Himoyaga ruxsat etildi


Download 5.97 Mb.
bet19/26
Sana27.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1727737
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
birinchi bobgacha

-0.409**

Mustaqillik










-0.133

0.033

-0.05

-0.149

0.073

-0.358*

Muvaffaqiyatga intilish













0.017

0.237

0.155

-0.159

0.025

Intellektual
















0.13

-0.213

-0.067

0.009

Faol dam



















0.047

0.01

-0.021

Ma’naviy






















0.119

-0.019

Tashkillashganlik

























-0.048

Izoh: * - p<0,05, ** - p<0,01, *** - p<0,001
Oilaviy muhitni oʻrganish metodikasining shkalalari oʻrtasidagi korrelyatsion tahlili boʻyicha quyidagi shkalalari o‘rtasida bogʻliqlik darajalari aniqlandi. Oilada hamjihatlik qanchalik yuqori boʻlsa, oila a’zolari oʻrtasida intellektual-madaniy jihat ham shunchalik yuqori boʻlar ekan (r= 0.318, р≤0,05). Bu oʻzaro aloqadorlikni quyidagicha sharhlash oʻrinlidir. Oilada sogʻlom muhit ta’minlansa, ota-onalar oʻz burchlari va ijtimoiy rollaridan kelib chiqib farzand tarbiyasiga yondashishsa va oʻzaro hamjihatlik bilan qarorlar qabul qilishsa, farzandlardagi intellectual qobiliyatlar ham, ularning oʻqishga bodlgan qiziqishlari ham shunga monand tarzda oʻsib boraverish ehtimoli koʻpayadi. Oʻzaro hamjihatlik farzandlarni oʻquv motivlarini oshirishda, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirishda va qabul qilinayotgan qarorlarni birgalikda qabul qilish kabi jarayonlarda yaqqol koʻzga tashlanadi. Bu kabi omillar esa, bolaning aqliy taraqqiyoti samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Navbatdagi oʻzaro aloqadorlik tadqiqotimiz davomida nizo va nazorat shkalalari orasida aniqlandi (r= -0.409, р≤0,01). Bu shkalalar orasida aloqadorlik teskari tus oldi. Buni quyidagicha sharhlash oʻrinlidir. Oiladagi nizolar, ota-onalarning bir-birini tushunmasliklari, doimiy janjallar oʻsmir psixikasiga salbiy ta’sir koʻrsatish bilan bir qatorda, ularning ustidan nazorat qilish koʻrsatkichini kamaytirar ekan. Chunki ota-onalar oʻzlarining muammolari bilan band boʻlishadi, oʻzaro yuzaga kelayotgan tushunmovchiliklarni hal qilishga harakat qilishadi, natijada esa ularning farzand tarbiyasi, uning qiziqishlari, xohishlari va oʻzida kechayotgan oʻzgarishlar bilan “ishi boʻlmay” qoladi, buning aksi, salbiy oqibatlari ulardagi mustaqillikka intilish hissining kuchayishiga, ota-ona nazoratining kuchsizlashib qolishi oqibatida, ularda “erkinlik” ning koʻpayib ketishiga olib keladi.
Yuqoridagi bogʻliqliklarga qoʻshimcha ravishda mustaqillik va nazorat shkalalari oʻrtasida aniqlandi (r= -358, р≤0,05). Mustaqillik bu oila a’zolarining oʻzini tan oldirishdagi muammolarini hal qilishdagi va mustaqil qarorlar qabul qilishining ragʻbatlantirilishi boʻlib, bu xususiyat oshgani sari oʻsmir xatti-harakatlarini nazorat qilish, undan “hisobot” olish darajasi kamayadi. Bu esa oʻsmirdagi erkinlikning kuchayishiga olib kelishi mumkin va oʻsmir shaxsidagi yosh inqirozini keskinlashiradi, “tobelik” hissini yoʻqotib, “hukmronlikka intilish” ni oshiradi. Shu oʻrinda, nazorat bu oilaning ierarxik tizimi, oilaviy qoidalar va marosimlarning rigidligi, oila a’zolarining bir-birlarini nazorat qilishlari. Mustaqillikning ortishi esa, oʻsmirdagi oilaviy an’analarni, qadriyatlarni hurmat qilish ustidan nazoratni (ota-ona tomonidan) kamaytiradi.




I shkala

II shkala

III shkalas

IV shkala

V shkala

VI shkala

VII shkala

VIII shkalas

IX shkala

X shkala

XI shkala

XII shkala

Hamjihatlik

-0.094

0.225

0.105

0.134

-0.058

-0.043

0.131

-0.126

0.225

0.177

-0.165

0.097

Ekspressivlik

-0.01

-0.273

-0.034

0.145

0.058

0.127

-0.187

0.153

-0.2

0.198

0.359*

0.045

Nizo

0.289

0.235

0.009

-0.175

0.04

-0.255

-0.087

0.158

-0.172

-0.367*

0.026

-0.181

Mustaqillik

0.179

0.097

0.048

0.121

-0.029

-0.207

-0.163

-0.187

-0.183

-0.251

0.134

-0.102

Muvaffaqiyatga intilish

-0.014

0.068

0.17

-0.132

0.262

0.361*

0.059

-0.164

-0.216

-0.04

-0.121

-0.058

Intellektual-madaniy jihat

-0.256

0.126

-0.093

-0.115

-0.116

0.064

0.121

-0.041

-0.111

-0.313

0.176

-0.049

Faol dam olish

-0.057

0.045

-0.192

0.059

-0.011

-0.253

-0.087

0.106

-0.097

-0.2

0.112

0.034

Ma’naviy axloqiy jihat

-0.057

-0.169

0.086

0.256

0.076

0.119

-0.232

0.091

0.004

0.465

0.36

0.01

Tashkillashganlik

0.14

-0.062

0.101

0.314

-0.214

0.463**

-0.209

0.073

0.181

-0.024

-0.191

0.125

Nazorat

-0.25

0.016

-0.028

-0.37

0.202

-0.163

0.123

-0.283

0.026

0.084

-0.092

-0.085

Oilaviy muhitni oʻrganish shkalasi” metodikasi va “Frayburg savolnomasi yordamida shaxs xususiyatlarini oʻrganish” metodikalarining korrelyatsion tahlili (K.Pirson mezoni asosida).
Izoh: * - p<0,05, ** - p<0,01, *** - p<0,001
Oilada mavjud muhitning qay darajada ekanligi oilada oʻsib kelayotgan farzand xulq-atvorida shakllanuvchi xususiyatlarni oʻrganishni talab etadi. Shu maqsadda yuqoridagi ikki metodika oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni oʻrgandik. Unga metodikalardagi shkalalar oʻrtasida quyidagicha bogʻliqliklar aniqlandi.
Oiladagi ekspressivlik va shaxsdagi emotsionallik oʻrtasida bogʻliqlik aniqlandi (r=0.359*, р≤0,05). Oilada ekspressiv muhit bu – oilada qay darajada ochiq muloqot va oʻz tuygʻularini oshkora namoyon qilishning mavjudligi. Shaxsdagi emotsionallik bu o‘z fikrini va his-tuygʻularini namoyish eta olish xususiyati ekspressiv muhit yuqori boʻlgan oilalarda tarbiyalanayotgan farzandlarda yuqori bo‘lishi aniqlandi. Oilalarda qanchalik o‘zaro muloqot, fikr almashish, shaxslararo munosabatlarga erkin kira olish qobiliyati shakllanadi.
Navbatdagi aloqadorlik oiladagi nizo va shaxsdagi introvertlik xususiyatlari oʻrtasida aniqlandi. (r= -0.367*, р≤0,05) Bundan shuni aniqlashimiz mumkinki, oilada qanchalik jaxl, agressiya va nizoli munosabatlarning ochiq namoyish etilishi kuzatilsa, farzand xulq-atvorida introvertlik holatlari kuzatilar ekan. Introvertlik bu – shaxslararo munosabatlarga kirishishda muammolarga duch keladigan, qaror qabul qilishda o‘z mustaqil fikriga tayana olmaydigan, xulq-atvorida sustkashlik kuzatiladigan holat hisoblanadi. Bu holat farzandning ta\lim olish jarayonlariga, jamiyatda o‘z o‘rnini egallash bilan bog’liq jarayonlarda qator muammolarni keltirib chiqarish ehtimoli yuqoridir.
Navbatdagi aloqadorlik oiladagi muvaffaqiyatga intilish hamda ruhiy zarbalarga chidamlilik shkalalari o‘rtasida kuzatildi. (r=0.361*, р≤0,05). Oiladagi muvaffaqiyatga intilish jihati bu – oilada turli faoliyat (o‘qish, ish va h.k) bo‘yicha muvaffaqiyat va raqobatga munosabat qay darajada mavjudligi hisoblanadi. Demak, oilada qanchalik faoliyat yuzasidan erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlar rag’batlantirilsa, unda tarbiyalanayotgan farzand xulq-atvorida shunchalik kelajakka ishonch va faollikni; o‘ziga ishonchi odatdagi hayotiy holatlarda ruhiy zarba omillari ta’siridan yaxshi himoyalanganlik darajasini oshirar ekan. Boladagi mavjud qobiliyatlar, erishilgan yutuqlarni ota-ona tomonidan e’tirof etilishi, uning faoliyat motivlarini oshirishga, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshishiga sababchi bo‘lar ekan.
Keyingi aloqadorlik oiladagi tashkillashganlik va og’ir vazminlik shkalalari o‘rtasida aniqlandi. (r=0.463**, p<0,01) Oiladagi tashkillashganlik bu – oila uchun tartib va qoidalarning qay darajada ahamiyatliligi : oila a’zolari faoliyatini tashkil etilganligi, iqtisodiy rejalashtirilganlik, oilaning o‘ziga xos qoidalarining aniqligi, vazifalar taqsimoti va oila a’zolarining burchlari hisoblanadi. Bunday muhit hukmron bo‘lgan oilada og’ir -vazminlik, ruhiy zarbalarga chidamlilik xususiyatlari shakllanishi ehtimoli mavjud ekan.



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling