“Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/58
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544133
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
o,hoshimov

33 
 
Yangi mavzu bayoni: Otkir Hoshimov hayoti va ijodi hali o`quvchilarga 
notanish mavzu ekanligini hisobga olgan holda, sinf taxtasiga mavzu yozilgach, 
o`quvchilarga adibning hayot yo`li haqida ma`lumot beriladi. Bu jarayonda darsni 
adibning o`zi haqida yozgan xotiralaridan foydalanib boshlash, o`quvchini yangi 
darsni tez va oson o`zlashtirib olishini taminlaydi. Masalan: yozuvchi o`zi 
to`g`ilgan yillar bilan bog`liq voqealarni quyidagicha xotirlaydi: “Oyim bir gapni 
ko`p aytardi: Sen tug`ilganingda qiyomat qoyim bo`lgan edi. Lagerdagi o`ris 
xotinlar urush boshlanibdi deb yig`lagan, men ammamning buzog`i, hayron 
bo`lgandim. Urush allaqayoqda bo`layotibdi-yu, bular nega dod solidi degandim. 
Keyin aqlim yetdi…”
19
bu adib hayotiga tegishli bo`lgan tarjimayi holdan ko`rinib 
turibdiki, uning bolalik yillari ayni urush yillariga to`g`ri kelgan. Yozuvchining 
tug`ilib o`sgan joyi, ota-onasi haqida gap ketganda, adib “Mashaqqatli safar” 
tarjimayi holida otasi va onasi haqida shunday yozadi: “Otam eskicha alifbodagi 
kitoblarni ham, zamonaviy gazitalarni ham muttasil o`qib borar, kamgap, hiyla 
tajang, ammo nihoyatda haqparast odam edi… Onam- Hoshimova Hakima esa, 
otamning aksicha, nihoyatda yuvosh, juda mehribon edi. Qo`shnining mushugi 
tug`sa ham joni achigandir deb achinar, ko`chada biror bola yig`lab o`tirgan bo`lsa, 
albatta, tepasiga borib boshini silar, biror sabab bilan biz bolalarni qarg`asa, o`zi 
ham qo`shilib yig`lab yuborar, o`sha zahoti ko`nglimizni olishga harakat qilardi… 
onam ikki gapning birida maqol ishlatmasa turolmas, o`ta sodda, o`ta yuvosh 
bo`lgani bilan ertaklarni, afsonalarni koni edi…” 
20
adibning tarjimayi holini 
bolalarga so`zlab berish, yaxshi tarbiyaviy samara beradi va yozuvchini ularga 
qalban yaqinlashtirishga xizmat qiladi. O`tkir Hoshimov ijodini o`quvchilarga 
so`zlab berish jarayonida, darslikda keltirilganidik yozuvchining ijodiy faoliyati 
5-sinfadan boshlanganiga kuchliroq etibor qaratish darkor. Chunki, adib ijodini 
ayni o`quvchilar yoshida boshlaganini eslatish, o`quvchilar orasida badiiy ijodga 
moyili bor bolalarga ijobiy ta`sir etadi.5-sinf o‘quvchilari uchun dars jarayonini 
tashkil qilishda yozuvchi hayoti haqida, fikr yuritish bilan bir vaqtda, slaydlar 
19
Adabiyot. O`qituvchilar uchun uslubiy qo`llanma. 6-sinf.T.; Ma`naviyat. 71-bet
20
O`. Hoshimov. Notanish orol. T.; Yosh gvardiya, 1990-y, 6-7-b 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling