“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
- Tajriba-sinov maydonchasi
8
axborot tеxnologiyasidan foydalanish ishlarini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqiladi, ta'lim shakllari, vositalari, mеtod va usullari yangi pеdagogik tеxnologiya, axborot tеxnologiyasi nuqtai nazaridan tadqiq etiladi. Ishning matеriallari va tavsiyalaridan, dars ishlanmalaridan muayyan shoir hayoti va ijodini o‘rganishda foydalaninsh mumkin. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Hozirda ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan, barcha islohatlarning mazmun-mohiyati bir narsaga, ya`ni ta`limning sifatini oshirish, dars jarayonida kam kuch sarflab, ko`proq samaradorlikka erishishga qaratilgan. Biz ham ushbu nazariyani esdan chiqarmagan holda, ilmiy- nazariy adabiyotlardan metodologik manba sifatida foydalanib, belgilangan mavzu yuzasidan interfaol dars ishlanmalar, asar qahramonlariga xolisona baho bеra olish malakalarini rivojlantirish, adib asarlarida ilgari surilgan umumbashariy g`oyalarning tub mohiyatini to`g`ri tahlil qilish usullari ishlab chiqilib, amaliyotda sinovdan o`tkazildi. Tajriba-sinov maydonchasi - Ilmiy tadqiqot ishi Toshkеnt shahar Yakkasaroy tumanidagi 135- sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 5-6- sinflarida tajriba-sinov ishlari olib borildi. Ishning tarkibiy tuzilishi. BMI uch bob, olti fasl, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 84 sahifani tashkil etadi. 9 I bob. Ta'lim bosqichlarida O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodining o‘rganish 1.1.Nasriy asarlarni o‘rganishda badiiy tahlilning o‘rni Badiiy asar tahlili ham badiiy asar ustida ishlash bosqichlarining eng muhimlaridan biridir. Tahlilning maqsadi, vazifasi, tarkibi va o‘ziga xos mazmuni mavjud. Biroq ularni har doim bir xilda bo‘ladi, deb tasavvur qilish to‘g‘ri emas. Har bir ijodkor, har bir asar bilan bog‘liq holda tahlil ham o‘ziga xoslik kasb etadi. Ma’lumki, “amaliyotda badiiy tahlil qanday maqsadga yo‘naltirilganligiga qarab ikki turga: filologik (ilmiy) va didaktik (o‘quv) tahlilga bo‘linadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling