Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2010
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
deylar. Biroq beklar, el boshliqlari bu ishga konmaylar. Chingiz avlodi bolmagon kishi xon bola olmas, deylar. Mana shu sozlar, boshqa odamlarni bir oz tushundiradir. Shunga bir chora qilishingiz kerak.
R a h i m b i y . Qanday chora? M i r V a f o . Buning chorasi qulay, mullolardan bir fatvo olasiz. Shuning bilan bitadir. R a h i m b i y . Uni qilamiz. Yoldosh. Yana bir qiziq gap bor. Erondan kelturgan qonoqlaringiz boshimizga bir balo chiqarmasalar yaxshi edi. R a h i m b i y . Nima qildilar? (Yurar). Y o l d o s h . Buxoroni mangitlardan tozalash kerak, deb soz torqatar ekanlar. Bir necha beklarimizga kishilar yuborib, «Siz ishga kirishingiz, biz yordam qilamiz», deganlar, Ab- dumominxonni arkdan qochirib, songra siz bilan urushmoqchi ekanlar, degan xabarlar bor. R a h i m b i y . Ahmoqlar, Buxoroda nima ishlari bor ekan?! Nodirshoh oldirilgan, yurtlari buzulib turadir. Borib, oz ishlarini tuzatsunlar. M i r V a f o . Bek, Abdumominxonning ishini bir yoqlik qilmasangiz, yana bir janjal chiqar. R a h i m b i y (Mir Vafoga). Siz buni chiqarib yuboring, Oxun bilan Qozi Nizomni menim yonimga chaqiring. Ozingiz Eron qoshuniga borib, sardorlarga ayting, ozlarini kormak istayman, kelsunlar.
81 Doniyolbiy kelar, Mir Vafo bilan qalandar unga salom berib chiqarlar. D o n i y o l b i y (Rahimbiyga). Bu qalandar kim? R a h i m b i y . Òonimaysizmi? D o n i y o l b i y . Òonishga oxshaydir. Rahimbiy. Bir kecha otam bilan oturgonimda kelgan edi-ku. D o n i y o l b i y . Ha... Bu bor ekan. O... shuning sozlarini eslaysizmi? Karomati bor ekan. Boya aytsangiz edi, duosini olar edim.
R a h i m b i y . Ha, yana kelar. D o n i y o l b i y . Ibrohim kenagasni kelturdilar. R a h i m b i y . Qani? D o n i y o l b i y . Saqlovda turubdur. R a h i m b i y . O, bola! (Xizmatchi kelar.) Saqlovga chiqib ayt, Ibrohim otaliqni keltursunlar (Xizmatchi ketar.) D o n i y o l b i y . Qollarini boglab kelturganlar, bechora qarib qolgon.
R a h i m b i y . Kozi kormaydirmi? D o n i y o l b i y . Yoq, kormaydir, bechoraning duosini olsan- giz, yaxshi bolur. R a h i m b i y . Albatta, unga hurmat qilamiz. (Bir kishi Ibrohimbiyni kelturar, qollari boglangon, kozi kormaydir). Otaliqning qollarini och! (Haligi kishi Ibrohimbiyning qollarini ochar). Otaliq amak, oturingiz, qalaysiz? I b r o h i m b i y (oturar). Kozim kormaydir. Siz kim bolasiz? R a h i m b i y . Òonimadingizmi? Men Rahimbiy. I b r o h i m b i y . Ha, tonidim, tonidim. Xudoga shukur, yaxshiman. D o n i y o l b i y . Hali meni ham tonimasangiz-chi, otaliq! I b r o h i m b i y (bir oz oylab). Siz Doniyolbiy emasmi? D o n i y o l b i y . Òopdingiz. I b r o h i m b i y . Qalaysiz, uka? Korushaylik-ey... (Qollarini uzatar, korusharlar). Eskilardan yolgiz siz qolibsiz. Rahmatlik akalaringiz olganlar ekanlar. 6 Adabiyot, III 82 D o n i y o l b i y . Ha, Tangri yorlaqasun, oldilar. I b r o h i m b i y . Hay, dunyo shunday ekan, bitta kelib, bitta ketar ekan-da. R a h i m b i y . Otaliq amak, meni qutlamaysizmi? I b r o h i m b i y . Sizni nega qutlay ekanman, jiyanim? R a h i m b i y . Dushmaningizni oldurdim. (Oturar). I b r o h i m b i y . Siz oldurmaganda, ozi olmasmi edi? R a h i m b i y . Shunday ekan, siz nega unga yozgirib shuncha urushdingiz? I b r o h i m b i y . U elga yomonlik qildi. Yurtni taladi, hukumat ishlariga qaramadi. Kecha-kunduz chogir ichib yotdi. Men uning shul ishlariga qarshi bolub urushdim. R a h i m b i y . Men nima qildim?! I b r o h i m b i y . Siz bu ishlarni ozingiz uchun qilasiz-ku, chogi!
R a h i m b i y . Qaydan bildingiz?! I b r o h i m b i y . Rahmatlik otangizning Nodirshoh etagiga yopishqonini bilar edim. Siz ham Nodirshohga bordingiz. Uning qoshunini kelturdingiz. Abulfayzxonni oldurgandan songra butun ishni oz qolingizga olib turubsiz. R a h i m b i y . Abdumomin torani xon kotarganimizdan xabaringiz yoqmi, amak? I b r o h i m b i y . Abdumomin tora on besh yashar bir bola. Uni xon kotardingiz nima, kotarmadingiz nima! R a h i m b i y . Siz bolgonda, nima qilar edingiz?! I b r o h i m b i y . Men bolgonda, Abulfayzxonni tushurgach, qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning otaligini el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edim. R a h i m b i y . Mana, el boshliqlaridan bittasi siz. Elingiz kenagas, Buxoroning tubchak, buyuk bir eli. Kelingiz, bunday manosiz sozlarni qoyingiz, birgalashib, kengashib ishlaylik. Abdumominxonning hukumatini biriktiraylik. I b r o h i m b i y . Men juda yaxshi bilaman, siz shu kun-erta Abdumominni ham otasining orqasiga yuborib, taxtini olarsiz.
83 Jiyanim, men Abulfayzxon bilan urushdim, chunki ul haqsizliq qilgon edi. Siz bu kun undan ortuq haqsizliq qila turubsiz. Kozim bolsa edi, ertadan boshlab, siz bilan ham urushar edim. Nima qilaykim, kozim yoq. Hay, siz-ku Buxoro taxtini olarsiz, Abdumominni oldurarsiz. Balkim menim ham oldurarsiz, biroq shuni bilib qoyingizkim, bu taxt sizning bolalaringizga yuqmagusidir. Oxun bilan Qozi Nizom salom berib kelarlar. R a h i m b i y . Marhamat qilsunlar. (Ibrohimbiyni korsatib). Otaliqni tonimadingizmi? O x u n (Ibrohimbiyga qaragandan song). Kenagas otaliqmi? Korushaylik-ey... (Ikkalasi borib korushgach, oturarlar). Q o z i N i z o m (Ibrohimbiyga). Otaliq, xudoga shukur qilingiz. Bekning gayratlari bilan dushmanlaringiz yoqoldilar. Emdi qolgon umringizni shu kishining kolagasinda tinchgina otkararsiz. Ibrohimbiy javob bermaydir. R a h i m b i y . Bir-ikki shariy masala bor. Shuni soramoq uchun sizlarni chaqirdim. O x u n . Marhamat qiling, taqsir! R a h i m b i y. Shul tort-besh kunlik janjalimizda Abulfayzxon bilan yana bir necha kishi oldilar. O x u n . Ha, taqsir... R a h i m b i y . Bunlarning olumiga men sabab boldim. Shuning shariatda hukmi nima bolsa? O x u n. Òaqsir, ha, taqsir, masalan, bolvoi omda olganlarning qotili hech kim bolmaydir. Unlar bolvoi omga sabab boldilar, ozlari oldilar, shariatning hukmi shudir, taqsir. Q o z i N i z o m. Abulfayzxon hukumat ishlarini bajara ol- madi. Shuning uchun hukumatni boshqa kishiga topshurmogi kerak boldi. Buni qilmogoch, jazosini kordi. R a h i m b i y . Bizning oramizda bir soz bor: «Chingizxon avlodidan bolmagon kishi xon bola olmaydir» deylar. Bu togrinda shariatning hukmi nima bolsa?
84 O x u n . Shariatda bunday bir narsa yoqdir. Kimning qolindan ish kelsa, shul xon bola beradir. R a h i m b i y . Shul eski masala togrisinda rivoyat berasizmi, taqsir? Q o z i N i z o m . Albatta, beramiz. R a h i m b i y . Erta shuni yozib kelturingiz! O x u n . Xob bolubdir. I b r o h i m b i y. Rahmatlik Rajabxon bilan birlashib, Abul- fayzxonga qarshi urushgonimizda, shunday kengashgan edikkim: Buxoroga borib kirsak, butun mullolarni bir madrasaga solib, ot qoyamiz-da, hammasini yondiramiz. Elimizni buzub, rasvo qilgon shunlar. Bunlar diningizni tuzatamiz, deb dunyomizni murdor qildilar. Q o z i N i z o m. Nima qildik biz?! I b r o h i m b i y. Siz Qozi Nizom emasmi? Q o z i N i z o m. Ha, men Qozi Nizom. I b r o h i m b i y. Òuna kun Abulfayzxonni soyai xudo deb oyoqlarini opmagon edingizmi? Abulfayzxon xotunlar bilan ichishib yotgon bir kechaning ertasinda, uning oldiga kelib: «Bu kecha tushimda paygambarni kordim, sizni sorab yubordilar», deb, chopon kiyganingizni unutdingizmi? Òuna kun sizga chopon bergan soyai xudoning olimiga bu kun fatvo berasiz, hech uyolmaysizmi? Òushingizda Abulfayzxonni soragon paygambar, yana bir yola tushingizga kirib, uni sorasalar, nima deysiz? Bunlar oz emish kabi Chingizxonning yasogini ham yoq qilmoqchi bolasizmi? D o n i y o l b i y . Otaliq aka, shariatning hukmi shu ekan-da. I b r o h i m b i y . Men shariat-mariatni bilmayman. Ishingizni togrilamoqchi bolsangiz, qurultoy chaqirasiz. Bunlarning sozi yarim chaqaga arzimaydir. Mir Vafo kelar. M i r V a f o . Eron sardorlari keldilar. R a h i m b i y (Doniyolbiyga). Otaliqni siz qonoq qilingiz. Bu kishiga yaxshi qarashib, hurmat korsatingiz. (Mir Vafoga). Siz sardorlarni kelturingiz. (Doniyolbiy, Ibrohimbiy, Mir Vafo
85 chiqarlar. Rahimbiy mullolarga soylar). Men Eron sardorlarini chaqirdim. Eron qoshuni Buxoroda qola bersa, yaxshi bolmaydir. Buxorodan chiqib ketishlarini taklif qilaman. O x u n . Kop yaxshi qilasiz, bek. Kelgan qonoqning ketishi yoqmi? Buxoroda nima ishlari bor? R a h i m b i y . Bu kecha menim sozimni tinglamay, yana Bu- xoroda qolmoqchi bolsalar, bu togrida erta sizlar bilan boshqacha kengasharmiz. Albatta, erta shul rivoyatlarni olib kelarsiz. Oxun, Qozi Nizom. Xob bolubdir. (Òurarlar). R a h i m b i y. Ketasizmi emdi? O x u n. Ketaylik, bek. R a h i m b i y . Xob. Oxun bilan Qozi Nizom chiqadi, Mir Vafo bilan Eron sardorlari Husaynxon, Ahmadxon kelarlar. Salomdan song oturmasdan soylasharlar. H u s a y n x o n . Chaqirgon ekansiz, keldik, bek! R a h i m b i y . Hush keldingiz. Sizni chorlatqonimning sababi shul: aziz qonoqlarimiz bolgon Eron qoshuni biz uchun kop musofirchiliq chekdilar. Shukur, mana olkamiz tinchlanib qoldi. Eshitishimizga kora, podshohimiz Nodirshoh shahid bolgonlar. Endi bu aziz qonoqlarga xizmatlariga yorasha, jaldular 1 berib, yurtlariga qaytorsak, bizdan rozi bolurlarmi? H u s a y n x o n . Bek, qarorimiz boshqacha edi. Bizga Abulfayzxonni omon-eson Eronga erishdirmak xizmati topshu- rulgon. Siz Abulfayzxonni bizga qachon topshursangiz, biz shul daqiqada chiqib keta berarmiz. Xonni topshurmay ekansiz, Eron qoshuni ham yota beradir. R a h i m b i y . Nodirshoh olmaganda, men Abulfayzxonni, albatta, siz bilan yuborar edim. Bu kun Nodirshoh olgan. Eronda Abulfayzxonning hech kimga kerakligi yoq. Shuning uchun xonni sizga topshurmoqning manosi qolmagon. 1 Jaldu mukofot. 86 H u s a y n x o n . Nodirshoh olgan bolsa, Eron tirikdir. Eron podshohi: «Abulfayzxonning jonini qutqaringiz», deb edi oz qoshuniga. Biz uning shul buyrugini yeriga kelturarmiz. R a h i m b i y . Mayli. Bizning xon sizga shuncha lozim ekan, chiqarib berar edim, biroq u kishi shu kun ertalab ozlarini oldurganlar. Oluklarini sizga chiqarib bermak unumsizdir. H u s a y n x o n. Nima, Abulfayzxon oldimi? R a h i m b i y. Shu kun erta bilan ozlarini pichoqlab oldirdilar. (Eron sardorlari hayrat bilan bir-birlariga qaraylar. Rahimbiy sozining tasirini korgach, gapura berar). Aziz qonoqlarim! Abulfayzxon oldi. Sizning bunday yot olkada boshsiz, tilaksiz turushingiz foydasiz bir ish. Elimiz Nodirshohning olganini eshitsa, sizni tinch qoymasa kerak. Xazinadan sizlarga yigirma ming tangadan pul beraylik, qoshuningizga ulashib beringiz-da, yurtingizga qarab keta beringiz. A h m a d x o n . Bek! Biz bu ishdan bir narsa onglayolmadik. Xonni kim oldirgan? Ozimi, dushmanlarimi? Bu ochiq bilinmadi. Biz, qoshunimizga qaytib kengasharmiz. Qanday bir qarorga kelsak, sizga bildurarmiz. R a h i m b i y . Xob, qachon bildurarsiz? A h m a d x o n . Erta bildursak kerak. R a h i m b i y . Xob boladir. Shunday qilingiz. H u s a y n x o n . Xudo hofiz, bek! R a h i m b i y . Xudo hofiz. Eron sardorlari chiqib ketarlar. R a h i m b i y . Siz Ordaga boringiz. Abdumominxonni koringiz. Eron sardorlari sizdan fotiha olib, yurtlariga qaytar ekanlar, deb bu yoqqa yuboringiz. Ozingiz keta beringiz. Mir Vafo ketar. R a h i m b i y (yolguz yurub soylar). Emdi ikkinchi bosqichni bosmoq kerak. Bu qogirchoqni yoq etmasak, boshimizga bir balo chiqgusidek korinadir. (Kissasindan bir kichkinagina shishacha
87 chiqarib, shunda turgon sharbat shishasiga agdarar. Yana yura boshlab, birdan kular). Eron sardorlari buning ham olganini eshitsalar, ozlari qochib ketarlar. Biz tutmoqchi bolsak ham turmaslar. Abdumomin kiyinib, toj qoygoni holda kulub kelar. A b d u m o m i n x o n. Bek bobo, meni chaqirdingizmi? R a h i m b i y. Ha, oglim, sizni chaqirdim. Eron sardorlari yurtlariga qaytar ekanlar. Sizni korub fotiha olarlar. A b d u m o m i n x o n. Qani? R a h i m b i y. Kelarlar. Siz taxtga chiqib oturingiz. (Abdu- mominxon taxtga chiqib oturar). Eron sardorlari kelganda: «Nechun ketasiz, bizning Buxoroda qolsangiz bolmasmi?» deb qarang. Unlar: «Yoq, ketamiz», deylar. Songra: «Bunlarga yigirma ming tangadan pul berulsun», deb menga buyuringiz. A b d u m o m i n x o n . Xob. R a h i m b i y (Sharbat shishasiga yondoshib, shundan bir piyola ichgan bolub). Bay-bay-bay, yaxshi sharbat ekan-da, siz tomoq edingizmi? A b d u m o m i n x o n . Ha, edim. R a h i m b i y . Bir piyola ichasizmi? A b d u m o m i n x o n . Hay, ichaman. (Rahimbiy piyolani toldurub berar. Abdumominxon birdan ichar). Bir oz achchigmi? R a h i m b i y . Bir oz... (Piyolani olib joyiga qoyar). Albatta, foydali dorular solingondur. Erta Qozi Nizomga mirasadlik oruni bersangiz bolurmi? A b d u m o m i n x o n . Bolur. (Yuragini tutub). Yuragimni yondurub yubordi, bu nima edi? R a h i m b i y . Menga bir narsa bolmadi-ku! A b d u m o m i n x o n (ikki qoli bilan kokragini tutub buruladir). Voy, yondim. (Yalinar). Bek bobojon, bu nima edi? Yondim! R a h i m b i y . Jim turingiz, hech narsa qilmaydir. A b d u m o m i n x o n (chiday olmay). Voy, yondim... bir oz suv beringiz! (Abdumominxonning kozlari olayib, yuzi buzila 88 boshlar). Yondim, bir oz suv beringiz! (Qusmoq istaganda, taxt- dan yumalab, tubanga tushar. Rahimbiyning singirlari buzular, kuchli bir vijdon azobiga uchragan kabi devorga tayanib, kozlarini Abdumominga tikib qotib qolar. Qusib, tolpinib, qiynalib yotgon Abdumominxon birdan boshini kotarar). Jallod! (Rahimbiy seskanar). Meni ham oldurdingmi?! (Yana yiqilib, tolpina-tolpina jon berar). Kok gumburlar, qattiq bir yel esib, shamlarni ochurar. Shu tobda taxtning bir chetidan, yigirma yashar eronli bir aft-bir xayol chiqar. Sochi orqaga qaytarilib, boyni togrisindan kesilgan, boshi yalang, egnida kafan, ogir yurub Rahimbiyning qarshisiga borib turar. Rahimbiy juda qorqub, qattiq titrar. R a h i m b i y (boguq). Bu kim?.. Kim bu?.. Xayol qoli bilan imlagach, parda ochilib, oluklar turgon boyagi zindon korinur. X a y o l (ogir tovush bilan shul forscha nazmni oqur). Surati adli xisravon in ast (Zindonni korsatur), Zulm dar olami garaz din ast. Ojizonro dihand gutta ba xun (Oluklarni korsatur), Òo shavad xilvati havas gulgun. Adl in rang tuxmi rafat kosht, V-ey agar zulm teg mebar dosht. 1 R a h i m b i y . Bu kim?.. X a y o l (taxtga qarab). Ey qora kuch, ey qurub ketgur taxt! Hech gunohi bolmagon bolalardan, tog kabi yigitlardan millionchalari sen uchun qurbon bolub ketarlar. Insonlar tomonidan yaratilgon minglarcha tangrining eng buzuqboshi, eng shumi! Ey, qop-qora saodat, sensan?! Ostingda qolgonlarni ezguchi 1 Dosht bu tizim Bedildandir. 89 bir falokat yuki bolgoning kabi, ustingga chiqqonlarning borliqlarini yondirguvchi bir olov tepasidirsan! R a h i m b i y . Kim bu?! (Qorqa-qorqa ikki odim ilgari bosib, bir narsa soramoqchi bolar. Xayol soylagach, yana qorqub, keyinga qaytar). X a y o l . Sen fazilatlik bilimlarning qol, qanotlarini uzub tashlading. Inju tizguvchi adiblarning qalamlarini ochoq supur- gusiga aylanturding. Ota pichogi bilan bolalarini bogizlading. Bola xanjari bilan otalarni yiqitding. Dostlarni bogushturding, ortoqlarni urushturding, dalaning erkini, shaharning tinchini, erlarning gayratini, xotunlarning ismatini talatding. Otamdan qochib, oziga sigingonim holda uyolmayin boshimni kesdirgan Afrosiyobingdan mana shu kimsasiz bolani ogulab, yiqitqon Rahimxoninggacha minglarcha yirtqich xoinlarni sen yaratding, sen yashatding. Ey, insonning dushman tangrisi, qachongacha bu ongsizlar todasini ozingga ham topindirub, ham qurbon qilarsan?! Ey, boyqushlar qafasi, bunday dev ishtiholik hayvonlarning qoli bilan qachongacha dunyolarni bir-biriga urub turasan?! Òinchlik saqlamoq bahonasi bilan millionlarcha inson komasini chuqurdan-chuqurga yumalatmogingning zamoni hanuzgacha bitmadimi?! R a h i m b i y (oylar). Afrosiyob, deydir. Otamdan qochdim, deydir. (Bir-ikki odim ilgari bosib, qorqa-qorqa). Sen kimsan?! X a y o l . Men... sening kabi bir zolim qolinda mana shuning kabi (Abdumominning olugini korsatur) hech bir narsani bilmayin, onglamayin bogizlangon bir mazlum Siyovush!.. Ey, qora yurakli boyqush, bundan senga qolgon vayronani qutlamoq uchun keldim. Insonliq dunyosi esini bir joyga toplab, oz ishiga ozi ega bolgoncha, sen ham, sening kabilarning ham ixtiyoringizdadir. Istaganingizcha hukm sura olarsiz. Sekin-sekin uzoqlanib yoqolar. R a h i m b i y . Siyovush... Siyovush. (Xayol tomonidan tortilgon kabi uning ketidan yurub sahnadan chiqar). Parda tushar 90 Fitrat sheriyatidan BIR OZ KUL! Koz yoshlarim bukun tagin oqarmi, Qizil gulim boshqalarga kular-da? Qizil gulim, borligimning sultoni, Jonim sening xayolingdan kuchaydi. Yuragimning eng qimmatli armoni, Nechun menga marhamating ozaydi? Ikki kozim, malak yuzim, sevdigim, Jonlar sening yuzginangdan aylansun. Qizil gulim, qora kozim, tilagim, Dunyo sening boqishingdan orgulsin. Yovuz yorim, yuzingga hech boqolmam, Kongil dardin oyogingga tokolmam, Òuproq kabi yiqilmisham yolingda, deya olmam; Istar esang menga kelib gapirma, yonimda hech otirma: Yolguz yiglab turganimni uzoqdan Korganingda marhamat et, bir oz kul!
MIRRIX YULDUZIGA Gozal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqgoni, Nega bizdan qochib muncha uzoqlarga tushibsan? Òuvgoningga nechun sira gapurmasdan turibsan, Soyla, yulduz, holing nadir, nechuk topding dunyoni? Bizning yerda bolib turgan tubanliklar, xorliklar, Soyla, yulduz, sening dagi quchogingda bolurmi? Bormi senda bizim kabi insonlar, Ikki yuzli ishbuzarlar, shaytonlar, Ortoq qonin qonmay ichkan zuluklar,
91 Qardosh etin qoymay yegan qoplonlar? Bormi senda oksuz yoqsulning qonin Gurunglashib, chogir kabi ichkanlar? Bormi senda butun dunyo tuzugin Oz qopchigin toldirgani buzganlar? Bormi senda bir olkani yondirib, Oz qozonin qaynatguvchi xoqonlar? Bormi senda qorin, qursoq yolida Elin, yurtin, borin-yogin sotqonlar? OQIÒGUVCHILAR YURÒIGA Orqadoshlar, toplanaylik jahlning uyin yiqqali, El kozin olgan qorongu pardalarni yirtqali. Biz erurmiz marifat arslonlari, ilm erlari, Òoplanaylik turk eliga togri yollar ochqali... Ellari mahvdan qutqaran ilm erur, Bizlari ham bu kundan ozi qutqarur. Biz erurmiz elning insonlik qonin qaynatguchi, Òurk asrlonlarin orunsiz uyqudan uygotguchi. Marifat bayrogi ostida yigildik barchamiz Kim, bizi otganlara haq yollarni korsatkuchi... Ellari mahvdan qutqaran ilm erur, Bizlari ham bu kundan ozi qutqarur. Haydang, ortoq, qutqorayliq jahldan quvronlari Yoritaylik marifat nuri-la Òurkistonlari. Ilm ochogida etishgan er yigitlar, toplaning, Qochdiraylik jahl ordusin, ochaylik onglari!..
92 HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY (18891929) Otgan asr boshida oz sheriyati, dramatik va nasriy asarlari bilan ozbek soz sanatining yangicha taraqqiyotiga ulkan hissa qoshgan Hamza ayni choqda ozbek maorifi hamda teatr madaniyati tarixining ham yorqin siymosidir. Nihoniy taxallusida bitgan devoni, «Milliy ashulalar uchun milliy sherlar majmuasi» toplamlari, darsliklari, sahna asarlari va faoliyatiga xos barcha samaralar yuksak goyaviy-marifiy ahamiyatga ega. ZAHARLI HAYOÒ YOXUD ISHQ QURBONLARI (Fojiadan pardalar) Òurkistonning oz maishatidan olingan qiz va kuyov fojiasi M i r z o H a m d a m b o y orta boylik, mosh-gurunch soqol, qizil yuzli, ortacha kiyingan, 55 yoshda, ozi davlatlik bolsa ham, ilm-marifatdan yiroq kishi. A b d i q o d i r b o y Mirzo Hamdamboyning oshnosi. Mahmudxonga muhabbatlik, bir ozgina zamondan xabardor kishi. Uzun boylik, qora soqol, rasmiy kiyingan. M a h m u d x o n xiðcha boylik, xushmoylab, soqolsiz, sochlik, kozida oynak bor, butun ovrupocha kiyingan, demak, eng yuqori darajada ochiq fikrli, xususiy muallim olub oqimish, Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling