“Himoyaga tavsiya etilsin” Pedagogika fakulteti dekani


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana25.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1120186
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
5. Qadimiy sonata shakli. Rivojlantirilgan ikki qismli shakl
D.Skarlatti ijodida keng va turlicha qо‗llanilgan. Uning shu
shaklda yozilgan ―sonatalari‖ ularda ba‘zan chinakam
―sonatalilik‖ jihatlari yetarli darajada aniq namoyon bо‗lishi bilan 
alohida qiziqish uyg‗otadi. 


Eng avvalo, birinchi qismda ikkinchi tonallikning (dominanta 
yoki parallel ham (qism yakunida), bu esa butun ekspozitsiyaga 
tonal beqarorlikni bag‗ishlaydi. 
Sonatalilik ekspozitsiyada mustaqil mazmun-mohiyatni kasb 
etgan ikkinchi bо‗limning paydo bо‗lishi va uning yangi 
tonallikka asoslanishi shakllagandagina vujudga keladi. Bu
yerda endi bosh partiyaga tonal jihatdangina qarama-qarshi
qо‗yilgan yordamchi partiyani kо‗rish mumkin. 
Ikkinchi qismning ustunligidagi ikki qismli shaklning
bunday tuzilishi butun ekspozitsiyaga alohida jо‗shqinlik
baxsh etadi, bu esa yordamchi partiya mavzusining asosiy
tonallikdagi bayoniga qaytish yо‗li orqali buzilgan
muvozanatni tiklash lozimligini talab etadi. Xuddi shu narsa
shaklning ikkinchi qismida yuz beradi. Yordamchi partiyaning
reprizasi ekspozitsiyaning birinchi mavzu materiali
о‗zgartirilgan, qayta ishlangan holda (asosiy tonallikda emas,
rivojlov qism elementlari bilan) bayon etilganidan sо‗ng ijro 
etiladi. 
Ikkinchi qismda bosh partiya uning qayta ishlangan mayzui
bilan almashtirilishi, yordamchi partiya esa asosiy tonallikda
qaytarilishi bilan kechadigan ikki qismli shakl qadim sonata 
shakli deb ataladi.D.Skarlattining ijodida birinchi qismi hali
tobe bо‗limlarga (partiyalarga) bо‗linmagan qadim 


reprizasizikki qismli shakldan bunday shaklning yaratilishini 
kuzatish mumkin. 
Uning umumiy tonal rejasi ilgarigi holatida qoladi: birinchi 
qismda T dan D ga tomon bо‗lgan harakat ikkinchi qismda sekin-
asta D dan T ga qayta boshlaydi. Yordamchi partiyaning mavzu
materiali bosh partiya mavzudan farq qilsagina bunday tuzilish 
aniqroq namoyon bо‗ladi. 
Nazorat savollari 
1. Oddiy ikki qismli shakl nima? 
2. Oddiy ikki qismli shaklning tuzilishi qanday? 
3. Bо‗linish va qо‗shilish qayerda uchraydi? 
4. Oddiy ikki qismli shaklning qanday turlarini bilasiz? 
5. A + B formulasi haqida nimani bilasiz? 
6. Reprizali ikki qismli shakl nima degani? 
7. Oddiy ikki qismli shaklning yaratilishi va qо‗llanilishi
haqida nimanibilasiz? 
8. Rivojlantirilgan ikki qismli shakl haqida sizga nimalar 
ma‘lum? 
9. Qadimiy ikki qismli shakl haqida nimani bilasiz? 
10. Qadimiy sonata shakli haqida nimani bilasiz? 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling