“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари
“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
November conf 2019 part 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ
- TARIXIY ROMAN MATNIDA TUSH TASVIRI Abdullaev Hotamjon Hamroevich
- Kalit so’zlar
“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 146 Bizning korxonamiz sizning qo’llab quvvatlashingizga minnatdorlik bildiradi. Ushbu gapda minnatdorchilik bildirilayotgan tomon aniq bir shaxs emas, aksincha o’sha shaxsga aloqador qo’llab quvvatlash so’zidir, ya’ni “qo’llab-quvvatlash” orqali o’sha shaxsga yuzlanyapti. Foydalangan adabiyotlar ro’yxati: 1. 朱庆明,现代汉语实用语法分析(第二版)上册。清华大学出版社2012年 2. 朱庆明,现代汉语实用语法分析(第二版)下册。清华大学出版社2012年 “ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 147 TARIXIY ROMAN MATNIDA TUSH TASVIRI Abdullaev Hotamjon Hamroevich, Qoraqalpoq davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada Pirimqul Qodirovning “Humoyun va Akbar” romanida badiiy tasvir vositalaridan biri, tush tasvir vositasining qahramon va muhit ruhiyatini ochishdagi badiiy-estetik funksiyasi haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: roman, psixologizm, tush tasviri, syujet, epizod Tush tasviri adabiyotdagi eng qadimiy badiiy psixologik tahlil vositalaridan biri hisoblanadi. Bu vosita xalq og’zaki ijodi namunalaridan boshlab zamondosh yozuvchilarimiz tomonidan samarali qo’llanilib kelayotgan an’anaviy usuldir. Ushbu vosita haqida professor H.Umurov “Badiiy adabiyotdagi tushning bu shakli keyinchalik ham davom etadi. Faqat romantizmga kelib, uning vazifasi o’zgaradi: u qahramonlar ichki dunyosini, ularning nozik kechinmalarini ochish maqsadida ishlatila boshlandi. Tush syujetning oldingi voqealari bilan emas, qahramonning oldingi emotsional holati bilan bog’lanadi”[1, 103] deb, juda to’g’ri ta’kidlaydi. Lekin, qahramonning bugungi emotsional holati qahramonning ertangi faoliyati uchun zamin hozirlaydi. Bu degani tush ko’rish qahramonning ertangi faoliyati, taqdiri masalasi bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. “Humoyun va Akbar” romanida podsho Humoyun Sherxon bilan bo’ladigan janga puxta tayyorlik ko’radi. Lekin u qo’shinlarini uch daryo qo’shiladigan joyga joylashtiradi. Ayni bahor payti Hindiston iqlimiga ko’ra yomg’ir fasli boshlanib Humoyun qo’shini uch daryo oralig’ida qolib ketadi. To’rtinchi tarafdan esa dushman qo’shini vahimali tarzda bostirib kelib Humoyunning butun qo’shinini yer bilan yakson qiladiganday. Shoh Humoyunning Sherxon bilan bo’lib o’tadigan jangdan oldingi tush ko’rishi orqali yozuvchi qahramonning taqdirida nimalar ro’y berishini ishonarli tasvirlab beradi”. “Humoyun oyoq qo’ygan yer ichiga o’pirib tushib, tubsiz o’ngirga aylanadi, u oyog’ini tortib olib, orqaga tisariladi. Qorayib turgan o’ngir labida qandaydir daraxtning ildizi ko’rinadi. Humoyun tubsiz jarga yiqilay deganda shu daraxtdan ikki qo’llab tutib qoldi. Bir payt daraxt ham ildizi bilan sug’urilib chiq boshlaydi. Humoyun jarga qulab tushishini sezganda qichqirib, bosinqirab uyg’onib ketadi-yu, Alhamdulillo, tush ekan!” deb xiyol yengil tortdi. (63-bet) Ushbu tush epizodi voqealarning keying rivojiga turtki vazifasini bajaradi. Tush epizodidan keyin: Sherxon qo’shinining to’satdan bostirib kelishi, Humoyunning g’aflatda qolib yengilishi, daryoda Nizom yordamida o’limdan omon qolishi kabi voqealar tizimi beriladi. Demak, shu epizod tasvirisiz keyingi voqealar rivojini to’liq va aniq, ishonarli tasavvur qilish mumkin emas. Roman syujetini harakatga keltiruvchi mexanizm vazifasini bajargan yana bir tush tasviri Hamida begim bilan bog’liqdir. Akbar saltanat qabihliklaridan, din peshvolarining ig’volaridan charchagan. Hatto “Mahdiy”, “yonida doim Xizr yurarmish”, “dohiy”, “ming yilda bir keladigan ulug’ rahbar!” kabi maqtov va ko’tar-ko’tarlariga o’zi ham ishonib qolgan. “Akbar tabiatdagi poklikni, go’zallik va muvozanatni ko’rib havasi keldi. Nega uning dilida tabiatdagi uyg’unlik yo’q?” (460-bet). Akbar o’z qalbida, faoliyatida , hattoki insoniyat jamiyatida tabiatdagidek uyg’unlik bo’lishini istaydi. Ammo bu orzuni amalga oshira olmay qiunaladi. Ma’naviy tushkunlikka tushadi, saltanat ishlarini tashlab o’rmonlarga yolg’iz chiqib ketadi. Endi uning saltanatga qaytgisi yo’q. U endi bir narsani faqat Olloh bilan aloqada bo’lishini, undan o’zini qiynayotgan barcha savollarga javob olishini istaydi. Akbar saltanatni, hind elining podshosi ekanligini, xalqning keying taqdirini unutadi. Ana shunday bir paytda onasi Hamida begimning ko’rgan tushini aytib berish epizodi Akbarni o’z holiga keltiradi. –Men o’tgan hafta tushimda Humoy qushni ko’ribmen,-dedi begim. – Qanotlari burgutnikidan ham bahaybat. Boshiyu bo’yni shertaxlit. Odamnikiday ikki ilki bor. Tog’ etagida odamlar to’plangan ekan. Humoy qush ilkida kattakon bir kitobni ko’tarib o’tib, tog’ tepasiga borib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling