Himoyaga ruxsat etildi
-ilova. Ota-onalarning o‘smir yoshli farzandini tushunish testi
Download 5.97 Mb.
|
birinchi bobgacha
3-ilova.
Ota-onalarning o‘smir yoshli farzandini tushunish testi 1. Yuzakilik - o‘smirlarning o‘ziga xos sifatidir. 2. Kattalarga nisbatan o‘smirlar ko‘p narsalarni mavhumlashtirishga moyil bo‘ladilar. 3. Agar o‘smirlar ko‘proq ayni borliq (allAkachon bor narsalar) to‘g‘risida o‘ylasalar, kattalar birinchi o‘ringa bo‘lishi mumkin bo‘lgan (kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan) istiqbol rejalarini ilgari suradilar. 4. O‘smirlik davriga fikrlardagi qat’iylik xosdir. 5. Kattalar o‘smirlarga nisbatan inson xulqiga oid bo‘lgan umumiy qoidalar va tamoyillarni izlashga moyil bo‘ladilar. 6. o‘smirlar o‘z bilim darajalari hamda aqliy imkoniyatlarini oshiribroq baholashga moyildirlar. 7. Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘smirlarga nisbatan bolalarga ko‘proq individual yondashuv zarur bo‘ladi. 8. hissiyotlarga beriluvchanlik va emotsional tanglik - o‘smirlik davrining o‘ziga xos tomonidir. 9. Yumor hissi o‘smirlik davridan ko‘ra ko‘proq bolalikda paydo bo‘lib, namoyon bo‘ladi. 10. Bolalarga nisbatan olib qaralganda, bolalikda mavhum narsalar to‘g‘risidagi suhbatlar va tortishuvlar ko‘proq bo‘lib turadi. 11. Kattalar orasida o‘smirlarga nisbatan bo‘shashgan - melanxoliklar ko‘proq uchraydi. 12. Badiiy asarlarda o‘smirlarni ko‘proq qahramonlarning xatti-harakatlari va xodisalarga aloqador o‘y-fikrlaridan ko‘ra, ularning aniq xatti-harakatlari va jarayonlar qiziqtiradi. 13. Bolalarga o‘smirlarga nisbatan o‘zlarini ko‘rsatish, boshqalardan farqli tomonlarini namoyon etish xosdir. 14. «Yolg‘izlik hissi» - o‘smirlik davriga xos hissiyotdir. 15. Vaqt o‘tishini sub’ektiv tarzda his etish aniqligi yosh o‘tgan sari pastlab boradi. 16. Tashqi qiyofa va o‘ining jismonan rivojlanishi bolalarga nisbatan o‘smirlarni ko‘proq o‘ylantiradi. 17. O‘smirning aqliy salohiyati past bo‘lsa, uning o‘zidan noroziligi ham ortiq bo‘ladi. 18. Irodaviy sifatlarning (beriluvchanlik, qat’iyatsizlik va b.) yetarli darajada rivojlanmaganligi o‘smirning o‘ziga bahosini belgilovchi xususiyatdir. 19. Usmirlar pedagoglardagi insoniylikni (samimiyat, o‘zgalarni tushunish va b.) ularning professional mahoratlaridan yuqori qo‘yadilar. 20. O‘smirlar jamoaga nisbatan o‘ta yuqori talablarni qo‘yishga moyildirlar. 21. O‘smirlar o‘z o‘qituvchilari bilan o‘rnatolgan yaxshi munosabatlarini pedagoglarning o‘zlariga nisbatan yuqoriroq darajada qadrlaydilar. 22. O‘smirlarda o‘zaro munosabatlar bilan bog‘liq qiyinchiliklar bolalar va kattalarga nisbatan ko‘proq namoyon bo‘ladi. 23. O‘smirlar badiiy adabiyotdan ko‘ra musiqaga ko‘proq qiziqadilar. 24. U yoki bu normalar va qoidalari asosida o‘z hayotini tashkillashga intilish o‘smirlarga nisbatan kattalarga xosdir. Download 5.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling