“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
B. To‘xliev .Adabiyot o’qitish metodikasi. A.Navoiy nomidagi O’zMK. nashriyoti, T.:2010, 69- b
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
11
B. To‘xliev .Adabiyot o’qitish metodikasi. A.Navoiy nomidagi O’zMK. nashriyoti, T.:2010, 69- b. 12 M.Mirqosimova. O’quvchilarda adabiy tahlil malaasini shakllantirish va takomillashtirish usullari. -T.: “Fan”, 2006, 57- b. 15 odamlarga, el-yurtga, ezgu maqsad va tilaklarga sog‘lom munosabatini tarkib toptirishga yo‘nalsagina samarali yakunlanadi” 13 . Epik turga mansub asarlar tahlilida hajm masalasi birlamchi o‘rin tutadi. Chunki bu turdagi asarlar janriy talabiga qarab ularning hajm salmog‘i ham ortib boradi. Masalan, qissa hajman hikoyadan katta bo‘lsa, roman hajmi qissadan bir necha barobar ortiq. Epopeyalar esa yanayam hajmdor, demak, voqealar ko‘lami ham kengayib boraveradi. Shu bois adabiy ta’limda bunday asarlar tahlili o‘ziga xos murakkab jarayon sanaladi. Bu o‘z navbatida tahlilning birinchi bosqichi bo‘lgan asarni o‘qish-o‘zlashtirish jarayoniga ham ta’sir ko‘rsatadi. Epik asarlarning hajm salmog‘i o‘quv tahlilida vaqt degan qat’iy me’yor bilan har doim ham murosa qila olmasligini e’tiborda tutish muhim. Chunki, hikoya yoki hikoyatni bir dars davomida o‘qib chiqishga vaqt yetishi mumkin, ammo qissa yoki romanlarda bunday imkoniyat yo‘qqa chiqadi. Yirik hajmdagi asarlarni o‘qib-o‘zlashtirish uchun “yirik vaqt” ham talab qilinishini unutmaslik lozim. Shu boisdan o‘qituvchi adabiyot dasturida tahlil qilinishi, jiddiy o‘rganilishi ko‘zda tutilgan yirik asarlarni o‘qib, ularning mazmuni bilan tanishishni “o‘quvchilarga o‘quv yili boshidayoq” vazifa sifatida topshirib qo‘yishi shart. Bunda qaysi asarni qaysi vaqtgacha o‘qib bo‘lish lozimligi ham uqtiriladi. Yoki o‘quvchilar asarlarni o‘qib, uni o‘rganishgacha bo‘lgan vaqtga qadar unutib qo‘ymasligi, tahlil jarayonida chalkashib ketmasligi uchun har oy avvalida shu oyda o‘rganiladigan asarni to‘la o‘qib chiqishni vazifa qilib berishi mumkin. Ana shunda dars jarayonida to‘g‘ridan to‘g‘ri tahlilning ikkinchi bosqichiga o‘tib, bevosita badiiy matn ustida ishlash mumkin bo‘ladi. Chunki o‘quvchilar o‘rganilayotgan asar matni bilan, uning syujeti va kompozitsiyasi bilan bir qadar tanish. Ya’ni tahlilning birinchi bosqichi amalga oshirilgan – adabiy asar o‘qib-o‘zlashtirilgan. Shuni e’tiborga olgan holda “katta hajmli epik asarlarni tahlil qilishda vaqtdan samarali foydalanish uchun adabiyot o‘qituvchisi badiiy asardagi muhim jihatlarni, pedagogik maqsadga ko‘proq xizmat qilishi mumkin bo‘lgan qirralarni estetik tahlil uchun unchalar ham ahamiyatli Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling