“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


A.Rasulov. Tanqid, talqin, baholash. -T.: “Fan”, 2006, 16-b


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

9
A.Rasulov. Tanqid, talqin, baholash. -T.: “Fan”, 2006, 16-b. 


13 
 
Badiiy adabiyot o‘zining tur va janr imkoniyatlari bilan shu qadar rang-
baranglik kasb etadiki, uning qa’riga qanchalik chuqur sho‘ng‘isang, shunchalik 
ko‘p ma’no-mohiyat durlarini qo‘lga kiritasan. Adabiy matn turlari yoki janr 
xususiyatlari o‘zgarib borgan sayin ta’limiy tahlil tamoyillarining talablari hamisha 
o‘zgarmasligini, bunda faqat tahlil usullari yoki munosabat ayricha tus olishi 
mumkinligini unutmaslik lozim. Masalan, o‘quv tahlilining yaxlitlik, tizimlilik
emotsionallik, individuallik, tarixiylik, mazmundan shakl sari borish, mukammal va 
tugal tahlilning bo‘lmasligi, pedagogik maqsadning ustuvorligi singari barcha 
tamoyillari lirik asarlar tahlili uchun ham, epik va dramatik asarlarni o‘rganish 
uchun ham qat’iy talab bo‘lib qolaveradi. Bunda faqat asarning tur va janr 
xususiyatiga qarab talqiniy yondashuv o‘zgacha bo‘lishi, tahlil usullari o‘zgarishi, 
o‘ziga xos metodlarni talab qilishi mumkin. Bu borada mohir metodist olima 
M.A.Ribnikova shunday deydi: “Metodik usullarni asar tabiati taqozo qiladi... 
Balladani reja asosida tahlil qilish mumkin, biroq lirik she’rni rejalashtirish 
maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Kichkina hikoya to‘liq hajmda o‘qiladi va tahlil 
qilinadi. Romandan alohida, yetakchi boblarni ajratib olamiz, ulardan birini sinfda, 
boshqasini uyda, uchinchisini sinchiklab tahlil qilamiz va matnga yaqin holda qayta 
hikoyalaymiz, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchilarini tezroq tahlil qilib qisqacha hikoya 
qilamiz, yettinchi va sakkizinchi boblarning parchalari alohida o‘quvchilarning 
badiiy o‘qishlari shaklida beriladi, epilogni sinfga o‘qituvchining o‘zi aytib beradi. 
Topishmoqlarning javobi topiladi va yod olinadi, maqollar izohlanadi hamda 
hayotiy misollar bilan dalillanadi, masal esa unda ko‘zda tutilgan xulosa nazarda 
tutilgan holda tahlil qilinadi”
10
. Ko‘rinadiki, asar tahlilida uning tur va janr 
xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Badiiy matn tahlilida uning tur 
va janriga xos jihatlarni e’tiborga olib o‘rganish, shu asarning o‘ziga xos 
takrorlanmas badiiy-estetik mohiyatini to‘la anglashga imkon beradi, hissiy 
ta’sirchanlikni oshirishga turtki bo‘ladi. Zero, “Adabiy asarning badiiy-estetik 
mohiyati uning kompozitsiyasini, ya’ni undagi turli tuman qahramonlar, bir-biriga 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling