___________XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –6-1/2023
8
Kserofil turlar:
Gibbulinopsis signata, G. nanosignata, P.bigranata,
Truncatellina callicratis,
T.costulata,
Xeropicta candacharica, X. krynickii kirib, bular yashaydigan biotoplardagi substratning
namligi 50% gacha bo’ladi.
Mezokserofil turlarga
Sphyradium doliolum, P. triplicata, Pseudonapaeus albiplicatus, Ps.
sogdianus, Chondrulopsina intumescens, L. mesoleuca, kirib,
ular ham mezofil, ham kserofil
biotoplarda tarqalgan. Bunday tarqalish ko‘proq ozuqa omillariga bog‘liq holda bo‘ladi.
Kriomezokserofil turlar, sovuqsevar, quruqchilikka chidamli bo‘lib, unga
Pupilla turcmenica,
P. sterrii, Pyramidula rupestris, C. columella turlari kiradi. Ekologik
guruhlarni foizga nisbatan
holati diagrammada keltirilgan (2-rasm).
2-rasmdagi diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mezofil
ekologik guruhlar turlar
soniga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etib, 20 tur kirib, foizga nisbatan 44,44% teng. Qolgan guruhlar:
gigrofillar 8 tur yoki 17,77%, kserofillar 7 ta tur 15,55%, mezokserofil 6 ta tur 13,33%,
kriomezokserofil guruh vakillari turlar soniga nisbatan kamchilikni 4 tur 8,88% ga teng.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston shimoli-g‘arbiy qismida tarqalgan 45
tur quruqlik
mollyuskalari asosan gigrofil, mezofil, kserofil, mezokserofil, kriomezokserofil ekologik guruhlarga
ajratildi. Mezofil ekologik guruhlar turlar soniga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etib, 20 tur kirib, foizga
nisbatan 44,44%, qolgan guruhlar: gigrofillar 8 tur yoki 17,77%, kserofillar 7 ta tur 15,55%,
mezokserofil 6 ta tur 13,33%,
kriomezokserofil guruh vakillari turlar soniga nisbatan kamchilikni 4
tur 8,88% ga teng akanligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: