Hozirga adabiy jarayon
Tragediya (qadimgi yunoncha: τραγῳδία, τράγος, tragos — „echki“ va ᾠδή, ōdè — „qoʻshiq“ soʻzlaridan soʻzma-soʻz — „echki qoʻshigʻi“), fojea
Download 104.51 Kb.
|
adabiyot 1
Tragediya (qadimgi yunoncha: τραγῳδία, τράγος, tragos — „echki“ va ᾠδή, ōdè — „qoʻshiq“ soʻzlaridan soʻzma-soʻz — „echki qoʻshigʻi“), fojea — adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri. Qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga xalq bayramlari oʻtkazilgan. Bu bayramlarda echkilar soʻyilib dasturxonga tortilgan. Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib, turli sahna tomoshalarini koʻrsatishgan. Bunday jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan. Keyinchalik bu soʻz oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qoʻllanila boshlagan.
Komediya (yun. κωμωδία, κῶμος — Dionis sharafiga bayram va ἀοιδή — „ashula“, „qoʻshiq“) sanʼat janri boʻlib, undagi asarlarda mutoyiba va satira unsurlari keng ishlatiladi. Komediya — hodisa, voqea va xususiyatlar kulgili koʻrsatilgan drama turi. Komediyada ijtimoiy hayotdagi nuqsonlar, kishilarning ongi va harakteridagi yaramas xususiyatlar kulgi vositasi bilan tanqid etiladi, jamiyat hayotidagi eskirib qolgan hodisalarga zarba beriladi. Hayotning rivojlanish qonuni oldida umri tugagan narsalar, sarqitlar kulgili ahvolga tushib qoladi. Bularni qalamga olish orqali komediya yaratiladi. Komediya Yunonistonda xudo Dionis sharafiga oʻtkazilgan xalq bayramlarida paydo boʻlgan. Yorqin siyosiy komediyalar yaratgan Aristofan (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) komediyaning „otasi“ hisoblanadi. Kds. Rimda (miloddan avvalgi 3—2-asrlar) Plavt va Terensiy atokli komediyachilar boʻlishgan. Uygʻonish davri Yevropa adabiyotida V.Shekspir va boshqa Jonson (Angliya), Lope de Vega (Ispaniya) komediyalari katta oʻrin tutadi. 17—18-asrlarda komediyada realistik mayllarning kuchayishida J.B.Molyer va P.Bomarshe (Fransiya), K.Goldoni (Italiya), G.Lessing (Germaniya), R.Sheridan (Angliya) ijodi qoʻl keldi. Komediyaning 19—20-asrlardagi rivoji B.Shou, B.Brext, Sh.OʻKeysi, B.Nushich, J.Anut, N.Gogol va boshqa ijodi bilan bogʻliq. Oʻzbek adabiyotida Yevropa adabiyoti andozasidagi komediyalar 20-asrda paydo boʻldi. Bu janr taraqqiyotiga-Hamza („Maysaraning ishi“), Abdulla Qahhor („Tobutdan tovush“), Sayd Ahmad („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Erkin Vohidov („Oltin devor“), Hamid Gʻulom („Toshbolta oshiq“), Bahrom Rahmonov („Surmaxon“), Sharof Boshbekov („Temir xotin“) va boshqa munosib hissa qoʻshdilar. Komediyaning har xil turlari bor. Voqealar chalkashligi tufayli tomoshabinda kulgi tugʻdiradigan (V. Shekspirning „Xatolar komediyasi“), qahramonlar kulgili holatlarga tushgan (Hamza, „Maysaraning ishi“), kishilar harakteridagi bemaʼni xususiyatlar kulgili qilib koʻrsatilgan Drama (qadimgi yunoncha: drama — „harakat“) — 1) badiiy adabiyotning 3 asosiy turidan biri (epos, lirika bilan bir qatorda). Drama teatrga ham taalluqli. Syujetlilik, harakatlarning ziddiyatga asoslanishi va ularning sahna, epizodlarga boʻlinishi, bayonning yoʻqligi, personajlar munosabatlarining oʻzaro soʻzlashuvga asoslanishi D.ning oʻziga xos xususiyatidir. Ijtimoiy (konkret tarixiy va umuminsoniy) muammolarni aks ettiruvchi dramatik ziddiyatlar qaxramonlarning xatti-harakatlarida, avvalo dialog va monologlarda ifodalanadi. Drama matni koʻrishga (imo-ishora, harakat), shuningdek, eshitishga moʻljallanadi; u sahnaviy makon, zamon va teatr texnikasi (mizanssenalar qurilishi) imkoniyatlariga ham muvofiq keladi. Drama adabiy asar sifatida aktyor, rejissyor tomonidan sahnada oʻz talqinini topadi. Drama tufayli teatr sanʼati yuzaga kelgan va u kino sanʼati uchun ham asos boʻlgan (qarang Kinodramaturgiya). Drama janrlari: tragediya, komediya, drama (janr sifatida) va tragikomediyalardir. 2) Dramaturgiya janrlaridan biri. Maʼrifatparvarlik davri (Didro, Lessing)dan boshlab Drama badiiy adabiyotning yetakchi janrlaridan biriga aylangan. Unda insonning ziddiyatli hayoti ifodalanadi. Tarixiy Dramaga fojiaviylik xos. Oʻzbek dramaturgiyasi 20-asr boshlarigacha ogʻzaki shaklda mavjud edi. 20-asrning 1-yarmida dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratildi: „Padarkush yoki oʻqimagan bolaning holi“ (Behbudiy), „Toʻy“ (Nusratulla Qudratulla va Hoji Muʼin), „Boy ila xizmatkor“, „Koʻknor“, „Mazluma xotin“ (Hoji Muʼin), „Juvonmarg“, „Ahmoq“ (Abdulla Badriy), „Baxtsiz kuyov“ (Abdulla Qodiriy), „Zaharli hayot“, „Ilm hidoyati“ (Hamza), „Pinak“, „Advokatlik osonmi?“ (Avloniy) va b. Bular Drama janri imkoniyatlarini oʻzida toʻla ifodaladi. 20—30-yillarda oʻzbek dramaturgiyasi Gʻulom Zafariy, Fitrat, Choʻlpon, Ziyo Said, Sobir Abdulla va b. dramaturglar ijodi tufayli yanada rivojlandi. 40-yillar dramaturgiyasi Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi davr vazifalariga muvofiq taraqqiy etdi. Zamonaviy dramatik asarlarda oʻzbek xalqi tarixi, buyuk siymolar koʻproq yoritildi. H. Olimjon, Izzat Sulton, Uygʻun, Shayxzoda kabilar insonparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan „Muqanna“, „Jaloliddin“, „Alisher Navoiy“, „Mirzo Ulugʻbek“ kabi tragediya va dramalar yaratdilar. Oʻzbek dramaturgiyasining yetuk namunalari bu janrning eng yaxshi anʼanalari asosida yaratildi. D.da davr muammolari va hayotiy ziddiyatlarni ichki ruhiy kechinmalar asosida ifodalash oʻzbek sahna asarlarining yetakchi xususiyatiga aylandi. Abdulla Qahhorning „Shohi soʻzana“, „Tobutdan tovush“, I. Sultonning „Imon“, Uygʻunning „Parvona“, Oʻ. Umarbekovning „Qiyomat qarz“ pyesalari shular jumlasidan. 15. Tragikomediya, melodrama janrlarining qoida va qonunlarini sharhlang. Download 104.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling