“Himoyaga tavsiya etilsin”


-dars. ‘‘Olmosh so‘z turkumi va uning tasnifi’’ haqida


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/45
Sana30.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1415771
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Bog'liq
umarova gulmalika ta\'lim bosqichlarida olmosh so\'z turkumining o\'qilishi bmi

 12-dars. ‘‘Olmosh so‘z turkumi va uning tasnifi’’ haqida 
Ushbu darsda olmosh so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot berib o‘tilgan 
ya’ni o‘quvchilarga olmosh o‘zi qanday so‘z turkumi ekanligi tushunturishga 
harakat qilingan. 
Boshqa so‘zlar, shuningdek, so‘z birikmasi va gap o‘rnida almashinib 
qo‘llaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar olmosh 
hisoblanadi. Masalan, Kitobni ko‘p o‘qisangiz, undan ko‘p hikmat topasiz. Istagim 
shuki, doimo tinchlik bo‘lsin. 
Birinchi gapda undan olmoshi kitob so‘zi (ot) o‘rnida, ikkinchi gapda shuki 
olmoshi doimo tinchlik bo 'Isin gapi o‘rnida qo‘llanilgan.
30
Olmoshlarning aniq atash ma’nosi bo‘lmaydi. Uning qaysi ma’noda 
kelayotganligi matnda qaysi so‘z yoki gap o‘rnida almashinib kelishiga qarab 
belgilanadi. 
Olmoshlar ma’nosiga ko‘ra quyidagi yetti guruhga bo‘linishi; 
Olmoshlar turlari 
Kishilik olmoshlari: men, sen, u; biz, siz (sizlar), ular 
O‘zlik olmoshi: o‘z 
30
Bu ma‘lumotlar 7-sinf 12-darsdan olindi. 


42 
Ko‘rsatish olmoshlari: bu, shu, u, o‘sha, ana, mana, mana bu, mana shu, 
manavi, anovi 
So‘roq olmoshlari: kim? nima? qayer? qanaqa? qayda? qaysi? qalay? 
qaneha? neeha? nega? 
Belgilash olmoshlari: hamma, barcha, bari, har bir, har nima, har narsa, har 
qanday, har qaysi 
Bo‘lishsizlik olmoshlari: hech kim, hech narsa, hech qachon, hech qanaqa
hech qaysi 
Gumon olmoshlari: kimdir, nimadir, allakim, allaqanday, qaysidir, allanarsa, 
allaqancha, allaqaysi 
Qoidasi berilganini guvohi bo‘lamiz.Ushbu qoidadan ko‘rinib turibdiki,boshqa 
so‘z turkumlariga qaraganda olmoshni o‘quvchilarga o‘rgatish ancha qiyinroq 
masala hisoblanadi.O‘quvchilarning olmosh bilan ot so‘z turkumini almashtirib 
yuborish holatlari yuzaga kelish ehtimoli ham bor. Bunday vaziyatning oldini olish 
uchun birinchi navbatda o‘quvchilarga olmosh o‘zi qanday so‘z turkumi ekanligi, 
nima uchun ichi bo‘sh so‘zlar deyilishini uqtirsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.13-
darsdan boshlab esa olmoshning har bir turiga alohida ta’rif berib o‘tilganini 
ko‘rishimiz mumkin. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling