Himoyaga ruxsat etildi


Download 5.97 Mb.
bet20/26
Sana27.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1727737
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
birinchi bobgacha

XULOSA VA TAVSIYALAR
Bitiruv malakaviy ishda oilada farzand xulq-atvoridagi salbiy holatlarning psixodiagnostikasi amalga oshirildi. Ishning nazariy qismida oiladagi farzand xulq-atvoriga salbiy ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinib, ularning determinantlari aniqlandi. Oiladagi farzand xulq-atvoriga salbiy ta’sir etuvchi holatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari o‘rganib chiqildi. Xulq-atvordagi salbiy holatlarning shakllanishiga oila muhitining ta’siri nazariy jihatdan o‘rganib chiqildi. Bu borada o‘tkazilgan tadqiqot ishlari bilan tanishib chiqildi. Shuningdek, xulq-atvordagi salbiy holatlarni diagnostika qiluvchi metod va metodikalar bilan tanishib chiqildi.
Mavzuning nazariy tahlili quyidagi xulosalarga olib keldi:
Birinchidan, oilada kattalarning, ayniqsa ota- onalarning xatti-xarakati va munosabatlari bolalar ruhiyati uchun katta psixologik omil hisoblanadi. Chunki ular bilib-bilmay , ongli va ongsiz ravishda kattalarga taqlid qiladi, ularning xarakatini o‘zlari uchun mezon deb biladi. Bunday hol ularning mustaqil fikri shakllanguncha davom etadi. Ularning mustaqil fikri va dunyoqarashi shakllangach esa, ular hamma narsaga, hatto kattalarning xatti-xarakatiga ham tanqidiy nuqtai nazardan qaray boshlaydi.
Ikkinchidan, Oiladagi nosog‘lom ijtimoiy muhit oilaning asosiy funksiyasi – yetuk shaxsni tarbiyalashga yuzaki qarash yoki umuman bu vazifani bajarmasligiga olib keladi. Natijada, oiladagi ziddiyat va muammolar, ularni bartaraf etishdagi noto‘g‘ri (noijtimoiy ham bo‘lishi mumkin) harakat voyaga yetmaganlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda uning xulqi, xatti-harakatida salbiy og‘ishlar paydo bo‘ladi.
Uchinchidan, Oilada bolalarga tarbiyaviy ta’sir etish sifatini oshirish uchun ota-ona va oilaning katta a’zolari tomonidan bolaga qo‘yiladigan talablar va ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda so‘z bilan ish birligi bo‘lishi yaxshi natija beradi.
Tadqiqotdan olingan empirik natijalar asosida quyidagi xulosalarni qilishimiz joiz:
Birinchidan, o‘quvchilarning 37,4 foizi tomonidan “meni oilada har ikkalasi ham tushunadi” javobini namoyon bo‘lishi oilada hamjihatlikni belgisidir. Lekin bu ko‘rsatkichni juda yuqori bo‘lmaganligi sababli oilada hamjihatlikka e’tiborni kuchaytirish zarurdir. “Ikkalasi ham tushunmaydi”, “e’tibor bermaganman” javoblarning 8-9 foiz o‘quvchilar tomonidan belgilanishi mazkur o‘quvchilar oilalarida ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi hamjihatligi yetarli emasligini bildiradi. Oz bo‘lsa-da (0,8 % va 0,9 %) ota-onalarning farzandida yuzaga keladigan muammolarini oydinlashtirib olishga daxldor emasligi ham kuzatildi. Bu tashvishli holat, chunki keyinchalik bolada xulq og‘ishi, turli yot g‘oyalarga berilishi, boshqalar ta’siriga tushish, ota-onasidan uzoqlashish, o‘zboshimchalik, daydilik kabi salbiy xulq-atvor ko‘rinishlari yuzaga kelishiga olib keladi. Farzand tarbiyasida ota va onaning ta’siri mas’uliyatini birdek oshirish masalasi yuzaga keldi. Chunki farzandi bilan faqat onasi muloqoti, tushunishining kuzatilishi oilada otalar ta’sirini kamaytiradi.
Ikkinchidan, oilaviy muhitni oʻrganish metodikasining shkalalari oʻrtasidagi korrelyatsion tahlili boʻyicha yetarli darajada yuqori va ahamiyatli natijalar aniqlandi. Oiladagi mavjud turli xil muhitlarning bir-biriga o‘zaro aloqasi mavjudligi aniqlandi. Xususan, oiladagi hamjihatlik qanchalik yuqori bo‘lsa, undagi intelektual-madaniy jihat ham yuqori bo‘lar ekan. Ya’ni, o‘zaro hamjihatlik, totuvlik mavjud bo‘lgan oilada farzandlarning aqliy-intelektual rivojlanish darajasi ham yuqori bo‘ladi. Bu esa ularning bilim olish jarayonlarida, kasb egallashda yuqori samaradorlikka erishishlariga sababchi bo‘lish ehtimoli mavjud. Aksincha, oilada jaxl, agressiya, konfliktlar yuqori bo‘lsa, undagi tarbiyalanayotgan farzandlar xulq-atvorida nazoratga bo‘ysunishni xohlamaslik, oilaviy qadryatlarga hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lish holatlari kuzatilishi mumkin ekan. Shuning uchun ham oilalarning tinch-totuv bo‘lishi, oilada tarbiyalanayotgan farzandlarning xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan.
Uchinchidan, oiladagi mavjud muhitni o‘rganish va oilada tarbiyalanayotgan farzand xarakter xususiyatlarini o‘rganuvchi ikkita metodika shkalalari o‘rtasidagi aloqadorlik o‘rganilganda, ular orasida ham ahamiyatli natijalar aniqlandi. Bunda oilada hukmron muhit unda tarbiyalanayotgan farzand xulq-atvorida ba’zi xususiyatlarning shakllanishiga sababchi bo‘lar ekan. Xususan, ekspressivlik yuqori bo‘lgan oilalarda emotsionallik xususiyatiga rivojlanar ekan. Ya’ni oilada qanchalik muloqot qilish yuqori bo‘lsa, farzandlarda ham o‘z his-tuyg’ularini erkin ifoda eta olish xususiyati shakillanar ekan.
Yuqoridagi xulosalarimiz natijasida biz tomonimizdan oilada farzand xulq-atvorida salbiy xususiyatlar shakllanishini oldini olish bo‘yicha quyidagi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. Ota-onalarni farzandlarining yosh va psixologik xususiyatlarini hisob olgan holda ular bilan do‘stona (hayotiy ehiyojlari, xohish-istaklari va qiziqishlari kabi o‘ziga xos jihatlarini ham hisobga olgan) muloqot muhitiga asoslangan tarbiyaviy ishlar olib borish yuzasidan metodik tavsiyalar, qo‘llanmalar va bukletlar tayyorlash;
2. Ta’lim muassasalari va mahallarda tashkil etilgan ota-onalar universitetlarida “Oila hamjihatligi va barkamol tarbiya asosi” mavzusida mutaxassislar va ibratli oilalar vakillari ishtirokida davra suhbatlari va seminarlar tashkil etish;
3. Ijtimoiy va psixologik so‘rovnomalar orqali oilalarda ota-onalarning farzand tarbiyasiga e’tibori, ularning bu boradagi malaka va saviyasini o‘rganish va yanada oshirishga qaratilgan so‘rovnomalarni muntazam o‘tkazib borish;
4. Ta’lim muassasalariga bolalarning ta’lim va tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarga ota-onalarning birgalikdagi e’tiborini kuchaytirish yuzasidan tegishli tadbirlarni amalga oshirish.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling