Hozirga adabiy jarayon


Download 104.51 Kb.
bet11/13
Sana21.06.2023
Hajmi104.51 Kb.
#1644751
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
adabiyot 1

Tragikomediya — tragediya va komediyaga xos xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgan dramatik janr. T.da hayot haqidagi barcha mezonlar nisbiy xarakterga ega boʻladi. Bunda tragediya va komediya uchun odatiy hol boʻlgan oʻlchovlar mutlaqo inkor qilinishi mumkin. Voqelikni tragikomik tarzda qabul qilish va tasvirlashda insonning kundalik turmushidagi qatʼiy axloqiy qoidalar buziladi. Bu janrda ijod qiladigan sanʼatkor voqelikni tragikomik tarzda qabul qiladi. Sanʼatkor mavjud ijtimoiy tuzum va urfodatlarni tanqid ostiga olishi, kinoya, piching, yumor va satiradan foydalanib, mavjud fojiaviyijtimoiy illatlar ustidan istehzoli kulishi mumkin. T.da har ikkala janrga xos xususiyatlar oʻzaro almashinib, biri ikkinchisining mavjudligi shartiga aylanadi. Fojiaviy holatlar bilan komik personajlar bir paytda sahnaga chiqadi. Ushbu janrdagi voqelik tasviri oxiroqibatda fojiaviylik oʻrnini kulgi va kulgili holatlar oʻrnini fojia egallashi bilan yakun topadi. T. oʻzaro zid janrlarning dialektik birligidan yuzaga keladigan kuldirib yigʻlatish va yigʻlatib kuldirish holatlari asosiga quriladi. Bu janrdagi asarlar oʻquvchi yoki tomoshabinni kuldiradi va ayni paytda chuqur tafakkur uchun manba boʻlib, ichdan yigʻlatadi. Insonni oʻz moxiyatiga yoki oʻzi yashab turgan jamiyatga teran nazar bilan qarashga oʻrgatadi. T.da voqelik tizimi tubdan oʻzgarishi, kutilmagan mubolagʻali yoki allegorik epizodlar oʻrtaga chiqishi mumkin.
Melodrama (yun. melos — qoʻshiq, kuy va drama) — musiqiysahnaviy janr. 18-asrda Yevropa sanʼatida rivoj topgan. Qahramonlarning monolog va dialoglarm musiqa joʻrligida ijro etilganligi bilan ajralib turadi. Ilk namunasini J. J. Russo (1762, "Pigmalion" lirik sahnalari) yaratgan. Maʼrifatchilik davri gʻoyalariga asoslangan M. ga sahna rivojiga monand boʻlgan musiqaning jonli va tabiiy ifodaviyligiga intilish xosdir. 19-asrda M. janri tamoyillari dramatik asarlarga yaratilgan musiqa (R. Shumanning "Manfred", J. Bizening "Arlezianka", J. Grigning "Per Gyunt" va boshqalar)da oʻz rivojini topadi. 20-asrda shakllangan oʻzbek musiqali dramasitsa, N. Zokirovning "Soxilda toʻqnashuv", Hab. Rahimovning "Ona qalbi" kamer operalarida ham M. elementlari mavjud.
16. Intermediya, insenirovka, libretto janrlarini o’rganib, ba’zi yangi misollar bilan boyitib mashq daftaringizga ko’chiring.

Download 104.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling