“Himoyaga tavsiya etilsin” Pedagogika fakulteti dekani


Oddiy ikki qismli shakl, murakkab ikki qismli


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana25.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1120186
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Oddiy ikki qismli shakl, murakkab ikki qismli 
shakl, qadimsonata shakli 
1. Umumiy tavsif. 


Oddiy ikki qismli shakl deb, har ikkisi ham tuzilishiga kо‗ra 
oddiy bо‗lgan ikki qismdan tashkil topgan shaklga aytiladi. 
Musiqaning asosiy fikr-mavzusini bayon etadigan birinchi qism 
ma‘lum bir davriyani taqazo etadi. Ikkinchi qism davriyadan
murakkab bо‗lmagan tuzilishni talab etadi. Unda musiqiy
fikrning keyingi rivojlanishi va yakunlanishi sodir 
bо‗ladi.Ikki qismli shaklning har bir qismi takrorlanishi
mumkin. Raqsona pyesalarda takrorlanadigan qism band 
(koleno) deb ataladi. 
Oddiy ikki qismli shakl tarkibiy qismlari qо‗shilib ketgan 
yoki ajralib turgan tuzilishga ega bо‗ladi. Shaklning qо‗shilib
ketganlik yoxud ajralib turganlik darajasi birinchi va ikkinchi
qismlar orasidagi metrik chegaraning yaqqolligi, sezuraning
aniqligi, birinchi davriyaga yakun soladigan kadensiyasining 
xarakteriga bog‗liq. Shaklning bо‗linganligi har bir qismning 
takrorlanishi bilan ta‘kidlanadi. Bо‗linganlik raqs xarakteriga
ega musiqada ayniqsa, kо‗proq uchraydi. Qо‗shib yozilgan
shakl sekin harakatli lirik pyesalar uchun xosdir, u odatda 
qismlar orasidagi kuy yoki fakturaviy о‗tishlar, ikkinchi 
qismdan oldingi dominantali kadensiya orqali amalga 
oshiriladi.Ikki qismli shaklda birinchi davriya yorqinlik
baxsh etib, esda qolarli mavzu va ekspozitsiyaviy
xususiyatga ega. U bir tonalli yohud parallel yoki 


dominantali tonallikka modulatsiya qilgan davriya bо‗lishi
mumkin. Bu davriya kvadrat yoki nokvadrat tuzilishga ega. 
Ikkinchi davriya albatta asosiy tonallikda tugaydi. Tonallik
jihatidan yopiqlik oddiy ikki qismli shaklning tugallanganligi
va mustaqilligini kо‗rsatib beruvchi asosiy belgi bо‗lib 
hisoblanadi.Oddiy ikki qismli shaklda yozilgan vokal pyesalarda 
muqaddima (kirish) va xotima (yakun) qismlari mavjud, ular u
qadar katta bо‗lmay, takrorlanish xususiyatiga ega. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling