“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
11 ijodkor adabiy faoliyatidagi va “milliy badiiy tafakkur taraqqiyotidagi” o‘rni hamda ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yuzasidan umumiy xulosa qilinadi. Akademik litsey ta’lim tizmida tahlilning mazkur bosqichlarigato‘liq amal qilishga erishish lozim. Ana shunda didaktik tahlildan ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlar samarali amalga oshadi, o‘quvchilarning adabiy tahlil malakasi takomillashadi. Biroq, ba’zi hollarda adabiy ta’lim imkoniyatlari bunday tugal tahlillarga keng yo‘l berolmaydi. Ta’lim jarayonida, didaktik tahlilda badiiy asar tahlilining har uchala bosqichini birvarakayiga amalga oshirishning imkoniyati chegaralangan. Chunki, akademik litsey ta’limida ham boshqa ta’lim bosqichlari (umumiy o‘rta maktab, kasb-hunar kollejlari)da bo‘lgani kabi “badiiy asarning barcha qismlari birdaniga emas, balki mazkur bosqich uchun eng muhim hisoblangan tomonlarigina tahlilga tortiladi. Ikkinchidan, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va dunyoqarashi, umumiy adabiy tayyorgarligi nazarda tutiladi. Uchinchidan esa, vaqt imkoniyatlarining qat’iy chegarasi ham shuni taqozo etadi”. Demak, mazkur omillar adabiy ta’limda badiiy tahlilning yaxlitlik tamoyili talablarini to‘la bajarishda ham bir qadar qiyinchiliklar keltirib chiqarishi tabiiy. Shunga ko‘ra, mazkur masalalar borasida biz badiiy tahlilning yaxlitlik tamoyili tasnifida batafsilroq to‘xtalamiz. Ammo, shu o‘rinda aytish kerakki, o‘qituvchining o‘zi badiiy tahlil bosqichlariga tegishli ilmiy-estetik jarayonni har doim diqqat markazida tutib, ular o‘rtasidagi uyg‘unlik va uzviylikni saqlab qolishga harakat qilsa, o‘rganilayotgan asarlar tahlili uchun ulardan qay biri ustuvor bo‘lishini qat’iy belgilab olsa va keyingilaridan yordamchi vosita sifatida foydalansa, albatta tahlil samaradorligini oshirishga erishadi. Bunda, masalan, hajman katta bo‘lgan epik yoki dramatik asarlarning darslikdan tashqaridagi to‘liq nashr variantini o‘quvchilarning o‘ziga o‘qib kelishni topshirishi mumkin. Demak, tahlilga tortiladigan badiiy asarni o‘qib-o‘rganish jarayonida o‘quvchi uni “yaxlit butunlik sifatida idrok etadi”, asarning asosiy mazmuni, uning badiiy g‘oyasi, asosiy obrazlari bilan dastlabki tanishuv amalga oshadi. Shu taxlit ikkinchi bosqichdagi vazifalarning ijobiy hal etilishiga zamin hozirlanadi. Shuningdek, tahlilning yakunlovchi boqichiga ham yetib borish, o‘rganilayotgan asar yuzasidan umumlashtiruvchi xulosalarchiqarish imkoniyati |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling