31
ijodiga bag`ishlangan dars jarayonini
tashkil qilishda quyidagi
maqsadlarni bajarishni oldimizga maqsad qilib belgiladik.
T
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga o`zbek adabiyotining taniqli namoyondasi
O`tkir Hoshimov hayoti va ijodi haqida bilimlarni berish. Adibning o`zbek
adabiyoti xazinasiga qo`shgan hissasi haqida ma`lumot berish. O`quvchi ongida
yozuvchi shaxsiyatini shakllantirib, asarlarida
ilgari surilgan umumbashari
g`oyalarga ularni oshno qilish.
Tarbiyaviy maqsad: Mavzu mohiyati bilan o`quvchilarni tanishtirish
jarayonida, yozuvchining bolalik yillari o`tgan davr, urish daxshatlari,
zamon
qiyinchiliklari haqida adibning o`z hayoti haqidagi fikrlarini keltirib, ushbu
xotiralarni bugungi kun bilan solishtirish. Yozuvchi
yashagan davr va bugungi
kunda kundan-kunga chiroy ochib borayotgan istiqbolli kunlarni taqqoslash orqali,
bolalarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Bundan tashqari asarlaridagi
tasverlar, qahramonlar holatini to`g`ri tahlil qilib, ularning
qalb kechinmalarini
o`quvchi guvohligida sharxlash orqali, bola qalbida ona mehri,
vatanga sadoqat,
ona tabiatga muhabbat kabi tuyg`ularni shakllantirib, har tamonlama yetuk komil
insonni tarbiyalash.
Darsdan
nazarda tutilgan
maqsad
Ta`limiy
maqsad
Tarbiyaviy
maqsad
Rivojlantiruvchi
maqsad
32
Rivojlantiruvchi maqsad: mavzuni o`quvchilarga yetkazish moboynida,
o`quvchi faolligini birinchi darajaga ko`tarib, asarlar tahlilida,
ularni asardagi
voqea-hodisalarga munosabat bildirishga undab, o`quvchilarni mustaqil fikrlash
qobiliyatini
rivojlantirish.Mavzudan
nazarda
tutilgan
maqsadlarni,
dars
bosqichlarining ketma- ketligi
asosida amalga oshirilishi, darsni talab darajasida
shakllanishini taminlaydi. Dars bosqichlarining ketma-ketligini quyidagicha
sxemalashtirib olamiz.
Yuqoridagi jadval asosida: Tashkiliy qism orqali o`quvchilar
bilan
salomlashib, ularning davomadini aniqlagandan so`ng, o`quvchilar diqqatini dars
jarayoniga jalb qilish uchun, kundalik, yurtimiz
hayotida yuz berayotgan
yangiliklar haqida suhbatlashib dars jarayoniga bog`lash.
Yangi mavzu bayoni
O`tgan mavzuning yakuni
O`tgan mavzuni so`rash
Tashkiliy qism
Darsning umumiy ko`rinishi. Dars bosqichlari ketma-ketligi
Yangi mavzuni mustahkamlash
Uyga vazifa
Yangi mavzuni yakuni