Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Atrofdagilarga doimo mehribon bo’ling
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
2.
Atrofdagilarga doimo mehribon bo’ling O’zining o’limi oldidan Aldous Huksley butun hayotida o’rgangan tajribasini oddiy yetti so’zda xulosalab shunday debdi: “Kelinglar bir-birimizga mehribon bo’laylik”. Odatda, biz biror buyuk ish qilish orqali gazeta va jurnallarning old sahifasiga chiqishni - hayotimizni to’la to’kis qilishning vositasi deb hisoblaymiz. Ammo bu yerda hech qanday haqiqat yo’q. Mazmunli hayot yaxshi xulq-atvorimiz va mehribonligimizdan tarkib topgandir. Boshqacha aytganda, hayot yo’nalishiga o’z hissamizni qo’shishdan iboratdir. Hayotingizga kirib kelgan har bir insonning sizga o’rgatadigan hayot tajribasi va aytadigan hikoyasi bo’ladi. Ular sizga insoniyligingizni ko’rsata oladigan xushmuomalalik, rahmdillik va mehribonlik kabi xususiyatlaringizni namoyon qilishingizga imkoniyat yaratadi. Shunday ekan nega o’zingiz qila olishingiz mumkin bo’lgan narsalar bilan dunyoyingizni boyitmaysiz. Fikrimcha, agar siz hech bo’lmaganda bir begona insonni xursand qila olsangiz yoki kayfiyatini ko’tara olsangiz, o’sha kuningiz mazmunli va arzirli kunlardan biri bo’lardi.Oddiygina qilib aytsak, mehr berish bu - biz shu dunyoda yashab turganimiz uchun berishimiz shart bo’lgan qarzdir. Mehringizni begonalarga ulashishning turli yo’llarini o’ylab toping. Avtobusda o’rningizni biror kishiga bo’shatib berish yoki birinchi bo’lib salom berish mehr ulashishning samarali boshlanishlardan biri bo’lishi mumkin. Yaqinda, “Ferrarisini sotgan rohib” asarim mushtariysidan xat oldim. Unda shunday deyilgan ekan: “Mening ichki dunyoyimni boyitishda yordam qilgan insonlarga minnatdorchiligimni izhor qilishga qaror qildim. Iltimos, chin qalbimdan hadya qilayotgan 100 dollarlik chekimni qabul qilsangiz”. U yuborgan sovg’aning men uchun qadrli ekanligini ifodalash uchun, uning bu sahovatli ishiga audio darslarimdan birini yuborish orqali javob qaytardim. 7 To’g’risi, uning bu harakati samimiylik va chin dildan berilgan kichik tuhfaning ham muhimligini ko’rsatdi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling