Himoyaga ruxsat etildi


-ilova. OILAVIY MUHITNI O‘RGANISH SHKALASI


Download 5,97 Mb.
bet25/26
Sana27.10.2023
Hajmi5,97 Mb.
#1727737
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
birinchi bobgacha

4-ilova.
OILAVIY MUHITNI O‘RGANISH SHKALASI
1.Bizning oila a’zolarimiz bir-biriga real yordam berishadi va qo‘llab quvvatlashadi.
2. Oilamiz a’zolari tez-tez o‘z tuyg‘ularni yashirishadi.
3. Biz tez-tez tortishib turamiz.
4.Oilamizda juda kam hollarda biron bir ishni mustaqil (bir-biridan yashirin) holda bajaramiz.
5. Biz, eng muhimi o‘z ishining ustasi bo‘lish kerak, deb hisoblaymiz.
6. Biz tez-tez ijtimoiy va siyosiy muammolar to‘g‘risida gaplashamiz.
7. Biz dam olish kunlari va oqshomlarini ko‘p qismini uyda o‘tkamiz.
8. Bizning oila a’zolarmiz juda tez-tez ma’naviy-axloqiy mavzudagi ko‘rsatuvlarni ko‘rishadi.
9. Oilamizning barcha faoliyati sinchkov tarzda rejalashtiriladi.
10. Bizning oilamizda kamdan-kam kimdir buyruq beradi va boshqaradi.
11. Biz ko‘p vaqtimizni uyda o‘tkazamiz.
12. Biz uyimizda nima xohlasak shuni gapira olamiz.
13. Oilamiz a’zolari kamdan -kam holda ochiqdan-ochiq jahlni namoyon qilishadi.
14. Bizning oilamizda mustaqil qarorlar qabul qilish yuqori baholanadi.
15. Hayotda muvffaqiyatga erishish bizning oilamizda juda muhim ahamiyatga ega.
16. Biz kamdan-kam kino, spektakllarga yoki ma’ruza tinglashlarga boramiz.
17. Biznikiga do‘stlarmiz tez-tez mehmonga kelishadi.
18. Biz, oila oila a’zolarining ishlariga javobgar emas, deb hisoblaymiz.
19. Biz, odatda, juda tartibli va intizomlimiz.
20. Oilamiz amal qiladigan qonun-qoidalar kam.
21. Biz uy ishlariga juda ko‘p kuch-quvvat sarflaymiz.
22. Kimnidir kayfiyatini buzmasdan, uyda “yozilib” bo‘lmaydi.
23. Oila a’zolarining narsalarni uloqtirish darajasida jahli chiqishi mumkin.
24. Bizning oilada o‘z ishlarimizni mustaqil (yolg‘iz) hal qilamiz.
25. Biz uchun kishining qancha pul topishi juda muhim emas.
26. Bizning oilamizda yangi narsalar, hodisalar va faktlar haqida bilish muhim sanaladi.
27. Bizning oilamizda hech kim sportning biron-bir turi bilan faol shug‘illanmaydi.
28. Biz tez-tez axloqiy mavzular to‘g‘risida gaplashamiz.
29. Uyimizda ko‘pincha kerakli narsani o‘z vaqtida topish qiyin.
30. Oilamizda ko‘pgina qarorlarni qabul qiluvchi bir oila a’zosi bor.
31. Oilamizda o‘zaro birdamlik hissi mavjud.
32. Biz bir-birmizga o‘z shaxsiy muammolarmiz haqida gapirib beramiz.
33. Oila a’zolarmiz kamdan kam qattiq asabiylashadi.
34. Oilamizda biz xohlagan paytda kelib, xohlagan paytda ketamiz.
35. Har qanday ishda biz raqobatga ishonamiz, bizning shior “Kuchlilar g‘olib bo‘lsin”.
36. Biz madaniy hayot bilan u darajada qiziqmaymiz.
37. Biz tez-tez kino, turistik sayohat va sport musobaqalari tomoshasiga boramiz.
38. Yuqori darajadagi axloqiylik bizning oilamizga xos emas.
39. Oilamizda punktual bo‘lish juda muhim.
40. Bizning uyimizda ishlar bir vaqtda va belgilangan qonun-qoida asosida bajariladi.
41. Oilamizda biron bir ishni qilish uchun kamdan kam ko‘ngillilar topiladi.
42. Agar oilamizda biron narsani tez bajarish kerak bo‘lsa, biz darhol yig‘ilib bu ishni bajaramiz.
43.Oilamiz a’zolari tez-tez bir-birlarini tanqid qilishadi.
44. Oilamizda bir-biridan sir saqlash holatlari kam.
45. Biz hamma ishni keyingi safar bundanda yaxshi chiqishiga intilib bajaramiz.
46.Uyimizda intellektual mazmundagi bahs-munozaralar kamdan-kam bo‘ladi.
47.Oilamizda barcha bir yoki bir necha xobbiga ega.
48. Bizning oila a’zolarimiz nima to‘g‘ri-yu, nima noto‘g‘riligi haqida aniq tushunchaga ega.
49. Bizning oilamizda hamma tez-tez uy yumushlari haqidagi fikrlarini o‘zgartirib turishadi.
50.Oilamizda qonun-qoidalarga amal qilish masalasiga katta ahamiyat qaratiladi.
51.Oilamiz hamjihatligi uchun barchamiz harakat qilamiz.
52. Agar oilamizda arz qilishni boshlasang, albatta kimdir xafa bo‘ladi.
53. Oila azolarimiz goho bir-biriga qo‘l ko‘tarishi mumkin.
54. Oilamizda odatda, biron-bir muammo chiqsa, hamma o‘zi uchun javob beradi.
55. Oilamizda ishdagi muvafaqqiyatlar yoki maktabdagi baholar biz uchun ahamiyatga ega emas.
56. Oila a’zolarmizdan kimdir musiqa asbobni chaladi.
57. Oilamiz a’zolari ko‘ngilochar tadbirlarda kamdan-kam ishtirok etishadi.
58. Ba’zi narsalarni qat’iy ishonch bilan qabul qilish kerak, deb hisoblaymiz.
59. Oilamiz a’zolari o‘z xonalarini sarishta tutishadi.
60. Oilaviy qaror qabul qilishda oilamiz a’zolarining barchasi teng ishtirok etadi.
61. Oilamizda jamoaviy ruh yaxshi rivojlanmagan.
62. Oilamizda PUL yoki to‘lov masalalari ochiq muhokama qilinadi.
63. Agar oilamizda kelishmovchiliklar tug‘ilsa, biz bor kuchimiz bilan vaziyatni yumshatishga va tinchlikni saqlashga harakat qilamiz.
64. Oilamiz a’zolari o‘z haq-huquqlarini himoya qilganni qo‘llab quvvatlashadi.
65. Bizning oilamizda biz muvaffaqiyatga juda ham intilmaymiz.
66. Oila a’zolarimiz tez -tez kutubxonaga borishadi.
67. Oila a’zolarmiz ba’zida o‘z qiziqishlari va istaklariga ko‘ra turli kurslarga, to‘garaklarga borishadi.
68. Oilamizda nima yaxshi-yu, nima yomonligi bo‘yicha har bir kishining o‘z qarashlari mavjud.
69. Bizning oilamizda har kimning aniq o‘z majburiyatlari bor.
70. Oilamizda biz nima xohlasak shuni qilamiz.
71. Biz bir-birimiz bilan kamdan-kam haqqoniy murosaga boramiz.
72. Bizning oilamizda odatda, bir-birimizga nima gaprirayotganligimizni nazorat qilamiz.
73. Oilamiz a’zolari ko‘pincha bir-biridan nimasi bilandir ustunlik qilishga harakat qiladi.
74. Bizning uyimizda kimnidir xafa qilmasdan turib, yolg‘iz qolib bo‘lmaydi.
75. “Ishni o‘z vaqtida qil va vaqtning qadriga yet”- bu bizning oilamiz shiori.
76. Bizning oilamizda kitob o‘qishdan ko‘ra, televizor ko‘rish muhimroq.
77. Oila a’zolarimiz tez-tez omma oldiga chiqishadi.
78. Bizning oila a’zolarimiz qat’iy axloqiy qoidalarga amal qilishadi.
79. Bizning oilamizda pul bilan ehtiyotsiz muomala qilinadi.
80. Bizning oilamizda “O‘z o‘rningni bil!” qoidasiga qat’iy amal qilinadi.
81. Bizning oilamizda barchaga ko‘p vaqt va e’tibor qaratiladi.
82. Bizning oilamizda o‘z-o‘zidan bahs-munozaralar bo‘lib turadi.
83. Bizning oilamizda ovozni balandlatib xech narsaga erishib bo‘lmasligini tushunamiz.
84. Bizning oilamizda o‘zboshimchalik rag‘batlantirilmaydi.
85. Bizning oilamiz a’zolarini ko‘pincha ishdagi va maktabdagi yutuqlari bo‘yicha solishtirishadi.
86. Biz oilamizda xaqiqatdan ham musiqa, adabiyot va san’atni yoqtirishadi.
87. Televizor tomosha qilish yoki radio eshitish biz uchun asosiy ko‘ngil ochish shakli hisoblanadi.
88. Bizning oila a’zolarimiz haqiqat tantanasiga ishonishadi.
89. Bizning oilamizda ovqatdan so‘ng darhol idish-tavoqlar yuviladi.
90. Bizning oilamizda ayrim ishlar jazosiz qoldiriladi.
Metodika kaliti

Т

х

х




х

х

х




х

Х

х













Н







х










х










Т

х

х

х

х

х




х




Х
















Н
















х




х




х

Т

х













х




х




х













Н




х

х

х

х




х




Х




Т

х

х

х




х




х




Х

х













Н










х




х




х







Т




х




х

х




х







х













Н

х




х







х




х

Х




Т

х

х




х




х




х

Х

х













Н







х




х




х










Т




х

х

х

х

х

х

х

Х
















Н

х

























х

Т




х

х




х




х

х




х













Н

х







х




х







Х




Т

х

х

х







х




х

Х

х













Н










х

х




х













Ҳ

Э

Низо

М

Мув

ИМЖ

ФД

МА

Т

Н



Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling