Himoyaga ruxsat etildi


-rasm. 5-rasm. “O‘qish joyingizga chaqirishsa, kim ko‘proq keladi?”


Download 5.97 Mb.
bet17/26
Sana27.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1727737
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
birinchi bobgacha

5-rasm.

5-rasm. “O‘qish joyingizga chaqirishsa, kim ko‘proq keladi?”
Mazkur savolga so‘ralgan o‘quvchilardan 17 nafari (17%) “otam”, 36 nafari (36%) “onam”, 27 nafari (27%) esa “ba’zan otam, ba’zan onam” deb javob berganlar.
Javoblar natijalari o‘quvchilarning o‘qish joylaridagi bilim olishi va xulq-atvori bilan bog‘liq yoki boshqa masalalarda taklif etilganda, asosan onalar, borishini ko‘rsatmoqda.
So‘rovnoma qatnashganlarning 8 nafari (8%)savolga “har ikkalasi ham” deb javob berganligi bir jihatdan olganda ijobiy holat bo‘lsada, 12 nafari (12%) ning “bunga ularning vaqtlari yo‘q” deb bergan javoblari tashvishli holdir, deyishga asos bor.
Ota – ona farzandi tahsil olayogan ta’lim muassasasi bilan uzviy aloqada bo‘lib turmas ekan, bunday oilalarda voyaga yetayotgan bolalarning ta’limi bilan bog‘liq o‘ziga xos muammolar ham mavjud deb xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi.
Keyingi yillarda xalq ta’limi tizimida otalarning farzandlari ta’limi va tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarga e’tiborini qaratish va ushbu jarayonlarga yanada kengroq jalb etish maqsadida muayyaan ijobiy ishlar olib borilmoqda. Istiqbolda esa bu bilan bog‘liq tadbirlar ko‘lamini yanada kengaytirish va samaradorligini oshirish, shuningdek, ham ota, ham onalarning ta’lim muassasalari bilan uzviy aloqada bo‘lishlari maqsadga muvofiq ekanligini so‘rovnoma natijalaridan ko‘rish mumkin.
6-rasm.

6-rasm. “O‘qish joyingiz va mahalladagi xulq-atvoringizdan ota-onangiz qanday habar topadilar?” savoliga berilgan javoblar.
Mazkur savolga so‘rovnomada qatnashgan o‘quvchilardan asosiy qismi, ya’ni 31 nafari (31%) “o‘zlari surishtirib” va 32 nafari (32%) esa “o‘zimdan so‘rab”, qolgan 13 nafari (13%) “kimdir aytganda” va 16 nafari (16%) “biror sabab bilan” deb javob berganlar.
Shu o‘rinda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihati, o‘quvchilarning asosiy qismi ota-onalarning mahalladagi va ta’lim muassasalaridagi hulq – atvoridan ularning o‘zidan so‘rab habar topishlarini qayd etganlar. Ota-onalar kundalik ta’lim jarayoni yoki kun oxirida bolalardan maktab yoki mahalladagi yurish – turishi, qilgan yaxshi yomon ishlari to‘g‘risida so‘rab turishlari tabiiy va bu yaxshi. Lekin yuqoridagi savollarga berilgan javoblardan ma’lum bo‘ladiki, ba’zi xollarda bola real holatni ulardan turli sabablarga ko‘ra yashirishi mumkin.
Shuning uchun ota-onalarning bu kabi ma’lumotlarni bevosita o‘zlari qiziqib, pedagogoglar yoki mahalla ahlidan surishtirib yoki o‘rganib olganlari ma’qul.
“Kimdir aytganda” yoki “biror sabab bilan” deb berilgan javoblar salmog‘i ayrim oilalarda savolda qo‘yilgan masalaga e’tiborning sustligi yoki ba’zan yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida tashvishli xolatlardan biridir. Qolaversa, 8 nafar (8%) bolalarning ota-onalarning bu kabi masalalarga umuman qiziqmasligini ta’kidlashini esa, jiddiy muammo hisoblash mumkin.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling