“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
163 
Shirin soʻzim til orqali sezish mumkin boʻlgan shirin, achchiq ma’za-ta’mni bildiruvchi 
sifatni qoʻllash orqali kesatiq, achchigʻlanish ma’nolari ham ifodalangan. Laychasinida metonimiya 
usulida ma’no koʻchgan 
Asadbek ikkilanib oʻtirmay kirdi. Mehmonxona yigʻishtirilmagan edi. Qamara Asadbekning 
kirishi mumkinligini tasavvur ham qilmagani uchun shoshib, dovdirab qoldi. — Kennoyi, siz 
bezovta boʻlmang. Men hozir ketaman, — dedi Asadbek urinib qolgan divanga oʻtirib. U kira solib 
divanning oyogʻi oʻrniga gazetaga oʻralgan gʻisht qoʻyilganini koʻrgan edi, shu sababli ehtiyot 
boʻlib choʻkdi.(T.Malik) 
Divanning oyogʻi bu yerda vazifadoshlik usulida ma’no koʻchgan. Oyoq insonni tik turushi 
uchun hizmat qiluvchi tana a’zosi hisoblanadi. Divanning oyogʻi ham uni ushlab turish uchun 
hizmat qiladi. 
Sinekdoxa-butun orqali qism yoki qism orqali butunni ifodalash usulidir. Masalan:
Anvarning ishxonasidagi gapsoʻzlarni, xalq otasining nayranglarini bilmaydi. «Oʻgʻlim tirnoqqa 
zor boʻlgani uchun siqilib kasalga chalingan», deb oʻylaydi. Institutdagi ahvolni Habib ham aniq 
bilmaydi, ammo oʻzicha taxmin qiladi. Mana endi oʻgʻlining «tuzalib kelganidan» xursand ona ikki 
qanotida ikki oʻgʻli bilan hovlini kesib oʻtib, mehmonxonaga boryapti.(T.Malik) 
Tirnoqqa zor farzand tanasining bir qismi tirnogʻi orqali butun bir farzand ma’nosini 
ifodalash uchun sinekdoxa usulidan foydalanilgan. 
Koʻchimlarni qoʻllash orqali yozuvchi asar qahramonlarining harekterini, vaziyatini, 
mansabini, ularning ichki olamida yuz berayotgan oʻzgarishlarni, atrofga qay nazar 
bilan qarayotganlaini ochib berishga erishgan.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Ma’rufjon Yoʻldoshev “Badiiy matnning lingvistik tahlili” qoʻllanma. Toshkent-
2007. 
2.tohir Malik “Shaytanat”(1-kitob) Toshkent Toshkent “Ilmiy”2018 



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling