“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
M.Mirqosimova. O’uvchilarda adabiy tahlil malaasini shakllantirish va takomillashtirish usullari. -T.: “Fan”, 2006, 58- b
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
13
M.Mirqosimova. O’uvchilarda adabiy tahlil malaasini shakllantirish va takomillashtirish usullari. -T.: “Fan”, 2006, 58- b. 16 bo‘lmagan nomuhim jihatlardan to‘g‘ri farqlay bilishi talab etiladi. O‘qituvchi unga yondashish yo‘li va usulini to‘g‘ri belgilay olishi lozim” 14 . Shu o‘rinda qayd etish joizki, adabiy asar tahlilini uning mazmunini so‘zlab berish, faqatgina asosiy qahramonlar xarakteriga (ijobiy yoki salbiyga ajratib) tavsif berishdek pedagogik maqsadga muvofiq kelmaydigan faoliyat bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Agar o‘qituvchi asosiy e’tiborini asarning mazmuniga qaratsa, “yozuvchi bunday demoqchi” deya g‘oyaviy talqinga yo‘l bersa, adabiy ta’limning chegaralangan, qimmatli vaqtini asar mazmunini so‘zlab berishga sarflasa, bunday faoliyat o‘quv tahlili talablari rad etilgan, tahlil tamoyillariga loqayd munosabatda bo‘lingan maqsadsiz va samarasiz faoliyat tusini oladi. Bu esa adabiy ta’lim me’yorlariga zid jarayondir. Shu boisdan, xususan, yuqori sinflarda va akademik litsey, kasb-hunar ta’limi bosqichlarida epik asarlarni tahlilga tortayotganda asosiy e’tiborni asar badiiyatini tayin etgan, yozuvchi mahoratini, o‘ziga xos uslubini namoyon qilgan jihatlar (obrazlar, badiiy detallar, kompozitsion unsurlar, tasviriy ifodalar, til jozibasi kabilar)ga, emotsional xususiyatlari bo‘rtib ko‘rinadigan o‘rinlarga qaratish ta’limiy tahlilni ilmiy darajada amalga oshirishga turtki bo‘ladi, pedagogik maqsadni muvaffaqiyat sari yo‘naltiradi. O‘qituvchining bayoni asarni o‘qiganchalik estetik zavq uyg‘otishga qodir emas. Bayon hikoyaning o‘rnini egallashi uchun esa uni boshidan oxirigacha yod olish va yoddan aytish zarur bo‘ladi. Ifodali o‘qish metodini qo‘llash orqali o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish va ularni kamol toptirishning talay muhim vazifalarini samarali hal etish uchun keng imkoniyatlar tug‘iladi. O‘qituvchining asar tahliliga yo‘l ochib beradigan ifodali o‘qishi, uning mazmunini o‘zlashtirish sari yo‘l ochadigan “kalit”dir. Badiiy nutqdagina uni tashkil etuvchi so‘zlarning ma’nolarini, mantiqiy munosabatlarini ohang orqali uqib olish, badiiy nutqning jonli va jo‘shqin so‘zdagina to‘liqroq namoyon bo‘luvchi emotsional-ifodali tomonlarini idrok etish mumkin. Ifodali o‘qishning ta’siri tezda bilinadi: buni o‘quvchilarning ko‘zlari aytib turadi. Lekin Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling