarimni kengaytirib, qilib 
bo’lmaydigandek tuyuladigan narsalarni ehtimollikka chiqarishni afzal ko’raman.Mana 
shu hayotiy muvaffaqqiyatning mohiyatidir. Geradot donolarcha aytganidek: 
“Kutilayotgan dushmanlarga oliyjanoblik bilan qarshi kurashish, nima bo’lishini qo’rqib


11
kutib o’tirgandan ko’ra yaxshiroq”. Yoki adib T. Vashington shunday degan edi. “Men 
omadni biror inson hayotda erishilgan yutuqlariga qarab emas, omadga erishish yo’lida 
qanchalik to’siqlarga uchraganiga qarab o’lchanishini o’rgandim”.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling