Хоразм маъмун академияси ахборотномаси
Download 7.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2023-6-1 merged
- Bu sahifa navigatsiya:
- XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________ 9 Ключевые слова
Kalit so’zlar: Fanerofit, kamyob, endem, ekotizim, dorivor, bakteritsid.
Аннотация. В данной статье Juglans L., распространенный во флоре Узбекистана. посвящен таксономическому анализу видов рода. Juglans L., распространенный во флоре Узбекистана. Представлен таксономический анализ, географическое распространение, биоэкологическое описание, лечебные свойства и экземпляры, хранящиеся в гербарных фондах вида.. XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6-1/2023___________ 9 Ключевые слова: фанерофит, редкий, эндемичный, экосистемный, лекарственный, бактерицидный. Abstract. This article is devoted to the taxonomic analysis of Juglans L. species distributed in the flora of Uzbekistan. Taxonomic analysis, geographic distribution, bioecological description, medicinal properties and specimens stored in herbarium funds of Juglans L. species distributed in the flora of Uzbekistan are presented. Key words: Phanerophyte, rare, endemic, ecosystem, medicinal, bactericide. Dunyoda inson faoliyati ko’lamining keskin ortishi biologik turlar va ekotizmlar xilma- xilligining o’zgarishi hamda ular sonining qisqarishiga sabab bo’lmoqda. Shu nuqtai nazardan flora tarkibi va undagi o’zgarishlarni aniqlash, kamyob va endem turlarni saqlab qolish choralarini ishlab chiqish tabiatni muhofaza qilishning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammolarni Respublika miqyosida hal etilishi uchun turli qonun va qarorlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrdagi 409-son “O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi” qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-son “2013-2017-yillarda O’zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo’yicha harakatlar dasturi to’g’risida” gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2020-yildagi PQ-4770-son “Yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston florasida tarqalgan Juglans L. turkum turlarining taksonomik tahlili qilindi. Juglans L. – Грецкий орех – Yong’oq turkum turlari Juglandaceae – Ореховые – Yong’oqdoshlar oilasiga mansub bo’lib, Juglans L. turkum turlari hayotiy shakliga ko’ra fanerofit (F) o’simliklar guruhiga kiradi [С. Raunkiaer 1934]. Juglans L. turkumi faqat 1 ta tur (Juglans regia L.) bilan namoyon bo’lgan [2]. “O’zbekiston florasi” da keltirilgan ma’lumotlarga asosan O’zbekistonda Juglans L. turkumiga kiruvchi (Juglans regia L., Juglans fallax Dode, Juglans kamaonia Dode, Juglans nigra L. hamda Juglans mandshurica Max. lar) 5 turi haqida ma’lumotlar keltirilgan. [3]. Quyida Juglans L. turkum turlarining O’zbekistonning ba’zi hududlarida tarqalgan turlar soni keltirilgan (1-jadval). Download 7.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling