Ñho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent – 2010


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/50
Sana22.06.2017
Hajmi3.58 Mb.
#9580
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50

qiziqishim  yo‘qolar  edi.  Uy  bekasi  haftada  bir  marta  cholga

ovqat kiritib turar, uning berilib qandaydir surat chizayotganini

aytardi. U suratga tushunmasdi, shuningdek, cholni ham yomon

ko‘rar, lekin qarovsiz cholga butun ko‘cha ovqat kiritib turgani

uchun ulardan ayrilgisi kelmasdi. Umuman, beva ayollarda tabiiy

shafqat hissi bo‘ladi. Ularning ko‘ngli yumshoq, tez ta’sirlanib,

tez xafa bo‘lishadi.

Men bora-bora cholning suratlari bilan ham, uning taqdiri

bilan ham qiziqmay qo‘ydim, o‘sha payti Onettining hikoyalarini

tarjima qilayotgandim. Chol kamdan-kam esimga kelardi, esimga

tushgan onlari esa ko‘z oldimda qora sharpa kabi paydo bo‘lar

va bu sharpa meni tinmay ta’qib qilardi. Ba’zan birinchi suratni

eslab,  xayollarga  tolardim,  xayollarim  ham  suratdagi  yigitning

ko‘zlari kabi huzurli edi. Meni faqat chol chizayotgan so‘nggi

suratgina ozroq qiziqtirib turardi, chunki, sezishimcha, chol oxirgi

suratini chizmoqda edi. Uni ba’zan yo‘lda — oziq-ovqat do‘koniga

chiqib kelayotgan holatda ko‘rib qolardim va kunma-kun hayot

asari  yo‘qolayotgan  yuz-ko‘zlariga,  o‘z  umri  uchun  ayanchli


604

xulosalar to‘lib yotgan va uni masxara qilgandek ko‘klam bilan

birga tobora go‘zallashib, yasharib borayotgan atrofidagi olamni

ko‘rmaslik uchun yerga yana ham ko‘proq egilib qolgan qaddi-

qomatiga qarab, shu mudhish fikrimga ishongim kelardi.

Butun qish davomida cholni ikki marta — darvoza yoniga

kursi qo‘yib, o‘zini chuvoqqa toblab o‘tirgan holda ko‘rdim. Uy

bekasi  ko‘p  javraydigan  ayol  edi.  U  butun  mahallani  g‘iybat

qilib chiqar, so‘ng yana cholni «taftish» qilardi. U chol haqida

ijirg‘anib gapirardi, lekin ovqat kirgizishni kanda qilmasdi: unga,

ayniqsa,  cholning  mahalla-ko‘ynikiga  o‘xshamagan  odatlari

yoqmasdi.

Bahorning boshlarida hordiq oyidan qaytib kelib, uyga kirishim

bilan uy bekasi ko‘zida yosh bilan qarshi oldi va uch kun burun

cholning qazo qilganini aytdi. Vujudimga sovuq, shilimshiq narsa

o‘rmalaganday  junjikib  ketdim  va  birdan  xayolimga  cholning

suratlari keldi. «Uy hali qarovsiz, — dedi menga uy bekasi, —

o‘g‘lini hech qayerdan topisholmadi, yana qo‘lga tushgan bo‘lsa

kerak».

Kechqurun cholning hovlisiga o‘tdim. Hovli huvillab yotardi.



Shilta hidi cholning o‘zi bilan birga yo‘qolgan, biroq chirkin hid

hali gupillab dimog‘ni kuydirardi. Suratlar bir chekkaga yig‘ishtirib

qo‘yilgandi. Cholning so‘nggi suratini izlay boshladim. Chol suratni

chizib ulgurganmi, yo‘qmi, meni juda qiziqtirardi. Sariq matoni

nihoyat topdim va uning yuzidagi qog‘ozni yulib olib shosha-

pisha suratga tikildim. Ko‘zimga nihoyatda tiniq ranglar lop etib

urildi — bu surat qirq yil ichida chizilgan mavhum suratlarga

sira o‘xshamas edi. Men rasmdagi manzaradan bir nafas tong

qoldim; suratda xuddi birinchi rasmdagi o‘rmon aks ettirilgan

edi. Faqat bu suratda maymun umidsiz, ko‘zlariga g‘am cho‘kkan,

yuz-ko‘zida hayotdan nishona qolmagan, munkaygan bir cholni

o‘rmon sari yetaklab ketardi.

Suratning  shoshib  chizilgani  ko‘rinib  turardi.  Ko‘p  joyiga

bo‘yoqlar  nomiga  chaplangan  edi.  Cholning  o‘zi  ham  umri

oxirlashganini bilgan va shuning uchun shoshgandi. Rasmning


605

orqa fonidagi ranglar me’yoriga yetmagandi. Bu quyosh botib,

atrofga cho‘kkan xira qorong‘ulikni eslatardi. Biroq ana shu qo‘ng‘ir

rang fonida maymun va odamning qiyofasi ravshan aks etgan,

odamning yuzidagi umidsizlikni yana ham kuchaytirgan edi.

Men o‘shanda beixtiyor hayot kabi san’atning ham kirish va

chiqish eshiklari borligi haqida o‘ylagandim. Cholning suratlari

go‘yo sirli qo‘rg‘on edi; cholning ilk suratini ko‘rgan daqiqadayoq

bu qo‘rg‘onga kirib qolgandim va uning suratlaridan qolgan sovuq

hissiyot  bilan  birga  yuragim  g‘ash  bo‘lib  yurishining  sababini

topganday bo‘ldim. Shu kungacha cholning qo‘rg‘onida yashagan

edim  va  hozir  bu  qo‘rg‘on  eshigidan  biyday  kimsasiz  dalaga

chiqib qolganday his etdim o‘zimni. Vujudimni shilimshiq, jirkanch

narsa o‘rniga bir narsasini yo‘qotib qo‘ygan odamday cholning

suratlaridan qolgan xavotir egalladi.

O‘zim  yashaydigan  uyga  qaytib  kirganimda  beka  mahalla

kengashida ishlaydigan keksa bir kishi bilan gaplashib o‘tarardi.

«Mahalla keksalari yig‘ilishib, uyni kimgadir bermoqchi bo‘lishibdi,

— dedi u menga, — uy olaman deb yurgandingiz, mana shu

uyni ola qoling».

Birdan dimog‘imga hovlidagi dov-daraxtlardan tortib, gullar-

u har bitta g‘ishtgacha o‘rnashib qolgan chirkin hid gup etib

urildi; ko‘nglim behuzur bo‘lganday ijirg‘anib ketdim.

— Yo‘q, — dedim men o‘z xonamga ketar ekanman. —

Hozircha uysiz yashab turaman.


606

NORMUROD  NORQOBILOV

OLIM O‘G‘IL

Hikoya


O‘g‘il, falonchi cholning o‘rtanchisi olim bo‘pti, degan gapning

ertasi qishloqqa kirib keldi. Bu paytda Shayman chol endigina

somondan qaytib, ayvonda chalop ichib o‘tirardi. Òong chehrasiga

ish qaynagan kezlari yuzlanmish tajanglik ingan, ora-sira gapirinib,

og‘zidagi luqmasini oshiqmayroq chaynarkan, kechgacha dashtga

yana ikki-uch bor qatnashni o‘ylardi: «Hafta-o‘n kun shu sozda

qimirlasak, bu yoqdan Vali guppi ozgina himmat qilsa, yetib

qolar shu bilan. Ishqilib, qish oyog‘i qop ko‘tarib birovga yalingulik

qilmasin».

Òik oftobdan tandirday qizigan hovlida o‘g‘il paydo bo‘lganida,

chol shu xil o‘ylar bilan band edi. O‘g‘lini ko‘rgach, odatiga xos

jiddiy tarzda kampiriga im qoqdi.

— Mehmonga qara!

O‘g‘liga ko‘zi tushgan kampir, azbaroyi quvonganidan, joyidan

qo‘zg‘alayotib, choynakni ag‘darib yubordi. Chol parvo qilmadi.

O‘g‘lini sog‘ingan, lekin aksariyat otalar kabi sir bermay o‘tiraverdi.

Hamisha o‘g‘li kelib ko‘rishmoqqa qo‘l cho‘zgandan keyingina

o‘rnidan turib, bag‘riga bosardi uni. Ortiqcha hayajon-u yalab-

yulqashni  yomon  ko‘radi  u.  Biroq  bu  safar  uzoq  o‘tirolmadi,

o‘g‘lining olimligi birdan esiga tushib qolib, o‘zi sezmagan holda

irg‘ib  o‘rnidan  turdi.  Yalangoyoq  hovliga  tushdi.  Ming  qo‘yli

boyga ro‘para bo‘lgan yupunday qimtinibroq o‘g‘liga yaqinlashdi.

Quchoqlashishdan avval unga boshdan-oyoq razm solishga ulgurdi.


607

Bir oz ozganini demasa, o‘g‘li hech o‘zgarmabdi. O‘g‘il otani

dadil bag‘riga tortarkan, mehri tovlanib koyindi: «Haliyam yer

tirnab yuribsizmi, ota!.. Chol sitam tortgan odamdek ming‘irladi:

«Òirikchilik-da,  bolam!»  Bunga  javoban  o‘g‘il  uning  egniga

ilashgan xas-xashaklarni tergan, qoqqan bo‘ldi. Bundan cholning

ko‘ngli o‘sdi. Bir vaqtlar tuman kattalaridan biri yelkasini qoqib

maqtaganida ham shu hisni tuygan edi. Yuragi hapriqib, o‘g‘liga

sog‘inch-la boqarkan, katta odam bo‘lgani chinga o‘xshaydi, deb

o‘ylaydi.  Boya  yalpayib  o‘tirmay,  darrov  peshvoz  chiqa

qolmaganidan xijolat tortdi ham.

Biror soatlardan so‘ng, o‘g‘lining kelganidan behad dimog‘i

chog‘langan chol eshak aravasini shaldiratib, dashtga jo‘nadi.

Adirda somon to‘dalayotgan kenja o‘g‘il bilan birga qaytmoqchi

edi.  Nega  deganda,  mehmon  sharofati  tufayli  hovlida  ish

ko‘paygan,  kechgacha  hammasiga  ulgurish  zarur  edi.  Ammo

qishloqdan  chiqaverishdagi  juvozxona  oldida  to‘xtamasdan

o‘tolmadi. Yong‘oq tagidagi uzun xarida qator tizilishib o‘tirgan

chollar  tomon  yurarkan,  tezda  jiddiy  xatoga  yo‘l  qo‘yganini

fahmlab qoldi. Qadam olishlari olim odamning otasiga munosib

emasdi. Qanaqa yurish kerak, buniyam bilmasdi. Boshda rais

yurish  qilib  ko‘rdi:  qo‘llari  ortda,  oyoq  uchlari  ikki  yoqqa

kerilgan... O‘n-o‘n besh odim yurmay, tizzalari shiqirlab, chotiga

og‘riq  kirdi.  So‘ng  tovonlarini  ko‘taribroq  harakatlandi.

Òuyaqushga o‘xshab lo‘killab, yurishi xunuk chiqdi. Oxiri g‘oz

yurishni ma’qul topib, shu sozda chollarga yaqinlashdi.

Nazarida,  chollar  o‘g‘li  haqida  gapirayotgandek  edi.  Yaqin

borib qarasaki, kundalik ming‘ir-ming‘ir. Shayman chol ularni gumroh

sanab, ichida yandi. Òaklif etilgan o‘ringa cho‘kmay, g‘o‘ddayib

turaverdi.  Olim  odamning  otasi  kelsa-yu,  bularning  yalpayib

o‘tirishlarini qara. Ammo shu payt O‘roq chol gapirib qoldi.

— Ulingiz olim bo‘pti deb eshitdik, — dedi qurtdek boshini

u tomon burib. — Qanday chikin olim bo‘pti, a, Shaymanvoy?

«Olim» degani turli xil bo‘lishini Shayman chol endi eshitib

turardi. Ajablandi.


608

— Qanday chikini nimasi, — dedi so‘ng qanshari ostidan

iddaoli tikilib. — Olim degani bitta bo‘ladi-da.

— Ulingiz qishloqning oldi bo‘ldi, — deya gapga aralashdi

Òoji chol unga havaslanib boqarkan. — Hammaning og‘zida

shu  gap.  Vaqtida  tuzuk  o‘qimagansilar-da  deb  kecha  barini

to‘zg‘itib so‘kdim.

— Bizda o‘qishga havas yo‘q, — O‘roq chol tili tagiga nos

tashlab, kaftini tizzasiga surtdi. — Ana sho‘rquduqliklar, itidan-

bitigacha o‘qigan. Rayondi tus kattalariyam shulardan.

—  Lekin  ularda  olim  yo‘q,  —  dedi  Qudrat  chol  iyagini

hassasiga tirab. — O‘qishga kelsak, anovu Eshqul cho‘loqning

bolasiyam  o‘qigan-da.  Haliyam  tuzuk  ukol  qilishni  bilmaydi.

Qaytamga kelini durust, chimillatmasdan qiladi.

— Chin gap, olim chiqmagan ulardan, — uni quvvatladi

O‘roq chol. — Eshqulning bolasi bachaligidayam go‘r emasdi.

Ko‘ringan bilan tebalashib, endi do‘xtir bo‘pti. Sala cho‘tirning

kampiriniyam o‘sha o‘ldirgan.

— Unday demang, eshitgan quloqqa yomon.

— Kampirni rayondi do‘xtirlari o‘ldirmadimi?

— Rayonga yetganda qilday joni qolgan ekan, — O‘roq

chol hassasini qiya tutib, o‘ng oyog‘ini uning ustidan oshirdi. —

Aybdor Eshqulning bolasi. Òuzalib ketadi deb, uyida uch kun

saqlagan. Rayonga kech oborishgan. Oborganda kampirning harom

ichagi yorilib bo‘lgan ekan. Sala cho‘tir buni tushunmay rayondi

do‘xtirlari  bilan  yoqalashib  yuribdi.  Men  aytdim,  kampiringdi

rayon do‘xtirlari emas, Eshqulning uli o‘ldirgan deb. Eshqulni

uli nima debdi deng. Shodiqul mashinasini luqshitib haydagani

uchun  kampirni  ichagi  yorilib  ketibdi  debdi.  Sala  cho‘tir,

moshinangga o‘t qo‘yaman deb, bir g‘ovim Shodiqulga hezlanib

yurdi-da, so‘ng tinchib ketdi. Kampirini yilini o‘tkazib, Abrayning

bevasiga uylanmoqchi emish.

— Abrayning bevasi uni er qilmaydi, — dedi kimdir. —

Baytalday tirsillagan narsa, Sala cho‘tirni pisand qilarmidi.

— Ko‘ngil-da...


609

—  Sala cho‘tir o‘zi bo‘lmaydigan odam, — dedi Qudrat

chol.  —  Kecha,  eshitdingizmi,  Shayman  cholning  o‘rtanchisi

olim  bo‘pti  desam,  nima,  menga  bir  so‘m  berarmidi  deb,

yomo-on  to‘rsillab  berdi.  Qishlog‘ingdan  olim  chiqib,  sho‘r-

quduqliklarning oldida tilimiz ustun bo‘lganidan quvonmaysanmi,

ahmoq, deb o‘ziniyam toza tuzladim. Badanini tuk bosgan bu

qari maymunga xotini qanday chidagan ekan-a?

Bu gapdan Shayman cholning ichi yondi. Sala cholning hovlisi

tarafga yovqarash qilarkan, dedi:

— Hali shunday dedimi? Dashtdan qaytay, tilini uzib qo‘liga

beraman!


— Olim odamning otasiga yarashmaydi bu ishingiz,— dedi

O‘roq chol boshini chayqab. — Og‘ir bo‘ling.

—  Kichkina  odammassiz  endi,  —  dedi  Qudrat  chol.—

Maydalar bilan teng bo‘lmang.

Maqtov  xush  yoqib,  Shayman  chol,  endi  o‘tirsam  bo‘lar,

deb o‘yladi. Borib Poyon cholning yoniga cho‘kdi. O‘zini beparvo

tutishga  urinsa-da,  iyagi  o‘z-o‘zidan  oldinga  cho‘zilib,  ichidan

mamnunligini bildirib qo‘ydi.

— O‘ziyam ulingiz toza o‘qidi, a, Shaymanvoy, — dedi

Poyon chol qatordan qolmaslik uchungina gap qotib.— Biror

o‘n-o‘n besh yil o‘qidi-yov.

— Ha, endi, esini tanibdiki, shaharda, — dedi Shayman

chol yasama loqaydlik bilan. — U olim bo‘lmay, men bo‘laymi.

— Siz bunday nopisand bo‘lmang, Shaymanvoy.

— Quvoning.

—  Ko‘krakni kerib yuring.

— Ullarimdi biri shunday bo‘lganida, silar bilan gaplashib

ham o‘tirmasdim.

—  Hammaning  og‘zida  shu  gap.  Ulingiz  katta  odamga

o‘xshaydi. Odamlar bekorga gapirmaydi.

— Muallimlar talashib yurganmish, asli u mening shogirdim

edi deb.


Chollar uzun-qisqa kulishdi.

39 – Adabiyot, III



610

—  Olimligi  yaxshiku-ya,  qishloqqa  kam  kelishi  yomonda,

— deya birdan hasratga tushdi  Shayman chol. — Yilda qorasini

bir ko‘rsatadi. Bunday bo‘lmaydi-da endi. Bu safar yaxshilab bir

tergab qo‘ymoqchiman. So‘kib qo‘ymasam bu bola juda shitirab

ketayapti.

— So‘kmang siz, — O‘roq chol unga chegrayib qaradi.—

Hadeganda  chopib  kelaversa,  olim  bo‘larmidi.  Olimlik  sizga

osonmi. Oson bo‘lsa, hammayam bo‘lmasmidi. Esimni tanibmanki,

qishlog‘imizdan endi olim chiqishi.

— «Olim» degani nima o‘zi, a? — dedi boyadan beri gapga

qo‘shilolmay, bir chekkada musichaday beozorgina o‘tirgan Sadir

chol, ko‘zlarini pirpiratib. — Kechadan beri shu gapni eshitaman-

u, nimaligiga hech fahmim yetmayapti.

«Olim» neligini boshqalar ham bilmasdi-yu, lekin so‘zdagi

mavhumlik ular ongida sirli va g‘aroyib tasavvur uyg‘otgani bois,

uning ma’nosi haqida hech kim bosh qotirmas, qolaversa, yuzaga

kelgan tasavvurni so‘zda ifoda etmoq oson emasdi. Hamma bir-

biriga javdirab turganida, hamisha o‘zini bilag‘on chog‘lab, birovga

so‘z bermay yuradigan O‘roq cholning o‘ktam ovozi sukunatni

buzdi.

— Mullalarning mullasi degani.



— Sharof mullaning uyi kuyibdi-da unda, — dedi Sadir

chol achinib.

— Nega?

— Bu yoqda mullalarning mullasi turganda, qishloqda unga



non qoladimi endi.

— Unday chikin mulla emas u, — uning nodonligidan O‘roq

cholning jahli qo‘zidi. — Profissir. Shaymanvoyning uli profissir

bo‘lgan.


—  Ana eshitdingizmi? — Qodir cholning ovozi davra uzra

qalqigan  umum  xitobni  bosib  tushdi.  —  Eshitdingizmi,

Shaymanvoy? Bundan keyin tezlikni bas qiling. Olim odamning

otasiga shapshaklik yarashmaydi. Òunov kuni kenjangizga qamchi

o‘qtalib yuribsiz. Shu ish sizga epmi. Ko‘rgan ko‘z demaydimi,


611

uli olim bo‘lsayam, otasi qið-qizil jinni ekan deb. Bundan so‘g‘in

bosiq bo‘ling, ha.

— Shaymanvoy chatoq, — dedi xari chetida ilinib o‘tirgan

Olim  pakana.  —  Damida  osh  pishiradi  bu  kishi.  Bizdi  ullar

mendan  sira  hayiqishmaydi.  Bolani  asli  bachaligidan  ko‘zini

qo‘rqitib olish kerak ekan. Esaygach, tarsaki tugul qamchidanam

qo‘rqmay qo‘yisharkan.

— Endi siz ayolga o‘xshagan odamsiz-da, Olimvoy,— dedi

O‘roq chol. — Bunday otadan bola qo‘rqmaydi.

Asosiy masala bir chetda qolib, ular aytishib ketishdi. Olim

pakana o‘zining erkakligini pesh qilish uchun turib so‘kisha boshladi.

Shayman chol uning pachoq jussasiga boqarkan, O‘roq cholni

haq  deb  bildi.  So‘ng  uning  diqqatini  dala  yo‘lini  changitib

kelayotgan qora tortdi. Yo‘l bo‘yidagi eshagi betoqat oyoq qoqdi.

Shayman chol pinak buzmay, chollarning tinchishini kutdi. Bu

orada  qora  nuqta  aravachali  motosiklga  aylandi.  Unda  beti

tovoqday,  qorni  qopday  bo‘lib  Qobul  uchastkavoy  kelardi.

Chollarning so‘kishi adoqlab, hammaning diqqati unga qaratildi.

— Changitmay o‘li-iy! — Qudrat chol basharasiga yopirilgan

changni  yelpib,  so‘kindi.  —  Xuddi  otasining  o‘zi-ya.  Soli

o‘pkayam shunaqa hovliqma edi. O‘pkaligi tufayli otdan yiqilib

o‘ldi-da.

— Shu yelishi bo‘lsa, buyam... — O‘roq chol o‘ng‘aysiz

yo‘taldi. — Salominiyam o‘zi bilan olib ketdi shekilli?

Olim pakana g‘iybatga aralashmoqchi edi. Ammo O‘roq chol

bilan aytishganini eslab, Qobulni yoqladi.

— Salom berdi. Boshini irg‘ab-irg‘ab o‘tdi.

— Unda yaxshi, — O‘roq chol kuldi. — Boshi yo‘qmikan

deb o‘ylovdim men.

— Siz shunaqa, — dedi Olim pakana achitib.  Hamisha kir

izlaysiz.

—  Ullarni  o‘qitib-so‘qitib  yurmay,  milisaga  ishga  kiritish

kerakmikan deb o‘ylab qolaman, — dedi Poyon chol negadir

og‘ir so‘lish olib. — Bittasi manovu Qobul shapka. Bunda na


612

somon tashvishi bor, na xashak. Òayog‘ini bir silkitsa somoniyam,

xashagiyam hovlisiga tushib turibdi.

— Havas qiladigan ishmi shu, — O‘roq chol istehzoli iljaydi.

—  Beradigan  odam  bekorga  beradi  deb  o‘ylaysanmi.  Ichida

to‘qson to‘qqiz marta so‘kib berar. Nafs deya har narsaga enangni

ro‘paro‘ qilaverish erkak kishining ishi  emas-da endi.  Bundan

ko‘ra issiqda chang yutganing afzal emasmi.

Olim pakana kichik jussasini bejo tebratib, qarshi gap qilmoqchi

edi, Qudrat chol vaqtida oraga suqildi.

—    Mayda-chuyda  gapni  qo‘yinglar-da,  yaxshisi,  Shay-

manvoyning olim ulidan gapiringlar. Ishqilib, ulingiz keladiganmi,

Shaymanvoy?

Shayman chol unga minnatdor qarab qo‘yarkan:

— Ul kelgan, — dedi andak dimoq bilan. — Bu yerda

bekorga gap talashgandan ko‘ra bizdi hovliga o‘tinglar. Ulga bir

qo‘chqor  atab  qo‘ygandik,  shuni  so‘yib  saronjomlab  turinglar.

Men dashtga boraman-u, qaytaman. Kenjamiz dashtda... issiqda

xiyla bo‘lgan chiqar. Qani, O‘roqvoy, boshlang boboylarni. Nima

qayerdaligini kampirga tushuntirib kelganman.

— Bu ishingiz soz bo‘pti, Shaymanvoy.

Chollar biri olib, biri qo‘yib, uni alqab ketishdi. Kutilmagan

tadbiridan  o‘zida  yo‘q  ruhlanib  ketgan  Shayman  chol  viqorli

odimlar bilan arava tomon yurdi. Eshakaravada yurish birinchi

bor erish tuyulib, otni orzuladi, ammo unga yemish yetkazish

qiyinligini o‘ylab, tag‘in ahdidan qaytdi.

...Oqshom  ziyofat  to‘kin  bo‘ldi.  G‘ala-g‘ovurdan  chol  shu

narsani bildiki, o‘g‘li osmon jismlarini o‘rganadigan olim ekan.

Òunda u supada osmonga tikilib yotarkan, eshitganlarini hazm

qilolmay, g‘oyat ajablandi: «Òavba, osmonni nimasini o‘rganar

ekan? Otam zamonidan beri so‘narib turgan manovu yulduzlarning

nimasini  o‘rganish  mumkin?  Òag‘in  erdan  o‘n  hissa  katta

yulduzlaram bor deganiga o‘lasanmi. Hech vaqtda yulduz ham

yerdan  katta  bo‘larkanmi?  Nari  borsa  mushtdaydir,  hay,

qo‘shmushtdaydir. Qandayligi ana ko‘rinib turibdi-ku. O‘ntasini


613

yig‘sang, bir cho‘ntak to‘lmaydi. Ulim yo o‘tirikchi [154], yo

o‘zim hech baloni tushunmayman». Ammo chol kyoyingi gapga

qo‘shilmasdi. O‘zini juda aqlli hisoblardi. Ko‘rganlarini bor holicha

idrok etib, shu yo‘sinda fikr qilardi. Shu bois, yulduzlarga yanada

diqqat qildi. Esini tanigandan beri ilk bor samoga ayricha nazar

solmoqda edi. Bora-bora koinot ko‘ziga oltin tangalar sochilgan

baxmal tusini ola boshladi: «Ulni osmonga tikilishida bir gap

bor, — deb o‘yladi. — Nimanidir biladi bu bola. Hukumat

bunga  o‘xshaganlarga  pulni  qoplab  bersa  kerak,  emasam,  yer

qolib, nega osmonga termiladi bu bola».

Yulduzlar oltin tangalar tusini olgani sayin cholning dimog‘i

chog‘lana boshladi. Oxiri, olim deganiga hukumat pulni ayamasa

kerak, degan shirin o‘yga bordi-da, g‘aroyib tushlar og‘ushida

asta uyquga ketdi.

Ertasi peshindan keyingina ota-bola holi qolishdi. Boshda

gaplari  uncha  qovushmadi.  Ota  sho‘rlik  nima  deb  so‘rashni

bilmas,  o‘g‘ilning  javoblariga  esa  uncha  tushunmas,  oqibat,

gap  topolmay  issiqdan  shikoyatlandi.  Yelpingan  kishi  bo‘ldi.

Holbuki, ular shabadaning ko‘zida o‘tirishar, kenja o‘g‘il havasga

qurgan baland shiypondan chor-atrof kaftdagidek baralla ko‘zga

tashlanib turardi.

Shayman chol o‘g‘lining ozg‘in chehrasidan ko‘z uzib, tevarakka

alahsidi.  Ko‘cha  boshida  ikki  qop  somon  yuklangan  eshagini

oldiga  solib  kelayotgan  Haydar  ko‘sa  ko‘rindi.  Uni  ko‘rgach,

kundalik tashvishlari esiga tushib, cholning qovog‘i xiyol solindi.

— Haydarvoyga quda bo‘layapmiz, — dedi so‘ngra yarim

ohangda.


— Eshitdim, — dedi o‘g‘il beparvo.

— Qalinni sag‘al ko‘paytiraman deyotganmish, — dedi chol

norozi  ohangda.  —  Shayman  cholning  uli  olim  bo‘pti,  olim

degani pulning isiga yotolmaydigan xalq bo‘ladi, shundayakan,

chol qalindan qizg‘anmasin deb, ertalab ukasi Salom ko‘sadan

ayttirib  yuboribdi.  Sovchilar  orqali  yetkazishga  ham  sabri

chidamabdi.


614

O‘g‘il kulimsirab, Haydar ko‘sa tomonga qarab qo‘ydi-yu,

lekin indamadi.

—  Qaysi  qiziga?  —  deb  so‘radi  bir  muddatdan  keyin

hardamxayollik bilan.

—  Kenjasiga.—  Chol  yonboshlab,  boshini  siypaladi.  —

Ukangni ishqi o‘shanga tushibdi. Hashsha shuni olib berasilar

deb turib olgach, nima qilaylik, rozi bo‘ldik. Emasam, Haydar

ko‘sani  o‘zimga  tengsitarmidim.  Nachora,  to‘yni  gurullatib

o‘tkazamiz endi.

Shu  gaplarni  aytarkan,  chol  o‘g‘lining  rang-ro‘yiga,  so‘ng

cho‘ntaklariga o‘g‘rincha qarab qo‘ydi. O‘g‘lining cho‘ntaklari u

qadar do‘ppayib turmasdi. Keyin u shiypon chetidagi kattakon

qora sumkaga umidvor tikildi. Yaltiroq temirlar bilan ziynatlangan

sumka cholga juda sirli tuyuldi. Boz ustiga, o‘g‘li yurt so‘ragan

kishiday  xotirjam  o‘tirar,  cholning  tashvishlariga  aloqador

xarajatlarni eshitgach ham pinak buzmadi. Avzoyidan cholning

bir  og‘iz  gapidanoq  oldiga  bir  dunyo  pulni  nopisand  itqitib

tashlaydigandek edi. Shunda chol uning qancha maosh olishini

bilgisi keldi. Qani, olim degani qancha oylik olarkan? O‘zicha u

katta raqamlarni ko‘z oldiga keltirib so‘radi:

— Mana, olim ham bo‘lding, — dedi qiroat bilan so‘zlashga

urinib. — Oyiga qancha olasan?

— Nima qancha?

Shayman chol Sardor magazinchiday barmoqlarini bir-biriga

ishqaladi.

Cholning qilig‘i g‘alati tuyulib, o‘g‘il kulib yubordi. Bundan

chol yayrab ketdi: «Aytdim-ku, bunda pul ko‘p deb, emasam,

buytiblar yozilib o‘tirmasdi. Ammo qaytib so‘rayman? Farzanddan

pul so‘rash... e-e, ukasi uchun so‘rayman-da. Shunday paytda

qayishmasa, qay paytda qayishadi. Xay, kishi bilmas qitiqlab

ko‘raychi.  Òushunsa  tushunar,  tushunmasa,  otasining  jiligiga,

dangalini aytaveramiz-da».

— Indamaysan? — Chol qulog‘ini ortini qashlab, unga zimdan

tikildi.



Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling