Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


(XVIII asr oxiri – 1844- yillar)


Download 2.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/24
Sana15.07.2017
Hajmi2.45 Mb.
#11284
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
(XVIII asr oxiri – 1844- yillar)

Maxmur  Qo‘qonda  ziyoli  oilasida  dunyoga  kelgan.  Uning

otasi Mulla Shermuhammad yaxshigina shoir bo‘lib, Akmal taxallusi

bilan ijod qilgan.

Maxmur shoirning taxallusi. U «mast», «xumor bo‘lgan» degan

ma’noni  anglatadi.  Uning  asl  ismi  Mahmud  bo‘lgan.  Akmal

shoir bo‘lganligi uchun oilada tez-tez ijodiy suhbatlar, kitobxonlik

va she’rxonlik kechalari an’ana tusini olgan edi. Yosh Maxmur

bu suhbatlarda ishtirok etar, ijodkorlarning suhbati, she’rxonliklari

uning ko‘ngliga o‘zgacha zavq va surur bag‘ishlardi.

Ijodiy muhit o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Yosh Maxmur she’r o‘qishga,

she’rni yod olishga alohida rag‘bat bildirardi. Uning o‘zi ham

she’rlar yoza boshlaydi. Shoir ota zehnli farzand tarbiyasi bilan

alohida  shug‘ullanadi.  U  avval  uyda,  keyin  Qo‘qondagi  Mir

madrasasida ta’lim oladi.

Maxmurning uylangani, uchta farzandi bo‘lganligi, Umarxon

saroyida siðohlik qilgani (askar bo‘lgani) haqidagi ma’lumotlar

bor. Shunga qaramay, u ancha kambag‘allikda, nochor yashagan.

Shoirning «Vazir» radifli bir she’ri bor. Unda shunday misralar

mavjud:


Osafo, avqot ilgida ado bo‘ldim, vazir,

Muflis-u qalloshliqdan g‘amzado bo‘ldim vazir.

Uch bolaga non topolmay benavo bo‘ldim vazir,

Dargohingga shoyatulloh deb gado bo‘ldim, vazir.

Misli soyillar kabi sohib nido bo‘ldim vazir.


302

Maxmur olamga shoirona tiyrak nazar tashlaydi. Adib ikki

tilda o‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Shoirning lirik asarlari

ham  anchagina.  Ammo  unga  shuhratni  asosan  hajviy  asarlari

keltirgan.

Uning bizgacha bir qo‘lyozmasi yetib kelgan. Unda 69 ta

asar bor. Bu asarlar janriga ko‘ra muxammas, musaddas, g‘azal,

masnaviy, ruboiy, qit’a va boshqalardan tuzilgan. Ammo ko‘plab

bayoz  va  tazkiralarda  ham  Maxmurning  ijodidan  namunalar

saqlanib qolgan.

Maxmur hajviy shoir sifatida e’tibor topgan. Hajviy asarlari

orasida «Hapalak» she’ri alohida o‘rin tutadi. Hapalak - Maxmur

tug‘ilgan qishloq. Bu haqda akadåmik Aziz Qayumov shunday

yozadi:


«Qo‘qon atrofida uchta qishloq bor. Ularning nomlari Elash,

To‘lash,  Tovush  (Topish)  deb  atalgan.  Ilgari  bu  qishloqlar

boshqacha nomlar bilan atalar ekan. Bir mahal xonning oilasi

shu qishloqlar tomonga qumga tushgani boradi. Shunda xonning

xotinlaridan birining isirg‘asi qumga tushib ketib yo‘qoladi. Xon

uchala qishloqning aholisiga shu isirg‘ani topishni buyuradi. Aks

holda ulardan katta soliq undirib olishni aytadi. Bu qishloqlarning

xalqi qumloqlarga chiqib, isirg‘ani axtara boshlaydilar. Ular butun

qumloqdagi qumlarni birma-bir elab chiqadilar. Bir qishloq aholisi

isirg‘ani topa olmasligiga ishongach, soliqni to‘lashga majbur bo‘ladi.

Shundan so‘ng bu qishloq «To‘lash» deb atalgan. Ikkinchi qishloq

aholisi esa hamon qumlarni elash bilan mashg‘ul edi. Uni topadi.

Shuning uchun bu qishloqni Tovush (Topish) deb ataganlar.

Xonlarning xalq ustidan hukmronligi ularni xohlaganlaricha zulm

iskanjasida tutganlari shundan ham ko‘rinib turadi. Maxmur o‘z

she’rida  tasvirlagan  Hapalak  qishlog‘i  ham  ana  shunday

qishloqlardan biri edi».


303

G‘AZALLAR

Dar sifati qishloqi Hapalak ki ba mahdum

Maxmur taalluq yofta

(Maxmur mahdum aloqador bo‘lgan

Hapalak qishlog‘ining sifati)

Ey jahondori zafar, kavkabayi davri falak,

Go‘sh qil qissayi qishloqi xarobi Hapalak.

Turfa qishloqi g‘azabkarda ki parrandalari,

Tovuqi ignachi-yu, o‘rdag-u g‘ozi kapalak.

Bor-u yo‘q uylarni banda bayon gar qilsam,

Bir katak, ikki kapa, uch olachuq, to‘rt katalak.

Dåma uy, balki zaminkandir agar kirsa kishi,

Har taraf betiga urgaylar aning ko‘rshapalak.

Xalqini ko‘rsang agar o‘lasi-yu, qoq-u xarob,

Ochlikdan egilib qomati misli kamalak.

Ajirig‘ tomirini o‘g‘urida mayda tuyub,

Qaynatib kunda ichar, otini derlar sumalak.

Gar tahorat qilsa qavmi suv topolmay nochor,

Betini qum bila yub (ko‘zi)ga surgay guvalak...

Hazrati xondin tilla pulini talab qilgani:

Ey falak qadri adolat shiyamu mulki malak,

Marhamat chog‘ida rahm ayla ba holi Hapalak.

Kecha go‘yo eshitib shuhrati tilla pulini,

Hapalak qo‘rqusidan uchdi misoli kapalak.

Himmating yo‘lida bir tepa karomat qilgin,

Kapalak boz qo‘nib joyiga bo‘lgay Hapalak.


304

G‘azali Qozi Muhammad Rajab Avj dar borayi xud

(Qozi Muhammad Rajab Avjning o‘zi

to‘g‘risidagi g‘azali)

Kelgil, ey ahbob, avval tarzi raftorimni ko‘r,

Ba’d davri gumbazi dastor davrimni ko‘r.

Kimki dastorimni ko‘rsa, o‘rni (dan)qo‘rqib(turar),

Betahorat aylagan olamni murdorimni ko‘r.

Gohkim boshimga sallam o‘lmasa, ul dam qarab,

Rasm-u rohi, tuhmat-u shaltoq kirdorimni ko‘r.

Qozilikda jam’i qilgan pulni savdo aylasam,

Asfalasofil degan davrida bozorimni ko‘r.

To adamdan azmi dunyo ayladim yuz voy kim,

Qo‘ymadim olamda bir kun nafsi qahhorimni ko‘r.

Boshlanur boshi sabohi uyqudin to nim shon,

Olti eshik, yetti teshik non-u nondorimni ko‘r.

Bir magarmajman ki yuz ming ajdaho gar uchrasa,

Aylaram bir luqma devi ju’i ashrorimni ko‘r.

Garchi men qildim taxallus Avj yolg‘ondir hama,

Xalqning ostida qolgan baxti jabborimni ko‘r.



305

SHERMUHAMMAD MUNIS

XORAZMIY

(1778—1829)

Shermuhammad  Amir  Avazmuhammad  o‘g‘li  Munis

Xorazmiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida dunyoga kelgan.

U  madaniyatimiz  tarixida  shoir,  tarixchi,  tarjimon,  xattot  va

ma’rifatparvar shaxs sifatida nom qoldirgan.

Xiva xoni Shermuhammadni saroyga farmonnavis kotib qilib

tayinlaydi. Munis butun ongli faoliyati davomida ilm-fan, madaniyat

va san’at kishilariga homiylik qiladi.

U  go‘zal  she’rlar  yozish  bilan  birga  tarjima  ishlariga

(Mirxondning «Ravzat us-safo» («Soflik bog‘i») ham alohida

e’tibor beradi, tarixiy asarlar («Firdavs ul-iqbol») yozishga kirishadi.

Xorazmning sug‘orilish tarixiga oid «Arnalar» («Anhorlar») degan

risola bitadi. Savod chiqarish va husnixatga oid «Savodi ta’lim»

she’riy risolasini yozgan.

Munisning shoir sifatidagi iqtidorini uning «Munis ul-ushshoq»

devoni to‘la ko‘rsata oladi. Devonda g‘azal, muxammas, qasida,

ruboiy, qit’a singari janrlarning go‘zal namunalari jamlangan.

Bu asarlar xalqimizning madaniy-adabiy mulki sifatida sevib

o‘qiladi.

20 – Adabiyot, II


306

G‘AZALLAR

(Qilmangiz)

Do‘stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz,

Siz ichib sahbo

1

, meni xunxori hasrat qilmangiz.



Gar muyassar bo‘lsa bir mahbub ila bazmi nishot,

Mensizin suhbat tuzarga mayl-u rag‘bat qilmangiz.

Topsangiz bazmi visoli, anda yod etmay meni,

Zor ko‘nglumni asiri dog‘i furqat qilmangiz.

Men kibi yo‘qdur aroda

2

, mankub-u



3

 maxmuri aysh,

Kimsaga mandin ziyoda boda shafqat qilmangiz.

Ahli donish birla har dam aylangiz bazmi kitob,

Jami nodonlar bila izhori ulfat qilmangiz.

Do‘st uldurkim, yomon kun yuz evurmas do‘stidin,

Munis ahvolin ko‘rub tarki muhabbat qilmangiz.

(Oshno)


Davlating boridadurlar barcha olam oshno,

Qaytgach davlat, jahonda topilur kam oshno.

O‘yla bekaslik meni mahzung‘a topmish dastkim,

Bir kishi yo‘qdur mango juz kulfat-u g‘am oshno.

Baski, davron xohishi begonalig‘ solmoqdurur,

Bir-biriga bo‘la olmas ikki hamdam oshno.

Kimki bo‘ldi oshno, bot

4

 ayladi begonalig‘,



Topmadim bu davr aro bir ahdi mahkam oshno.

1

 sahbo — qizil may



2

 aroda — arosatda qolgan

3

 mankub — baxtsiz, azobda qolgan, qiyinchiliklarga yo‘liqqan, xarob



4

 bot — tez



307

1

 bor — yuk



2

 yog‘ir bo‘lmoq — yuk ostida yelkasi yag‘ir bo‘lishi, ezilishi, zada bo‘lishi

3

 yog‘irn — yag‘rin, yelka



4

 uns aylamoq — do‘stlashmoq

Gar vafo bo‘lsa, birida bo‘lg‘ay erdi, ko‘rmadim,

Bo‘ldilar har nechakim avlodi odam oshno.

Hajr ranjidin o‘larga yetmishamkim, ko‘rsalar

Holima tutg‘ay azo begona, motam — oshno.

Ishq aro ul nav erur vahshat meni majnung‘akim,

O‘zgani dåmay, bo‘la olmas ko‘ngul ham oshno.

Dard chekmak, ashk to‘kmak ishq eliga xosdur,

Har ko‘ngulga dard, har ko‘zga åmas nam oshno.

Muniso, davron g‘ami begona bo‘lsa, tong åmas

Kim, senga bo‘lmish biyik donishvar Akram oshno.

(Base g‘am boridin...)

Base g‘am boridin

1

 chekmish og‘irni,



Yog‘ir bo‘lmish

2

 hazin ko‘nglim yog‘irni



3

.

Falak g‘am yuklarin solg‘onda elga,



Yog‘irnimg‘a mening qo‘ymish og‘irni.

Bilursen g‘am yukin ko‘p chekkanimni,

Yog‘irnim ustida ko‘rsang yog‘irni.

Iting ko‘rsam, manga uns aylasun

4

 deb,


Berurman gah ko‘ngulni, gah bag‘irni.

Raqib ollingda bo‘lmoqdin hazinman,

Tilarman ko‘rmasam ul bo‘lmag‘irni.


308

Zamon ahlig‘a bo‘lmish shikva

1

 oyin


2

,

Netong, sevsam agar gung-u sog‘irni.



Najote istasang Munisg‘a g‘amdin,

Ayoqchi


3

, tut anga har dam chog‘irni

4

.

(Hanuz)



Vahki, ul zolim meni mazlumga qotil hanuz,

Ya’ni ag‘yorimg‘a yuz ming mehr ila moyil hanuz.

Yoshurun sirrimni dåmay, xalq anglab, voykim,

Aytib anglatmoq bila holimni ul g‘ofil hanuz.

Vah,nechuk bahr erdi hijronkim, minib g‘am zavraqin

5

,



Har necha qat

6

 aylaram, mavjud åmas sohil hanuz.



Ko‘z-u ko‘nglumdin balog‘a qoldim, ore, kimsaga,

Sud yetkurgan åmas ahbobi noqobil hanuz.

Nafyi

7

 ilmi ishq etib, qilmoq nedur isboti zarq



8

,

Kelmamish, zohid, jahong‘a sen kibi johil hanuz.



Muniso, hushing bor ersa, dahri dun tarkini tut

Kim, oning bo‘lg‘on åmastur moyili oqil hanuz.

(Ko‘ngluma bir gul g‘amidin...)

Ko‘ngluma bir gul g‘amidin sonchilibdur xorlar,

Ohkim, har xoridin jonimdadur ozorlar.

1

 shikva — shikoyat, nolish



2

 oyin — rasm, odat, qiliq, ravish

3

 ayoqchi — may quyuvchi, soqiy, kosagul



4

 chog‘ir — may, ichkilik, sharob

5

 zavraq — qayiq



6

 qat — kezish, yo‘l yurish

nafyi — rad etish, inkor qilish



8

 zarq — aldov, hiyla, makr, munofiqlik



309

Aylamish ko‘nglumni Majnun jilvayi Laylivashi

Kim, asiri g‘amzasidurlar pari ruxsorlar.

Turfa ayyoreki din naqdin olurda turrasi

1

,

O‘rganurlar andin o‘g‘uliq ishin tarrorlar



2

.

Gardishi chashmidadur kayfiyati davri qadah,



Men bilibdurmanki, bilmaslar ani hushyorlar.

Muniso, ag‘yor gar hamsuhbat o‘lsa yor ila,

Bo‘lma mahzun, hamdami gul bo‘lg‘usidur xorlar.

(Qaysi gulning...)

Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor?

Qaysi bulbulning seningdek bir guli bexori bor?

Qaysi ra’no sarvqadg‘a qumriye bor men kibi?

Qaysi qumrini qadingdek sarvi xushraftori bor?

Qaysi Laylivash pari Majnuni bor men telbadek?

Qaysi Majnunning meningdek bir pariruxsori bor?

Qaysi er oldida mendek oshiqi jonboz erur?

Qaysi oshiqning seningdek nozanin dildori bor?

Qaysi bir dildorga bordur — meningdek bedile?

Qaysi bedilning seningdek nozanin dildori bor?

Qaysi bir ayyorning bor men kibi sargashtasi?

Qaysi bir sargashtaning sendek buti ayyori bor?

Qaysi shohning Munisi mahzun kibi bordur quli?

Qaysi qulning sen kibi shohi falakmiqdori bor?

1

 turra — zulf, kokil, o‘rilgan soch



2

 tarror — o‘g‘ri, kissavur



310

(Ustozlar e’tirofi)

Voliyi

1

 mulki tariqat



2

 gar Nizomiydur mango,

Manzili ma’niga Xizri roh Jomiydur mango.

Xotirimg‘a Xusravidin har zamon sho‘re

3

 etib,


Banda davronning bori shirinkalomidur

4

 mango.



Piri Ansoriy so‘zidin choshni

5

 nutqum topib,



So‘zda hosil sharbati yuh’yil izomidur

6

 mango.



Hofizi Sheroz lutfidin

7

 taraqqiylar topib,



Jilvagoh

8

 ahli tasavvufning



9

 maqomidur

10

 mango.


Yuzima Attor har lahza do‘koni fayz ochib,

Doim andin atrparvar jon mashomidur

11

 mango.


Fayzi Firdavsiy gahi ko‘nglum ochibdur iyddek,

Goh Xoqoniy futuhining

12

 payomidur



13

 mango.


Goh tabim Anvariy nuri bila ravshan bo‘lub,

Goh Sa’diy jomining fayzi mudomidur mango.

Topibon ishqi Iroqiydin zamirim nash’aye,

Hosil ahli ishqning sho‘ri tamomidur mango.

1

 voliy — hokim, hukmdor, podshoh



2

 tariqat — usul, yo‘l, maslak, so‘fiylik yo‘li, mazhab; tasavvufda Haqqa

yetishishning ikkinchi darajasi

3

  sho‘r  —  g‘avg‘o,  to‘polon.  Bu  yerda:  «Xusrav  Dehlaviyning  shirin



she’riyati  har  zamon  yodimga  tushib,  o‘zining  ta’siri  bilan  xotiramni  ostin-

ustun qilib yuboradi» kabi ijobiy ma‘noda qo‘llangan

4

 shirinkalom — shirinso‘z, shirinsuxan



5

 choshni — maza, ta‘m, tot; totish, mazasini totib ko‘rish, bahra

6

 yuh‘yil izom — so‘ngaklar tirilishi, tirilish



7

 lutf — muloyimlik, rahmdillik, yaxshi muomala, marhamat

8

 jilvagoh — jilva (nur) joyi, yaltirab ko‘rinish o‘rni; ko‘rinish joyi



9

 ahli tasavvuf — so‘fiylar

10

 maqom — rutba, daraja, o‘rin



11

 mashom — burun, dimog‘

12

 futuh — ochilish, kushoyish



13

 payom — xabar, darak



311

Nusxayi ta’yid Bedildin topib fayzi suxan,

Ma’ni ichra nomayi iqboli tomiydur

1

 mango.



Qilsa hosid

2

 daxli bejo, so‘z aro yo‘qtur g‘amim



Kim, bu ma’nida Navoiy ruhi homiydur mango.

Tong åmas, Munis, agar bo‘lsam kiromiy qadrkim

3

,

Ustodi zohir-u botin Kiromiydur mango.



(Shuaro)

Yutubon bu zamonda qon shuaro

4

,

Nazm etar



5

 gavhari fig‘on shuaro.

Yerga xurshiddek

6

 solur davron,



Qilsalar sayri osmon shuaro.

Do‘stlar lutfidin qilur mahjur

7

Baski, bor dushmani zamon shuaro.



Yuz xushomad bila gadolig‘ etib,

Topa olmas yåmakka non shuaro.

Davlat asroridin erur g‘ofil,

Har necha ersa nuktadon shuaro.

Bo‘lub iflosdin

8

 zarurat ila



Xissat ahlig‘a

9

 madhxon shuaro.



1

 tom — butkul, to‘liq, mukammal

2

 hosid — hasadchi, birovning yutug‘ini ko‘rolmaydigan kishi



3

 kiromiy qadr — azizlik, hurmatga sazovorlik

4

 shuaro — shoirlar



5

 nazm etar — nazm yaratadi, she‘r yozadi

6

 xurshid — quyosh, oftob



7

 mahjur — hijronda qolgan, ayrilib qolgan; uzoqlashgan; mahrum

8

 iflos — qashshoqlik, pulsizlik, sinish, hech narsasi qolmaganlik, muhtojlik



9

 xissat ahli — xasislar, pastkashlar



312

She’ri yanglig‘ kezar mahofil

1

 aro,


Qilg‘ali dardi dil ayon shuaro.

Go‘iyo ro‘zgor

2

 anosidin



3

Tug‘di kulfatg‘a tav’amon

4

 shuaro.


Dardmand-u jafokash elga qilur

Nazm ila dardini bayon shuaro.

Ahli davlatga bo‘lsa ham maddoh,

Topmas iqboldin

5

 nishon shuaro.



G‘ussadin o‘lgay erdi, topmas esa

She’ridek yori hamzabon

6

 shuaro.


Baski, davron erur hunardushman

7

,



Ko‘radur fazlidin ziyon shuaro

8

.



Mizbonlig‘

9

 qilurg‘a yo‘q nimasi



10

,

Bo‘lsa Munisg‘a mehmon shuaro.



1

 mahofil — majlislar, yig‘inlar

2

 ro‘zgor — turmush, tirikchilik, kun kechirish



3

 ano — mashaqqat, qiyinchilik, azob, uqubat, kulfat

4

 tav’amon — egizak, go‘yo shoirlar kulfat bilan egizak tug‘ishar, deb



kinoya qilinayotir

5

 iqbol — davlat, boylik; omad, yaxshi kelajak



6

 hamzabon — tildosh; dildosh

7

 hunardushman — hunarni, san’atni sezmaydigan



8

  misraning  mazmuni:  Fozillar  qadrlanmaydigan  zamonda  shoirlar  o‘z

fazilatlari evaziga ziyon ko‘radi

9

 mizbon — bu so‘z asli forsiy «miz» — stol, xontaxta so‘zi va shaxsni



ifodalovchi «-bon» qo‘shimchasidan yasalgan bo‘lib, u mehmon uchun tuzatilgan

dasturxon sohibini anglatadi

10

 nimasi — biror narsasi



313

(So‘z


1

)

Garchi avval bor edi mahbubi



2

 gulruxsora

3

 so‘z,


Lek erur holo

4

 base



5

 mankub-u

6

 baxti qora so‘z.



Shoiri sho‘ridag‘a

7

 diljamlik



8

 qaydin yetar,

Daxli bejodin

9

 avom



10

 ollidadur yuz pora

11

 so‘z.


Dåma, so‘z atrofig‘a chekmish livoyi ishtihor

12

,



Qadrdone topmay o‘lmish dahrda

13

 ovora so‘z.



Shoir o‘z ahvolig‘a darmonda-vu

14

 fazl ahli xor,



Ohkim, topmas bu davron ichra bir g‘amxora so‘z.

Qilma izhori suxanvarlik

15

 farog‘e


16

 istasang,

Siym-u

17

 zar o‘rniga er boshig‘a sangi xora



18

 so‘z.


Xoh nazm-u xoh nasr o‘lsun fazilat ahlidek

Xorlig‘ domonig‘a

19

 chekmish oyoq yakbora



20

 so‘z.


1

 radifga olingan «so‘z» faqat til birligi åmas, balki keng ma‘noda —

badiiy adabiyot mazmunida ham qo‘llangan

2

 mahbub — sevikli yor



3

 gulruxsora — gul yuzli

4

 holo — hozir, endilikda



5

 base — juda

6

 mankub — baxtsiz, azobda qolgan, qiyinchiliklarga yo‘liqqan, xarob



7

 sho‘rida — sho‘rpeshona, parishonhol, devona, savdoyi, oshiq

8

 diljamliq — xotirjamlik, ko‘ngli to‘qlik



9

 daxli bejo — o‘rinsiz aralashish

10

 avom — umum, omma, olomon, xalq, oddiy kishilar



11

 yuz pora —yakson etilgan, parchalangan, bo‘laklangan

12

 livoyi ishtihor — livo — bayroq; livoyi ishtihor — shuhrat bayrog‘i



13

 dahr — dunyo, olam

14

 darmonda — dar qolgan; hayron, qiyin ahvolda qolgan; nochorlikda,



aro yo‘lda qolgan

15

 suxanvarlik — so‘zga ustalik, ijodkorlik, go‘zal so‘zlilik



16

 farog‘ — tinchlik, xotirjamlik, rohat, istirohat; bo‘shash, ozodlik

17

 siym-u zar — kumush va oltin



18

 sangi xora — qattiq tosh

19

 domon — etak



20

 yakbora — biryo‘la, birvarakayiga



314

So‘z chu mundoq xor esa, so‘z ahli mundoq xoksor,

Vah, ne til birla deyolg‘ay Munisi bechora so‘z.

(Kerakmasmu sanga?)

Istading, ey dil, ko‘zin, joning kerakmasmu sanga?

Kufri zulfin sevding, imoning kerakmasmu sanga?

Dard-u g‘am seli bila buzding ko‘ngul koshonasin,

Ey malohat ganji

1

, vayroning



2

 kerakmasmu sanga?

Jam etib, o‘tlug‘ ko‘ngullarni muqayyad

3

 aylading,



Halqayi zulfi parishoning kerakmasmu sanga?

Tiyri g‘amzang

4

 muddaiy ko‘ngliga zoye qilmakim,



Ul hadafdur xora

5

, paykoning



6

 kerakmasmu sanga?

Sarsari

7

 ohimni, ey gardun, qilursan tund-u tez



8

,

Mash’ali xurshedi raxshoning



9

 kerakmasmu sanga?

Ey gul, aylarsan jafo xorin

10

 urub, Munisga javr,



Andalibi

11

 dilkash ilhoning



12

 kerakmasmu sanga?

1

 malohat ganji — go‘zallik xazinasi



2

 vayron — vayrona. Xalqda xazina vayronada bo‘ladi, degan aqida bor.

«Vayron» majozan oshiq — lirik qahramon qalbini ham anglatadi

3

 muqayyad — bog‘langan, bandga solingan



4

 tiyri g‘amza — g‘amza o‘qi

5

 hadafdur xora — qattiq toshdan iborat nishon



6

 paykon — kamon o‘qining uchi, o‘q uchidagi metall boshoq, tikon;

kiðrik

7

 sarsar — sovuq, kuchli va qattiq shamol



8

 tund-u tez — qattiq sur’at bilan

9

 xurshedi raxshon — porloq quyosh



10

 xor — tikan

11

 andalib — bulbul



12

 dilkash ilhon — yoqimli ovozlar, ashulalar, xonishlar, sayrashlar



315

(G‘uncha)

Tabassumda ko‘rub rangin labingni nogahon g‘uncha,

Qilib diltanglik

1

 zohir, ichidin bo‘ldi qon g‘uncha.



Sabo

2

 tahrikidin



3

 yo‘q, balki og‘zing sharmidin

4

 boshin


Quyi solmoqqa moyil bo‘lg‘usidur har zamon g‘uncha.

Ochiq chehrangni to ko‘rdi dåma, ey gul ochilmishdur,

Xijolat g‘oyatidin aylamish kulgu ayon g‘uncha.

Ko‘ngul tor og‘zingga bir xandada

5

 oldurdim, ey gulrux



6

,

Kishi ko‘rganmu erkan bu sifat bir dilsiton



7

 g‘uncha?

Amonlik istasang bu bog‘ aro, xomush bo‘l doim

Ki, ofatdin åmindur sirrin aylar to nihon g‘uncha.

Sening og‘zing xayolidin qilur ko‘nglum qushi nola,


Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling