Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Chiroyli qilib yo’q deyishni o’rganing
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
9.
Chiroyli qilib yo’q deyishni o’rganing Hayotda muhim bo’lgan narsalarni bilmasdan turib, so’ralgan har narsaga ha deb javob berish juda oson. Agar kunlaringiz boy va ruhlantiruvchi kelajak tasavvuringiz tomonidan boshqarilmasa, tugallangan natijaning aniq ko’rinishi sizni ko’proq maqsadli harakat qilishingizda yordam beradi. Atrofingizdagilar uchun sizning harakatlaringizni nazorat qilish qiyin emas. “Ferrarisini sotgan rohib” asarimda yozganimdek: “Agar muhim bo’lgan vazifalaringni rejalashtirib qo’ymasang, boshqalarning, muhim ishlari sening rejangga suqilib kiradi. Yechim esa oddiy. Hayotingizning eng yuqori maqsadlarini aniqlashtirib olish va muloyimlik bilan “yo’q” deyishni o’rganishdir”. Xitoy donishmandi Chuang-Tzi qilichsoz haqidagi hikoyasini maharajaga aytib beribdi. U hatto 90 yoshida ham uning ishlari favqulotda aniqlik va qobiliyat bilan bajarilar ekan. U qanchalik shoshilmasin arzimagan xatoliklarni ham qilmagan. Bir kuni maharaja bir qariyadan so’rabdi: “Mana shunday ajoyib natijaga erishishingizda tug’ma qobiliyat sabab bo’lganmi yoki bu yerda boshqa muhim usul bormi?” “Bu - muhim bo’lgan narsalarga e’tibor qilishda”,- deb javob beribdi qilich yasovchi. “21 yoshimda qilichga ishlov berishni boshlaganman. O’sha paytda bundan boshqa narsaga e’tibor qilmasdim. Agar bu - qilich bo’lmaganida, men bunga qaramasdim va e’tibor ham qilmasdim. Qilich yasash mening maqsadim va jo’shqinligimga aylandi. Men barcha kuchimni boshqa keraksiz yo’nalishlardan ko’ra, o’zimning san’atimga bag’ishladim. Mana shu - mening mahoratimning siri”. Muvaffaqqiyatli insonlar qaysi sohada yaxshi bo’lsalar, o’sha sohaga ko’proq e’tibor qaratishadi. Yoki o’zlari eng yaxshi ishlarni bajara oladigan harakatlarga diqqatlarini qaratishadi. Sababi yuqoridagilar omadli insonlarning hayotlarini, ishini yaxshilashga sababchi bo’ladi. Muhim vazifalar bilan o’rab olingandan so’ng ular e’tiborlarini chalg’itadigan arzimas narsalarga osonlikcha yo’q deb ayta oladi. Eng zo’r basketbol o’yinchisi Maykel Jordan o’yin tarixida shartnomalarga, formasining dizayni yoki sayohat jadvali kabi mayda-chuyda narsalarga e’tibor qilmagan. U faqatgina bor kuchini u eng zo’r bo’lgan ishga sarflardi, ya’ni basketbol o’ynash va bor kuchini qo’llariga bag’ishlash edi. 13 Jazz qiroli Lous Armstrong auditoriyada shunchaki o’tirish yoki o’zining shousi uchun chiptalarni sotish bilan vaqtini sarflamagan. U o’zining mukammalligiga, ya’ni truba chalishga diqqat qilgan. Keraksiz narsalarga yo’q deyishni o’rganish, haqiqattan ham hayotingizni yaxshilaydigan ishlarga ko’proq vaqt ajratishingizga imkon va qalbingizdan voz kechishini chamalayotgan narsalarni tashlashga yordam beradi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling