Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
bolasizmi? R a p o i l . Garamjon, siz bazi boylarning qiladigon ishindan xabaringiz yoq ekan. Bir boshputga ikki qat hujjat qilub oladurlar. Masalan, bir veksil olub, yana bir tilxat qildirub oladurlar. Agar vaqtida tolay olmasa ham veksilga, ham hujjatga oqcha oladurlar. 40 Bir odam bir yuz som qarzdor bolsa, ikki yuz som tolaydur. Yana ellik som xarajot tolasa, ikki yuz ellik som tolaydur. Man garamjon, unaqa qilvotgonim yoq-ku? Nihoyati oltmish somni yuz som qilub olaman. Yozabering, xizmat haqingizni yaxshi beraman, garamjon. D a v r o n b e k . Yoq, man munday xiyonat aralashadurgon ishlarga ochdan olsam ham aralashmayman. Siz borub bir boshqa odamga yozdiring. Agarda xohlasangiz man faqat oltmish somning ozigagina yozaman. R a p o i l . Xayr... xayr... garamjon. Siz xafa bolmang. (Chontagini kovlar, pul olib bermoqchi bolur). Mana, garamjon, yak som. Arizani juda yaxshilab yozingiz. D a v r o n b e k . Hozirda meni zarur yumush bilan boradurgon yerim bor, soat tortda keling. R a p o i l . Garamjon, mani ovora qilmang, soat uchda mani ham ishim bor. Dokonim ochiq qoladi. Hozir yozib berasiz, moysafid holim bilan mani ovora qilmang. D a v r o n b e k . Aka domullo, soz degan bitta boladi. Hozir mani ariza yozmoqga vaqtim yoq, sudga boradurgon ishim bor. R a p o i l (ornidan turub). Garamjon, xafa bolmang, bolmasa soat uchda kelaman. Òogin vadangizga xilof qilmang. Albatta soat uchga kelaman. Siz ham borgon yeringizdan soat uchdan kech qolmay keling. D a v r o n b e k . Sozni kop chozmang, gap degan bitta boladi. R a p o i l . Garamjon, hmm... advokatlik osonmi? Man sizga bekorga ariza yozib bering devotmanmi? (Chiqib ketar). Abdujabbor orqasidan masxara qilub, kulub qolur D a v r o n b e k . Birni korub fikr qil, birni korub shukr qil demishlar. Òogri sozdur. Man musulmonlarning hol-ahvollarin korub xafa bolsam, juhudlarning orasida ham shunaqa ezma kishilar bor ekan. Albatta dunyodan xabarsiz, ilm-u maorifdan 41 xabarsiz qavmlarning hol-ahvollari shunday boladur. Faqat bularning ishlari bir-birlarin aldamoq va bir-birlarin tuzoq qoyub tutub oshamoqdur. Bularning orasiga ilm va madaniyat nurlari yoyilub, inson qatoriga kirmaguncha ozlari eshikma-eshik ovora bolganlari bir sari, manga oxshagon oz elimga, xalqimga foyda yetkurarmukinman, degan kishilarning miyasini qoqub qoliga berub oz fursatda jinni qilishlari tabiiydur. (Eshik qongirogi jingirlar). Abdujabbor, chiqub qara, tagin qanaqa dardisar kelgan ekan. A b d u j a b b o r (chiqib kirar, suyungan holda). Xojayin, damingizni chiqarmang, bir juda yasangon xotun, bir juda katta boyni xotuniga oxshaydi. D a v r o n b e k . Bor, kop sergap bolma, chaqir, kirsun. M e h r i n i s o (eshikdan kirar, sorashur, Advokat joy korsatur, oltirar). Jonginam, opaginang aylansun, sani daragingni eshitub oldinga keldim. Bizani mahallani yaqinidagi Rustambekni ogli ekansan. Opaginang aylansun, man boshimdan otgan sarguzashtlarimni sanga birin-birin soylab berayin, san yaxshigina quloq solub, tinglab, xatga yozub turgin. Opaginang aylansun, qolingga qalam-qogozingni ol. D a v r o n b e k . Xolajon, avval gapiradurgon gapingizni chozmasdan qisqagina qilub gapirung. Qogoz, qalamga navbat keyin keladur. M e h r i n i s o . Opaginang aylansun, dunyoda mani hasratim- ga quloq soladurgon odam ham bor ekan. Dod-faryodimga yetadurgon kishini endi topdim. On besh yildan beri man baxti qaro shorlik 1 ... degan bir qimorbozni qoliga tushub, otga yoqilub, toshga chaqildim. Kuyub-ortanub chob-ustuxon bolub ketdim. Rahmatlik ota-onam bor vaqtida bu yigit olgur erim manga muncha zulm qilolmas edi. Ular ol gandan keyin ayniqsa bu shorlik boshim toqmoq ostida qoldi. Har kun ichgon oshim zahar-zaqqum, korgon kunimni it ham kormasun. Mani muttaham erim qurgur bir kun qimorga yutqizub kelub, alamini 1 Shorlik oqib bolmadi. 42 mendan olsa, bir kun mast bolub kelub, man shorlikni boshiga qiyomat kunini soladi. Ichgon oshim zahar-zaqqum, korgan kunim jahannam! D a v r o n b e k . Xolajon, bu yerga kelishdan maqsadingiz nima shundan gapuring, gapni kob chozmang. M e h r i n i s o . Opaginang aylansun, jonginamni qoqay. Mani hasratlarim juda kop. Bir boshidan sanga tushuntirmasam, maqsadimga yetmayman, alamimdan chiqmayman. «Etni tutogi bit» degandek, mani qimorboz okam qoyarda-qoymasdan, ota-onalarim munga bermaymiz, desalar ham yolgon-yashiqlarni gapurub, maqtab, shu zolimni qoliga mani asir qilub qoydi. On besh yildan beri it azobin tortaman, dard-u hasratlarimni aytayin, desam hech bir jonkuyarim yoq. Bir necha martaba qoziga borub arz qilgon edim, yigitgina olgur erim maruzmi, rivoyatmi, allanima balolar qilub, yana uyiga haydab olib keldi. Manga yol-yoruq korsatadurgon bir jonkuyar bolmadiki, u zolimning qolidan man mushtiðarni ozod qilsa! D a v r o n b e k . Xolajon, endi nima qilmoqchi bolasiz, eringizdan chiqmoqchimisiz? M e h r i n i s o . Opaginang aylansun, ilojini topsam ul zolimni uyida bir nafas ham turmayman. D a v r o n b e k . Eringizni sizga jabr-zulm qilishiga mahallangizni domla-imom, ellikboshilari sizni(ng) tarafingizdan guvohlik beradilarmi? M e h r i n i s o . Opaginang aylansun, ijoraxor imom ila poraxor ellikboshi qachon man mushtiðarni tarafi boladi deysan. Qozixonaga borganda hamma-hallalari muttaham erimni tarafi bolib ketdilar. D a v r o n b e k . Bolmasa, endi eringiz urgan vaqtida qoni- qoshnilaringizdan ikki kishini guvoh qilib manga keling, man ilojini qilaman. Mehriniso(boshini ochub, yarasini korsatur). Opaginang aylansun. Mana otgan kuni urgan. Yarasi hali ham tuzalgani yoq.
43 D a v r o n b e k . Mana, man sizga katta kochadagi doxtur xonaga qogoz yozub beraman. Olib borsangiz, qolingizga guvohnoma qilub beradur. Soat uchda shu guvohnomani olub keling, man sizga tegishlik joyga ariza yozub beraman. Òez fursatda zolim eringizdan qutulursiz. M e h r i n i s o . Opaginang aylansun (ornidan turub), advokatlik oson ish emas, manga oxshagon garib-benavolarni(ng) dodiga etmoq kerak (chiqib ketar). A b d u j a b b o r (orqasidan). Qimorboz erga tegub, kaltakini yeb, boshlarni yorub yurmoq ham oson emas. Davronbek (ornidan turub jiddiyat ila). Oh, zolim madaniyat, bizim turkistonliklarning orasiga qachon kelub tomir yoyasan?! Qachon bizim bu jaholat zindonidan xalos qilasan?! Bizda uy tarbiyasi boshlanub, xotun-qizlarimiz ilm-u maorif ila nurlan- maguncha, bizning oramizda shunday kongilsiz hollar davom etsa kerak. Mana bu xotun bechorani erga bergon vaqtlarida oz xohishi bilan, ozining rizoligi bilan, ozi korub xohlagon eriga bermasdan hayvon kabi kuchlab, qolidan tutub, bir zolimning qoliga berganlar. Bu mushtiðar masumaning butun umri azob- mehnatda, qaygu va kulfatda otub dunyoga kelgoniga-da ming marotabadan pushmon yeb gam zindonida yashagon. Mana bizning oramizdan munday kongilsiz hollarni(ng) yoq qilmoq uchun butun kuch-quvvatimizni(ng) xotun-qizlarimizni(ng) oqutmoq, maorif va madaniyat ila oshno qilmoq yolinda sarf qilmogimiz lozimdur. Shundagina bizlar ham boshqa qavmlar orasinda ortoqchasiga yashamogimiz mumkindur. (Eshik qungirogi jingirlar). Abdujabbor, chiqub qara, yana kim keldi. A b d u j a b b o r (zor berub kulur). Xojayin, bolib qoldin- giz, garchcha moy, beliga qamchin qisturgon bir aravakash, kirsunmi? D a v r o n b e k . Chaqir, kirsun. E g a m b e r d i (kirub, advokat bilan korishub oltirur). Mullo aka, man bechora juda ogir kunga qoldim. Barakal- lachilarning soziga kirub, oz holimga qaramasdan katta toy
44 qilub, qarzdor bolub, bir parcha hovlim qarzimga xatlanub, yaqinda sotiladurgon bolib qoldi. Xotunim tort adad yosh godak bolalarim ila kochada qoladigon boldim. D a v r o n b e k . «Ena oltirishingga qarab chena» degan- dek, kambagal odam nima uchun oz holingizga qarab toy qilmadingiz, nima uchun korpangizga qarab oyoq uzatmadingiz? Egamberdi. Mulla aka, aslo qoyavering, «jin charchaganni urar, dev tegirmonchini», degandek, man shorlikni jin urmasa kochadagi «barakallachi»larning soziga kirarmidim. Òoy qila- digon vaqtimda qarindosh-urugim, yor-dostim juda kopayub ketdi. Har biri manga toyni katta qilmoq uchun nasihatlar qila boshladilar. Ularning sozlariga uchub, mani qarasangiz hotamtoy bolib ketdim. Ozimcha bir qozonchada osh qilub kesdirmoqchi edim. Betahorat benamozni boyniga qoygandek, ikki kun osh berishni gardanimga qoydilar. Undan qarasangiz, xotun «aka» janjal qilub, bir kun «xotun oshi»ni boyinga qoydi. Shunaqangi qilub Aminjon boyni nevaralari uch kun osh berdilarda, kafangado boldilar. D a v r o n b e k . Ozingiz tuppa-tuzukkina tushunadirgon odam ekansiz, nima qilub ularning soziga aldandingiz? Òoyni oz oylaganingizcha qila qolmadingiz? E g a m b e r d i . Ey, mulla aka, man-ku man, ularning gapurgon gapiga siz bolsangiz ham aldanar edingiz. Qoynimni puch yongoqga shunday tolgazdilarki, bor-yogimdan ayrilgandan keyin kozim moshdek ochildi. D a v r o n b e k . Bobolarimizning «otgan ishga okinma», «keyingi pushmon joningga dushman» degon hikmatli sozlari bor. Endi nima bolsa, bolib otmishdur. Asosiy maqsadga keling. Munda kelmoqdan maqsadingiz nima? Hovlingiz xatlangan ekan, endi nima qilmoqchi bolasiz? E g a m b e r d i . Mulla aka, nima qilmoqchi bolar edim. Man bir aravakash odam munaqangi ishlarga aqlim yetadi deysizmi? Miyasini egan ahmoq bolmasam, «barakallachi»larning soziga kirub shu holga tusharmidim. Endi bu xususda maslahatni
45 ozingiz berasiz. Shul toy togrisida mahallamizdagi Orifjon boydan veksil berib, pul qarz olgon edim. Vaqtida tololmadim. Besh-olti kun boldi, hovlimni, uy asboblarimni, xotunimni mollarigacha sudya-pristov olub kelub xatlab ketdi. Shorlik boshim, nima qilishimni bilmay sizning qoshingizga keldim. Endi sizdan yordam bolmasa, mani hech bir jonkuyar, yol korsataturgon kishim yoq. D a v r o n b e k . Hovlingiz ozi necha sarjin 1 ? E g a m b e r d i . Hovlim qirq sarjincha bor. D a v r o n b e k . Yigirma sarjinni xotuningizni mahri deb korsatmoq mumkin. Onangiz bormi? E g a m b e r d i . Yetmush yashar bir mushtiðar onam ham bor. D a v r o n b e k . Qolgan yigirma sarjinini onangizning mahri deb korsatiladur. Boshqa xatlangon mollaringizning ham xotunin- gizning moli deb korsatmoq mumkin. Boy sizdan hech narsa ololmaydur. E g a m b e r d i . Jon mulla aka, bu ishlarni(ng) nima bolsa ham ozingiz togrilaysiz, munaqa narsalarga mening aqlim yetmaydi. D a v r o n b e k . Siz bolmasa soat uchda keling, yaxshilab man sizga ariza yozib beraman. Shul ariza bilan hovlingiz sotilishdan toxtaladur. E g a m b e r d i . Xudo xayr bersun, mandan qaytmasa bola- chaqalaringizdan qaytsun. Manga oxshagan yolda qolgon odamlarga sizdek oqigon-bilgon kishilar dastgirlik qilmasa, kim qiladur. Advokatlikam oson ish emas. Manga oxshagon garib- benavolarga rahnamolik qilmogingiz kerak. (Ornidan turub). Bolmasa soat uchda kelaymi? (Keta turub). Albatta soat uchda kelaman. Jon mulla aka, arizani juda yaxshilab yozib berasiz (chiqib ketar). D a v r o n b e k (Abdujabborni chaqirub). Bir istakon choy olib kel, choyim ham sovub qoldi. Abdujabbor (Istakonda choy olub kelub qoyar). Xojayin, hech narsa chiqdimi? Bu keladigon sirrival- 1 Sarjin olchov birligi. 46 qayroglardan loaqal bizning moyanaga yetadurgon pul- mul kelsa edi, yaxshi bolar edi. D a v r o n b e k . Kop sergap bolma, gap degan bitta boladi. Har narsa qilsam ham, sani bugun bolmasa erta, ozimni hindiga garov qoysam ham, oqcha topub beraman. Bor, oz ishinga bor. Abdujabbor chiqub ketar Mana korasanki, bu dunyodan xabarsiz, ilm-u maorifdan mahrum, madaniyatdan uzoq yashagan bizning xalqimiz hali qanday qizgonch, qanday qorqinch, qanday tahlikali ekanligi oftobdan ham ravshan korinub turadur. Bir kambagal arobakash nodonliq soyasida bidat toy uchun butun bor-yogidan ayrilub kafangado bolgan. Bir necha yildan beri topgan bolalarin oqitmak uchun kerak boladurgon oqchasidan ayrilmoq ila barobar bir parcha hovlisi ila mol va rozgoridan ham butun mahrum bolub jaholat va nodonlik yolida butun oilasi ila qurbon bolgon. Munday bidat va isroflarning yoq bolmogi xalqimizning maorif va madaniyat ila taraqqiy qilmogiga bogliqdur. Agarda biz hozirgi ilm va urfon taraqqiy qilub, butun dunyoga nur sochib turgon bir zamonda eng muhim vaqtlarimizni ana shunday bidat, quruq oyin-kulgi, tortish va talashlar birla otkarsak, dunyo yuzindan inqiroz olamiga qarab ketmogimizga shak va shubha yoqdur. Munday bidat va isroflarni(ng) oromizdan yoqotmak uchun yoshlarimiz butun kuch va quvvatlarini(ng) ilm va maorif yoliga sarf qilmoq ila barobar tish va tirnoqlari ila butun quvvatlarini(ng) bu bidat ishlarini(ng) yoq qi(l)moq yolida tirishmoqlari lozimdur. (Eshik qongirogi jingirlar). Abdujabbor, chiqub boq, tagin qaysi bir bosh ogrigi keldi. A b d u j a b b o r (kelub, zor berub kular). Xojayin, xojayin, men... juda bir qiziq... juda bir galati... hali kelsa korarsiz, kula-kula olarsiz. D a v r o n b e k . Kop sergap bolma, bor chaqir, kirsun. H a y d a r a l i (kirar). Aaaassalom alaykum! 47 D a v r o n b e k . Vaalaykum assalom, hush keling, otiring. Qani, nima xizmat? H a y d a r a l i . Mmmm...an bbbbukun uuuuuch ikki... un bbb..oldi. Uuu...yimdan mol ogurlatgon eee..dym. Bugun daragini ttopdim. Mmmani molimni olgan odam qozog ekan. Endi yugurib sizning oldingizga kkkeldim. Iiiloj qilib shul odamdan mani molimni olub berasiz. D a v r o n b e k . Yaxshi, ortoq, malum boldiki, siz mol yoqotgan ekansiz. Molingizni olgan odam qozog ekan. Daragini topibsiz. Munda nimaga keldingiz? Endi nima qilmoqchi bolasiz? H a y d a r a l i . Nnn...ima qilmoqchi bbb... bolardim, shshsh...ul odamdan mmmani mmm...olimni olib berasiz. D a v r o n b e k . Man qozi emasman, yoki bir amaldor emasman. Birovni molini birovga olib bermoqga mani kuchim yetmaydi. Siz molingizni olgon odamni topsangiz» qoziga chaqirtiring, qozi hukm qilub, molingizni olub beradur. H a y d a r a l i . Mmman ul odamni tttonimayman, lllekin bbbir odamdan eeeshitdim, dddaragini tttopdim. D a v r o n b e k . Bir odamni(ng) ogri qilmoq uchun birovdan eshitgan gap kifoya qilmaydur. Mol ila ushlamoq kerak yoki korgon-bilgon guvoh-isbot kerak boladur. Munaqangi korma- koraki bir odamni(ng) ogri qilub bolmaydur. H a y d a r a l i . Ggguvohlarim bbbor, bbbolmasa siz manga qqqoziga bir ariza yozub bering. D a v r o n b e k . Guvohlaringizni otini, otasini(ng) otini bilasizmi? H a y d a r a l i . Iyyoq, bbbbilmayman. D a v r o n b e k . Bolmasa, borub guvohlaringizni nomlarini, otasini(ng) otini ham turadurgon joylarini, hamda molingizni olgon odamning otini va turadurgon joyini yaxshilab bilub keling. H a y d a r a l i . Mmman xxxat bilmasam, hhhammasini otini esimdan chiqarub qoyaman. Mmmanga shshogirdingizni qoshasiz. Mmman bilan bbborub yozub olub kkkeladur.
48 D a v r o n b e k . Shogirdim sizdan ham battar, xat yozishni bilmaydi. H a y d a r a l i . Bbbolmasa ooozingiz bbborasiz, bbbiz sari qadam bbbosganingizga sizni qqquruq qoymayman. A b d u j a b b o r . Xojayin, bob qoldingiz, bora qoling, ozingiz ham juda zerikib oturub edingiz, oynab kelasiz, ham pul topasiz. Davronbek. Ortoq (kulub) mani juda ishim kob, siz bilan bormoqga qolim tegmaydur. Kob gapni chozmang. Borub, guvohlaringizni yaxshilab bilub, soat uchda keling. Man sizga juda yaxshilab ariza yozub beraman, molingiz tezda qolingizga kiradur... (jiddiyat ila ornidan turub). Mana korasiz, bizning xalqning holi! Hammasini(ng) yigishtirib kelsangiz, bir pichoqga sop bolmaydur. Bir tarafdan, bularning nodonliklariga va ahvoli olamdin xabarsizliklariga ich-ichingdan yonsang, ikkinchi tarafdan bularning yana ketayotgan vaqtlarida ham «...advokatlik osonmi?» deb masxara qilub ketishlari jigarimni boshini ezadi. Yoq, hali ham bolsa tezda jinni bolmasdan ilgari bu taxta-oqlogini yigishtirub, birorta kantorga xizmatga kirmasam, yaqin fursatda bu johil va nodon, oz haq va huquqini anglamagan xalqlarga foyda yetkuraman, deb oz jonimga jabr qilmoq ham durust emas. Shul togrida bobolarimizning hikmali sozlari bor: «Qaromug 1 donasi bolguncha, bugdoyning somoni bol, yamonning yaxshisi bolguncha, yaxshining yamoni bol». Albatta, bu soz togri sozdir. (Oynaga qarab, u yog-bu yogini tuzatub, soatiga qarab). Soat bir bolub qolubdur. Har nima bolsa ham bir dafi savdo uchun shahardan tashqari birorta ortogimning bogiga borub yuragimni chigilini yozub kelmasam, sil bolishumga sagal qolur. (U yog-bu yogini tuzatub, Abdujabborni chaqirub). Abdujabbor, san hech yoqga qimillama, boyagi ikki odam guvohnoma olib kelsa, olib qol, boshqalari kelsa, aytgilki, advokat bugun juda uzoq bir joyga 1 Qaromug yovvoiyi osimlik turlaridan biri. 49 mehmon bolub ketdi, ertaga keling, deb jonatib yubor. Òagin eshikda mani poylashub oturmasun. Man kechqurun soat beshda kelaman (chiqub ketar). Abdujabbor. Bu bizni advokat xojaynimizni ozi ishni kozini yaxshi bilmaydi. Xalqni aldab, pulini olish ilmini organgan emas. «Lolini eshagini sugor, pulini ol», degan eski zamondan qolgon gapga ham aqli yetmaydur. Oldiga kelgon odamlarning bariga unaqa qil, munaqa qilub kel (deb), hammasini oldidan quruq chiqarub yuboradur. Ularga togrisini gapuraman deb, unaqangi-munaqangi deb ertalabdan-kechgacha boshlarini qotirub otiradur. Bizning odamlarga unaqa-munaqa deb falsafa sotish kerak emas, ish qilmoq kerak, ish korsatmoq kerak, yol topmoq kerak. Pul, ey qurboning bolay oqchajon, toram, sira pul bechora Abjabbor akanga ham yuzingni korsatasanmi, yoqmi?.. Shoshmang, mana, man hozir pul topishni hiylasini topdim. Korasiz, man advokat bolsam, pulni nishobini qanday ozimga ogdirar edim. Bizning advokat togomiz ozi ishning kozini bilmaydur. Mana man hozir advokat bolaman, korasiz; man qanday pul topaman (yugurib borub osigliq turgon advokatning eski kiyimlarin kiyub, advokat bolub oltirub, papiros chakur). Yuqorida zikr qilinmish kishilar birin-ketin kelub, ariza yozdirurlar. Har birlarining arizalarin juz'iy chaqiriq qilub, chizub konvertga solub, qollariga berub, jonatub, har birlaridan bir- ikki, uch, tort somdan pul olur. A b d u j a b b o r (ozidan-ozi kulub, suyunib). Mana kordingizmi, bizning advokat ozi ishning kozini bilmaydur. Ul ertalabdan beri jigarini xun qilub, bir tiyin ham topgani yoq edi. Man yarim soat ichida yigirma somga yaqin pul topdim. Har narsaga ham hunar kerak, hunar! Shul vaqt eshikdan hamma ariza yozdirgonlar kelub, advokatning xizmatchisi ekanini anglab, yaxshilab ururlar. Parda tushar 1914 4 Adabiyot, III 50 Abdulla Avloniy maqolalaridan KIM NIMANI YAXSHI KORAR? Ehtimol, bizning xalq ilm-u marifatni, tarbiya va talimni, hunar va sanoatni yaxshi korar, deb oylaydurgondursiz? Yoq, bu fikringiz yonglish. Eshonlarimiz toat va ibodat, pand-u nasihat, zikr-u tasbeh orniga toylarda ton kiyub kop oshab, kop uxlashni yaxshi korurlar. Ulamolarimiz dars-u talim orniga, bir-birlari ila orun talashib mukarrir va mudarris bolishni, ozlari bololmay kolsalar, eshikma-eshik yurub saylovni buzishni yaxshi korurlar. Imomlarimiz, xaloyiqga vaz va nasihat orniga, toy va janozalarda yurub, joma kiyishni yaxshi korurlar. Boylarimiz orqa-onglariga qaramasdan, foyda va zararlarini oyirmasdan bir-birlariga raqobat qilaman, deb «bonka» va «kridit»larini kopayturub, doffilari tor kelganda rus va yahudiylarning mollarini bukub-sinishini yaxshi korurlar. Moysafidlarimiz namoz va niyoz orniga, masjid eshigiga yigilub oturub, har kimni giybat va shikoyat qilishni yaxshi korurlar. Muallimlarimiz bir-birlaridan qizgonishub, bolalarni arzon oqitaman deb, bir ozlariga yuz, yuzdan ortuq bola yigub, ozlari toy va marakalarda bolalarning umrini bekor otkarishni yaxshi korarlar. Savdogarlarimiz: «Toylikni toyi otar, toysizni kuni otar» degan sozga amal qilmay, qaysi mahallada toy Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling