Himoyaga ruxsat etildi


-ilova. OTA-ONALAR MUNOSABATI” TURLARINI ANIQLASH TЕSTI


Download 5.97 Mb.
bet23/26
Sana27.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1727737
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
birinchi bobgacha

2-ilova.
OTA-ONALAR MUNOSABATI” TURLARINI ANIQLASH TЕSTI
(A.Ya.Varga, V.V.Stolin)
1. Men o‘z bolamni tushunaman.
2. Mening bolam nimalar haqida o‘ylashini bilishni xohlar edim.
3. Men bolamni hurmat qilaman.
4. Men o‘ylaymanki, bolamning xulqi me’yoridan orqada qolib ketayapti.
5. Bolani hayotda bo‘ladigan qiyinchiliklardan o‘zoqroqda saqlash kerak, deb hisoblayman.
6. Men o‘z bolamga yaqinligimni sezayapman.
7. Yaxshi ota-onalar bolalarini qiyinchiliklardan asraydilar.
8. Mening bolam ko‘pincha menga yoqimsizdek tuyuladi.
9. Men bolamga har doim yordam berishga harakat qilaman.
10. O‘ylaymanki, bola qattiq ushlansa keyinchalik unga katta foyda keltiradi.
11. Men bolamga nisbatan o‘zimda johillik sezayapman.
12. Mening bolam hayotda hech narsaga erisholmaydi.
13. O‘ylaymanki, boshqa bolalar mening bolamning ustidan qo‘lyapti.
14. Mening bolam shunday noo‘rin ishlar qiladiki, uni kechirib bo‘lmaydi.
15. Mening bolam yoshiga nisbatan yetuk emasdek tuyuladi.
16. Mening bolam jahlimni chiqarishga harakat qiladi.
17. Mening bolam hamma yomonliklarni o‘ziga tortib oladi.
18. Mening bolamga har tomonlama yaxshi xulqli bo‘lishni o‘rgatish qiyin.
19. Bolani qattiq ushlash kerak, shunda undan yaxshi odam chiqadi.
20. Bolamning o‘rtoqlari biznikiga mehmonga kelsa, men yaxshi ko‘raman.
21. Men bolam tashkil qilgan ishlarda ishtirok etaman.
22. Mening bolamga yomonliklar yopishadi.
23. Mening bolam bu hayotda muvaffaqiyatni ko‘rmaydi.
24. Agar tanishlar orasida bola tarbiyasi haqida biron-bir gap chiqib qolsa, menga
bir oz uyat bo‘ladi, go‘yoki, mening bolam - xuddi men xohlaganimday aqlli va qobiliyatli emasdek tuyuladi.
25. Men bolamga qayg‘uraman.
26. Qachonki bolamni uning tengdoshlari bilan solishtirsam,ular mening bolamdan
o‘zlarini tutishi va ko‘rinishlari jihatidan kattadek ko‘rinadi.
27. Men bo‘sh vaqtlarimni bolam bilan qoniqarli ravishda o‘tkazaman.
28. Men bolamning tez katta bo‘lib ketayotgan va uning yosh paytlari hamda
yoqimli vaqtlarini eslayapman-u, tez-tez afsuslanayapman.
29. Men bolamga xuddi dushmanday qarayman, bu fikr mening xayolimga tez-tez keladi.
30. Qilishga ulgurmagan ishlarimni, mening bolam amalga oshirsin, deb orzu qilaman.
31. Bolalardan talab qilgandan ko‘ra, ularning aytganlariga ko‘nish kerak, deb hisoblayman.
32. Men bolamning hamma iltimoslarini bajarishga harakat qilaman.
33. Oilada biron-bir qarorga kelishda, bolaning fikrini ham inobatga olish kerak deb o‘ylayman.
34. Men bolamning hayoti bilan juda qiziqaman.
35. Bolam bilan kelishmovchilik hollari ro‘y berib qolsa, ya’ni u o‘z fikri bilan haq bo‘lsamen unitez bo‘ynimga olaman
36. Bolalar yoshligidanoq ota-onalarining yo‘l qo‘ygan xatolarini bilishadi.
37. Men har doim bolamning fikrini hisobga olaman.
38. Men o‘zimda bolamga nisbatan do‘stlik hissini sezaman.
39. Bolamning asosiy injiqliklari shundan iboratki, u qaysar va egoist, ya’ni xudbindir.
40. Dam olish kunlarini bola bilan o‘tkazish mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi, deb
hisoblayman.
41. Eng muhimi farzandning bolalik yillari tinch va osoyishta o‘tsin, qolgan hammasi bir gap bo‘ladi.
42. Ba’zan menga shunday tuyuladiki, go‘yo mening bolam hech narsaga layoqatsiz.
43. Men bolamning qiziqishlariga to‘g‘ri ko‘z bilan qarayman.
44. Bolamning xarakteri shundayki, u har qanday odamning asabini bo‘zib, bironbir xatoga yo‘l qo‘yishiga olib keladi.
45. Men bolamning xafagarchiliklarini tushunaman.
46. Mening bolam tez-tez jonimga tegadi.
47. Bolani tarbiyalash asabga tegadigan narsa, deb hisoblayman.
48. Bolaning yoshligidan tarbiyasiga qilingan qattiqqo‘llik unda kuchli xarakterni rivojlantiradi.
49. Men o‘z bolamga ishonmayman.
50. Bolaga qilingan qattiqqo‘llik uchun u keyinchalik minnatdor bo‘ladi hali.
51. Ba’zida bolam shunday ko‘rinadiki, men undan nafratlanaman.
52. Bolamning yaxshi tomonlari, yomon tomonlariga nisbatan kam.
53. Men qiziqishlarimni o‘z bolamga ajrataman.
54. Mening bolam biron-bir ishni o‘zi mustaqil qilolmaydi, qilsa ham uni noto‘g‘ri bajaradi.
55. Mening bolam hayotga moslashmasdan o‘sayapti.
56. Mening bolam qanday bo‘lsa, shundayligicha yoqadi.
57. Men bolamning sog‘ligiga juda katta e’tibor bilan qarayman.
58. Men bolam bilan ko‘proq faxrlanaman.
59. Bola o‘z ota-onasidan sir saqlamasligi kerak, deb hisoblayman.
60. Bolamning qobiliyatlari to‘g‘risida mening fikrim yuqori emas,

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling