“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
o,hoshimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Umumtalim maktablarida O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodining o‘rganish
18
dostonlari, Boburning “Boburnoma”si, Xoja hikoyatlari kabi) imkon qadar keng o‘rganish ko‘zda tutiladi. Ayniqsa, akademik litseylarning 3- bosqichida XX asr adabiyotining zabardast allomalari qalamiga mansub bir qator sara romanlarni, epopeyalarni o‘qib-o‘zlashtirish, ularning badiiy-estetik mohiyatini tayin etgan omillarni tahlilga tortish, ma’naviy-ma’rifiy qimmatini o‘rganish tavsiya qilingan. Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, Qodiriyning “Mehrobdan chayon”, Oybekning “Navoiy”, A.Qahhorning “Sarob”, Odil Yoqubovning “Diyonat”, “Ulug‘bek xazinasi” romanlari, S.Ahmadning “Ufq” trilogiyasi shular jumlasidan bo‘lib, tahlil uchun tavsiya qilingan mazmun-mohiyati teran, badiiy qiyofasi ko‘rkam bu adabiy asarlarni tahliliy asosda o‘qib-o‘rganish talabalarning intellektual salohiyatini oshirishga, badiiy tafakkurini o‘stirishga munosib hissa qo‘shadi. SHuningdek, bu bosqichda o‘zbek nasrini turli janrdagi asarlari bilan ham son, ham sifat jihatdan boyitgan A.Qahhor, A.Muxtor, O.Yoqubov va P.Qodirovlarning hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganish jarayonida ularning nafaqat romanlari, balki boshqa bir qator hikoya va qissalarini ham qisman bo‘lsa-da o‘rganishga ahamiyat qaratilganligini alohida ta’kidlash joiz. Badiiy asarlar tanlovidagi bunday yondashuv o‘quvchilarga har bir ijodkorning individual ifoda uslubi, badiiy-estetik tafakkuri, yozuvchilik mahorati xususida ham mukammal ma’lumotlar berishni, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Zero, adabiyot - ma’naviyat ko‘zgusi, inson qalbini, ruhiy olamini kashf qiluvchi va o‘z navbatida ana shu qalb go‘zalligini, ruh pokligini tarbiyalovchi so‘z san’ati ekan, bu borada uning imkoniyat ko‘lami cheksiz bo‘lishi tabiiy. 1.2. Umumta'lim maktablarida O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodining o‘rganish O‘zbek adabiyotini darslarida o‘quvchining kitobxonlik darajasi, o‘qilgan asarni tushunishning chuqurligi aniqlanadi. O‘zbekcha nutqning rivojlanish darajasi belgilanadi. O‘zbek adabiyoti darslarida adabiy asarlarni o‘rganishdan maqsad o‘zbekning ruhiyatini anglatish orqali o‘quvchining ma’naviy dunyosini boyitishdan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling