“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

12 
 
ham yuzaga kelishi mumkin. Adabiy ta’limda badiiy asar tahlilini bosqichma 
bosqich, to‘laligicha amalga oshirishning imkoni bo‘lmasada, unda o‘quvchilarni 
badiiy-estetik tafakkur qonuniyatlari, ijodkorning o‘ziga xos uslubini namoyon 
qiluvchi tasvir ifodalari, asarning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati xususidagi bir qadar 
ma’lumotlar bilan tanishtirish, har bir asarga alohida estetik hodisa sifatida 
munosabatda bo‘lish malakalarini shakllantirish va mustahkamlash, shu asosda esa 
o‘quvchilar ma’naviy olamini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish uchun qulay 
pedagogik imkoniyatlar mavjud. Bunday samarali faoliyat esa adabiyot 
o‘qituvchisining bilimdonligi, zukkoligi, bugungi zamonaviy texnologiyalardan 
unumli foydalana olishi, metodik tajribasi bilan chambarchas bog‘liq. 
Badiiy asar qaysi tur va janrga mansubligidan qat’i nazar, uning mohiyatida 
inson shaxsini kamol toptirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish, odamiylik 
sifatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgangan bir qator didaktik xususiyatlar, estetik 
tamoyillar mujassamlashgan bo‘ladi. “Badiiy asarning eng muhim xususiyati 
shundaki, u inson qalbini mayinlashtiradi, tuyg‘ularini o‘tkirlashtiradi, ma’naviy-
ruhiy barkamollikni tarbiyalaydi”.
9
Shunga ko‘ra, badiiy asar tahlili o‘quvchi ma’naviyatini boyituvchi, uning 
nafosat 
olamini, 
his-tuyg‘ularini 
tarbiyalovchi, ruhiy-axloqiy kamolotini 
ta’minlovchi mustahkam omillardan biri hisoblanadi. 
O‘quv tahlili tamoyillari talabini to‘la qonli bajarishda tahlilga tortilayotgan 
asarlarning tur va janr xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday tahlil 
avvalida o‘rganilayotgan badiiy matnning adabiy tur xususiyatlari, janr 
imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Shunga ko‘ra lirik asarlarni o‘rganishda qo‘llanilgan 
usullarni aynan qo‘llab, epik yoki dramatik asarlarni tahlilga tortishning iloji yo‘q. 
Har bir tur o‘z estetik mohiyati, badiiy qonuniyatlariga ko‘ra tahlil usullari va 
tamoyillariga tayangan o‘zgacha yondashuvlar, o‘ziga xos munosabatni talab qiladi. 
Asarning badiiy tabiatida tur xususiyatlari muhim o‘rin tutar ekan, demak, tahlilda 
ham ana shu o‘ziga xoslik qat’iy saqlanadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling