“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov


 
maskanlarida faoliyat olib borayotgan adabiyot o`qituvchilarining bosh maqsadi
sog`lom, etiqodli, axloqan barkamol, komil insonni shakllantirishdan iboratdir. 
Adabiyot darslarida, ma’naviyat tushunchasini o`quvchilar ongiga singdirish, 
ma`naviy komillikka yetaklaydigan asarlarni, hamda shu bilan bir qatorda hayot 
tajribalari orqali o`quvchilarga o`rnak bo`la oladigan, shoir va adiblarimizni hayot 
yo`llarini yoshlarga o`rgatish e`tiborlidir. Shudan kelib chiqqan holda, o`qitishda 
zamonaviylikka ega bo`lgan yangicha dars o`tish usullarini ishlab chiqish, ularni 
amaliyotga tadbiq qilish, lozim va shart hisoblanadi. Bunday holat esa, biz ko`tagan 
mavzuning qanchalik dolzarb ekanligini belgilaydi. 
Tadqiqotning ishlanganlik darajasi: O`zining sermazmun asarlari orqali, 
adabiyot ixlosmandlarini xursand qilib kelayotgan O`tkir Hoshimov hayoti va 
ijodini o`rganishga qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Adibning ijodi talqini, 
asarlaridagi badiiy o`ziga xoslik, romanlarida tasverlangan obrazlarning estetik 
tahlili, amalga oshirilayotgan ishlarni yosh avlodga yetkazish yuzasidan ko`plab 
adabiyotshunoslar, tadqiqotchilar samarali ilmiy izlanishlar olib borganlar. Aynan 
shu masala yuzasidan ko`plab nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari himoya 
qilingan. Bundan tashqari ilmiy va badiiy maqolalar respublika matbuotida 
muntazam tarzda e’lon qilinib kelinmoqda. Yurtimizning adib bilan zamondosh 
adabiyotshunoslari tomonidan, yozuvchi O`tkir Hoshimov hayoti va ijodi haqida 
yaratgan asarlari ham, adabiy va tarbiyaviy jarayonda muhum amaliy manba 
hisoblanadi. Bular sirasiga Ozod Sharafiddinov, Umarali Normatov, Ablug`ofur 
Rasulov va bir qancha ijodkor va munaqqidlarning asarlari hamda metodist olima 
Qunduzoy Husanboyevaning maqolalarini misol qilib keltirishimiz mumkin. 
Yuqorida amalga oshirilgan ishlarda, adib hayoti bilan bog`liq ko`plab lavhalar 
badiiy tarzda o`quvchilar jamoatchiligiga yetkazilgan. Ilmiy tadqiqotlarda esa, 
asarlaridagi obrazlar badiiy va ijtimoiy xususiyatdan kelib chiqqan holda tadbiq 
qilingan. Obrazlarga yuklangan ma`no va mohiyat mohirona ochib berishga harakat 
qilingan. Bu olib borilgan ishlar adib ijodini badiiy qimmatini qay darajada yuqori 
ekanligini belgilaydi. 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling