“Himoyaga tavsiya etilsin” Pedagogika fakulteti dekani
Oddiy ikki qismli shakl turlari
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reprizasiz oddiy ikki qismli shakl
- Oddiy ikki qismli shaklning yaratilishi va qо„llanilishi.
2. Oddiy ikki qismli shakl turlari
Oddiy ikki qismli shaklga nisbatan kо‗proq xos bо‗lgan tuzilish A +A1xarfiy formula orqali ifodalanishi mumkin. Bu formula ikkinchi qismdagi musiqiy fikr rivoji birinchi qismning mavzuviy elementlaridan foydalangan holda amalga oshirilishini (birinchi qism ikkinchi jumlasining notama-nota yoki о‗zgartirib takrorlanishi) nazarda tutadi.Bunday shakl repriza bilan kelgan oddiy ikki qismli shakl deb ataladi. Uning sxemasi quyidagicha: Oddiy ikki qismli shaklning boshqa bir turi reprizasiz oddiy ikki qismli shakldir.Unda ikkinchi qism yangi mavzu materiali asosida tuziladi va kontrast kiritadigan yoki yaqqol ajralib turadigan xususiyatga ega. Uning sxemasi quyidagi kо‗rinishda: Reprizasiz oddiy ikki qismli shakl asosan vokal asarlarda uchraydi va naqoratli qо‗shiqlarda namoyon bо‗ladi. Ular orasida shunday misollar uchraydiki, bunda ikkinchi qism musiqasining xususiyati birinchisidan shu qadar farq qiladiki, A va B qismlari orasidagi farq kontrast (ziddiyat) darajasiga yetadi. Oddiy ikki qismli shaklning yaratilishi va qо„llanilishi. Oddiy ikki qismli shaklning yaratilishi va rivojlanishi birinchi navbatda maishiy raqslar va albatta turli qо‗shiq janrlar tarixiga bog‗liq. XVII asrning kо‗pgina raqslari (allemanda, kuranta, menuet, gavot)oddiy ikki qismli A +A1 toifadagi qadimiy ikki qismli shaklda yaratilgan, bunda ikkinchi qism birinchisiga nisbatan ikki yoki uch marotaba uzoqroq davom etiladi (I.S.Bax syuitalarining raqsi). XVIII asrda oddiy ikki qismli shakl lendler raqsi uchun , XIX asrda esa turkumli valslar uchun xos edi. Shubert, Shuman, Glinka, Dargomijskiy, Varelas, Mushel, Yudakovlarning qо‗shiq va romanslarida, mustaqil pyesalar kо‗rinishidagi oddiy ikki qismli shakllarga turli xil misollar mavjud.Oddiy ikki qismli shakl nisbatan murakkab musiqiy shakllarning tarkibiy 3. Rivojlantirilgan ikki qismli shakl. Rivojlantirilgan ikki qismli shakl deb kо‗lami va rivojlanishining murakkabligi bilan oddiy ikki qismli shakldan kengayib ketgan shaklga aytamiladi. Rivojlantirilgan ikki qismli shaklning eng farqli xususiyati shundaki, uning har bir qismi oddiy tuzilma emas, (davriya va jumla), balki yana ham kengrrivojlanishga ega. Ayrim hollarda murakkab ikki qismli shaklga yaqqol ifodalangan davriy tuzilishiga ega bо‗lgan, yetarli darajada murakkab asarlar kiritilishi mumkin. Ba‘zida birinchi qismning oddiyligi saqlanishi bilan birga, ikkinchi qismdagi keng rivojlanish tufayli butun shakl rivojlantirilgan ikki qismli shakl xarakteriga ega bо‗ladi.Shunday qilib, oddiy va rivojlantirilgan ikki qismli shakllar о‗rtasidagi farq nisbiydir, ammo о‗zining benihoya ifodasida yetarli darajada aniq, negaki, oddiy ikki qismli shakl nihoyatda lо‗nda bо‗ladi, rivojlantirilgan ikki qismli shakl esa ba‘zan ancha keng kо‗lamga erishadi.qismi sifatida Motsart va Betxoven sonatalari о‗rtaliq qismida, shuningdek, hubert, Shuman, Glinka, Chaykovskiylaring cholg‗u pyesa va romanslarida chraydi. Variatsiya shaklining mavzusi oddiy ikki qismli shaklida bayon etilishi ,ayniqsa, odatiy xoldir. Qismlarning rivojlanishi strukturaviy (tuzilish ) jihatdan ham bо‗ladi. Bunda har bir asosiy bо‗lim aniq ifodalangan davriya va ikki yoki uch qismli tuzilmalarniо‗z ichiga oladi.Bunday shaklni murakkab yoki aniqrog‗i, tarkibiy shakl deyish mumkin. Biroq, qismlarning rivojlanishi nostrukturaviy, nodavriy, nisbatan erkin ham bо‗lishi uchrab turadi (bu qadimiy rivojlantirilgan ikki qismli shakllar uchun, ayniqsa, Bax prelyudiyalari uchun xosdir). Shunday qilib, rivojlantirilgan ikki qismli shaklning ikki xilini, ya‘ni strukturaviy va nostrukturaviy (erkin) rivojlanishdagi shakllarni ajrata bilish kerak. Asosiy qismlarning ajratilishi, ayniqsa, birinchi qismning takrorlash belgilari bilan qaytarilishida ta‘kidlanadi. Shu bilan birga, kо‗pincha ikkinchi qism ham takrorlanadi. Birinchi qism takrorlanmagan hollarda, uning oxiri rivojlanishning vaqtinchalik yakuni bilan aniqlanadi. Uning belgilari: aniq ifodalangan kadensiyalash, sezura yoki harakatning tо‗liq tо‗xtatilishidir. Qismlarining chegaralari aniq bо‗lmagan muttasilroq rivojlanish ham uchraydi. Biroq ikki qismli shakl haqida faqatgina rivojlanishdagi birinchi bosqichyakuni aniq namoyon bо‗lib, keyin yangi ikkinchi bosqich boshlanishi kuzatilgandagina aytish mumkin. Rivojlantirilgan ikki qismli shakl turlari undagi ikkinchi qism mazmuni orqali aniqlanadi. Odatda unda birinchi qism mavzu materialining keyingi rivojlanishini kuzatish mumkin — A+A. Ba‘zida ikkinchi qismdagi rivojlov birinchi qism rivojiga nihoyatda о‗xshash bо‗ladi. Aynan shu fakturada, modulyatsion rejada ayrim о‗zgarishlarga ega bо‗lgan birinchi qismning takrorisifatida kо‗rish mumkin. Lekin, kо‗p hollarda ikkinchi qism rivojlanishiga sezilarli о‗zgartirishlar kiritiladi. Ayniqsa, klassik uslubgacha bо‗lgan davr musiqasi uchun xos bо‗lgan reprizasiz ikki qismli shaklda ikkinchi qism yangi mavzudan, ba‘zida oldingi materialning sezilarli darajada о‗zgartiriligan (kо‗pincha rivojlov)rivojidan boshlanib, shaklning oxirida esa boshlang‗ich rivojga о‗xshaganligi bilan Reprizali ikki qismli shakl — ikkinchi qism birinchi qism reprizasining takrorlanish (kо‗pincha kulminatsiyada) bilan boshlanishi orqali tavsiflanadi va keyin biroz boshqacha usulda murakkablashadi. Bunday shaklni Baxning ijodida,shuningdek, yangi, о‗ziga xos jihatlar aks etgan romantiklar asarlarida kо‗rish mumkin. Kamdan-kam holatda, istisno tariqasida, rivojlantirilgan ikki qismli shaklning boshqa turi — ikkinchi qismda ba‘zida keskin kontrast (ziddiyat) hosil qiluvchi, yangi mavzuviy materialni bayon etadigan shakl uchraydi: xarakterlanadi. A+B Shunday qilib, rivojlantirilgan ikki qismli shaklning ikkita asosiy turini farqlay bilish lozim: 1) A + A (reprizasiz yoki reprizali), 2) A + B (kontrastli). 4.Qadimiy rivojlantirilgan ikki qismli shakl.Klassik uslubgacha bо‗lgan davr musiqa uslubi cholg‗u musiqasidamurakkab ikki qismli shakl oddiy ikki va bir qismli shakllar bilan bir qatorda keng qо‗llaniladigan bо‗ldi.Bax va uning zamondoshlari turkum asarlarining (syuita, partita, sonata) ayrim qismlari, shuningdek, fugalardan oldin ijro etiladigan prelyudiyalar odatdarivojlantirilgan bir qismli yoki ikki qismli shakllarda yaratilgan. Masalan,‖Yaxshi temperatsiyalangan klavir‖da prelyudiyalar qatori tipik reprizasiz ikki qismli shaklda yozilgan (birinchi jildda №24, ikkkinchi jildda № 2, 8, 9, 10, 15, 20, 21). Ularning ayrimlarida qismlar bо‗linishi takrorlanish bilan ifodalangan. Qadimiy ikki qismli shaklning modulyatsion rejasi klassik sonata shaklidagi mavzuviy rivojlanishning modulyatsion rejasiga asos solgan omil hisoblanadi.Birinchi qismning oxiri yoki о‗rtasida modulyatssion rivoj yaqin \tonalliklardan biriga — dominanta tonalligi yoxud parallel majorga tomon harakatlanadi. Tonal muvozanat ikkinchi qismning о‗rtasida asosiy tonallikka sekin-astalik bilan qaytib kelishi orqali qayta tiklanadi va uning yakunida mustahkamlanadi. Asosiy tonallikka bunday qaytish reprizani hosil qilmaydi va ikki qismli shaklni uch qismli shaklga aylantirmaydi, sababi, repriza —eng avvalo, dastlabki mavzuviy materialning ekspozitsion bayoni holatiga qaytishni nazarda tutadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling