1-jadval
Juglans L. turkum turlarining O’zbekistonning ba’zi hududlarida tarqalgan turlar soni
№
Hududlar bo’yicha
Tur soni
Hududni o’rgangan olimlar
1.
Nurota davlat qo’riqxonasi
1
N. Yu. Beshko 1999
2.
Surxon davlat qo’riqxonasi
1
A. J. Ibragimov 2010.
3.
Boysun botanik-geografik rayoni
-
O. T. Turginov 2017.
4.
Molguzar tizmasi
1
D. E. Azimova 2011.
5.
Janubiy-g’arbiy Tyanshan
1
K. Sh. Tojiboyev 2010.
6.
Zomin davlat qo’riqxonasi
1
A. S. Esanqulov 2012.
7.
Buxoro vohasi
-
H. Q. Esanov 2017.
Juglans regia L. Spec. Plant. 2: 997, 1753. Орех грецкий – Ёнғоқ. Fanerofit, mikrofanerofit.
Daraxt. Qadimiy O’rta Yer dengizi. Quyi va o’rta tog’, soy va ariq yoqalarida, namli yerlarda.
Oziqabop, texnika, moyli, o’rmonmeliorativ, manzarali, dorivor. (Beshko, Azimova, sn, 2011).
Yong‘oq Yong‘oqdoshlar (Juglandaceae) oilasiga mansub balandligi 25 m gacha bo‘lgan
daraxt, tana diametri 3 m gacha boradi. Shox-shabbasi kuchli, tarvaqaylab o‘sgan. Barglari juda yirik,
ketma-ket, bandli, toq patsimon, 5-11 bargchalardan iborat. Bargchalari ellipsimon yoki cho‘zinchoq,
ustki qismida to‘q yashil, ostkida esa ochroq rangda. Yong‘oq gullari mayda, ko‘rimsiz, bir jinsli
bo‘lib, bitta tupda rivojlanadi, yaʼni bir uyli o‘simlikdir. Changchi gullari ko‘p gulli to‘pgullarda –
kuchalada to‘plangan. Har bir changchi guli 6 ta bo‘lakli gulqo‘rg‘on va o‘rovchi barg bilan qo‘shilib
o‘sgan va 12-18 dona changdondan iborat. Urug‘chi gullari o‘troq, yakka yoki 2-3 tadan to‘plangan.
Har bir urug‘chi gul ikkita gulyonbarg, 1 uyli ostki tuguncha va ikkita tumshuqchadan iborat.
Yong‘oq mevalari – har xil shakldagi va o‘lchamdagi yirik sharsimon va ellipsimon danak,
tashqi tomoni qalin meva qobig‘iga ega, u har xil shakldagi va o‘lchamdagi yog‘ochlashgan danak –
yong‘oqni o‘rab turadi. Danakda och jigarrang qobiq bilan qoplangan urug‘ (“yong‘oq mag‘zi”)
Do'stlaringiz bilan baham: |