Hozirga adabiy jarayon
Download 104.51 Kb.
|
adabiyot 1
Qilmadi rahmi mango, xud o’zgaga
Bilmadimkim, qildimu yo qilmadi. To’rtlik – ruboiy va tuyuq janri talablari(vazni)ga javob bermaydigan to’rt misralik barcha she’riy asarlarni to’rtlik(qorishiq) janri deb yuritish asoslidir. To’rtliklarning mavzu va mundarijasi – hayotning barcha jihatlarini qamrab oladi; ularda bu jihatlar siqiq tarzda poetiklashadi: Xalqqa ayting, men aslo o’lganim yo’q, Yov qo’liga taslim ham bo’lganim yo’q. Men elimning yuragida yashayman, Erk deganning tilagida yashayman. (Hamid Olimjon) G’azal (arabcha so’z, ma’nosi “Ayollarga sevgi va munosabat izhor qilish”) asosan ishq – muhabbatni kuylovchi, muhabbat kabi judayam qadimiy, doimo yangi bo’lgan lirik she’rdir. G’azal mavlono Fuzuliy ta’biricha, “Shoir qudratini bildiruvchi, hunarning guli- gulistoni”dir, Mavlono Vohid Abdulla nazdida “Qalb qonidan ochilgan lola”dir. Marsiya(arabcha so’z, ma’nosi “Biror shaxsning vafoti munosabati bilan uning xotirasiga bag’ishlab yozilgan motam she’ri”) biror mashhur kishi vafoti munosabati bilan og’ir yo’qotishni, g’am-alamni, hasratu iztirobni kuylovchi asardir. 11. G’azal, marsiya, ashula, qo’shiq, sonet janrlarining o’ziga xosliklarini aniqlang. G'azal (arabcha —oshiqona so'z, ishq izhor etish, ayollarni madh etish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr ʻʻG'azal’’ atamasi dastlab VIII—IX asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. So'ng O'rta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga o'tib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli g'azal namunasi ham uchraydi. G'azal aa, ba, va, ga, da va h.k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matla'yoki mabda', oxirgisi maqta'deb ataladi. Agar ikkinchi baytning misralari ham o'zaro qofiyalansa, zebi matla' yoki husni matla' deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa san'ati bilan chambarchas bog'liq. Dastlab G'azalga taxallus qo'yilmagan, bu keyinchalik an'anaga aylangan. G'azal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pandnasihat) va hajviy g'azallar yuzaga keldi. G'azal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) g'azal; yakpora gʻazal; voqeaband g'azal; musalsal g'azal. Ma'no jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona g'azallarga bo'linadi. Fors so'z san'atida gʻazal dastlab Rudakiy ijodida uchrasa-da, Saʼdiy ijodida u toʻla shakllanib, sheʼriyatning asosiy janrlaridan biriga aylandi, keyin Hofiz uni yuksak darajaga koʻtardi: u oʻzigacha tasavvufiy va dunyoviy yoʻnalishda rivojlanib kelgan gʻazalchilikni oʻzaro omuxta qildi. Marsiya (marsiya) — 1) Yaqin va Oʻrta Sharq poeziyasida adabiy janrlardan biri; 2) biror mashhur kishi yoki keksa oila aʼzosi vafoti munosabati bilan gʻam-alam va hasratni ifodalaydigan xalq ogʻzaki poetik va musiqa ijodiyotining azamotam janri. M. qoʻshiq yoki ashula turi sifatida dafn marosimida hayotdan koʻz yumgan kishining yaxshi hislatlari, ish faoliyatlari, qarindoshlik aloqalari esga olinib erkaklar tomonidan joʻrsiz rechitativ yoki kuychan, ogʻir, mungli ohanglarda aytiladi. M.da xalq soʻzlari, gʻazal, ruboiy, muhammas va boshqa asosida shaxs boshiga tushgan kulfat, yakin kishidan judo boʻlish qismati aks etadi. Ayrim xududlarda, baʼzan esa oilalarda M.ni ayollar ham alohida taʼsirchan va mahorat bilan aytgan. "Sadr"yoki "Jaxr" marosimlarida M. ("aytib yigʻlash" maʼnosida) lar yakin qarindoshlari davrasida hofiz yoki xonanda tomonidan ijro etilgan (ayrim xrlatlarda cholgʻu joʻrnavozligida). Yozma manbalarda M. haqida maʼlumotlar va namunalar berilgan: Narshaxiyning "Buxoro tarixi" kitobida Siyovushga bagʻishlangan M., Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida Alp Ertunga M.si, adabiyotda Alisher Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiyga bagʻishlangan M.si, Hamzaning birinchi oʻzbek aktrisasi Tursunoyga bagʻishlab yozgan M.si, xalq orasida Mulla Toʻychi Hofizga bagʻishlangan M. va boshqa 20-asr oʻzbek adabiyoti va musiqasida M.lar ijod etilgan: Rasul kori Mamadaliyev tomonidan bir necha M.lar yaratilgan; M. Burhonovning "Epitafiya" asari M. shaklida yozilgan. Rustam Abdullayev. Ashula – yakka xonanda yoki xonan-dalar guruhiga moʻljallangan, mumtoz oʻzbek musiqa merosida markaziy oʻrin egallagan ashula yoʻli. Asosan lirik ruhdagi gʻazal va she’rlar zaminida yuzaga keladi. A.lar soz (doyra, dutor, tan-bur), ansambl joʻrligida yoki joʻrsiz ijro etiladi. A. oʻzbek musiqa fol-klorida katta urin egallagan qoʻshiq janridan kuy diapazonining kengligi, shaklan rivojlanganligi, mavzu va maz-muni teranligi bilan farqlanadi. A.ning badiiy mazmunida barmoq vaznidagi she’rlardan foydala-nilsada, aruz vaz-nidagi gʻazal va she’riy shakllar asosiy oʻrin tutadi. Binobarin, A.ning ichki tu-zilishi ham turlichadir. Barmoq vazniga asoslangan A.lar kuproq "band-naqarot" shakli kurinishida boʻlsa, gʻazallarga bi-tilgan A.lar tuzilishi nisbatan murak-kab va rivojlangandir. Odatda, bunday A.larning kuylari quyi pardalardan boshlanib oʻrta va yuqori pardalarida ri-vojlanadi, soʻngra dastlabki turgʻun to-vushda nihoyasiga yetadi. Aksariyat A.lar oʻziga xos avjlariga ega. A. janri tarixi uzoq oʻtmishga borib ta-qaladi: koʻpincha professional musiqachi (bastakor-hofiz)lar ijodiyotining mahsuli boʻlib, bizgacha ogʻzaki ravishda yetib kelganligi tufayli qator A.lar koʻplab variantlarga ega. A.ning eng rivojlangan mu-kammal koʻrinishlari Buxoro va Xorazm maqomlarining nasr (ashula) yoʻllari, Toshkent va Fargʻona vodiysida keng tarqalgan maqom yoʻllari, katta ashula janrida namoyon boʻlgan. A.larda oʻzbek xalqining ruhi, harakteri, ma’naviy du-nyosi oʻzining badiiy yetuk va toʻlaqonli ifodasini topgan. Sonet (ital. sonetto) — 14 misradan iborat turgʻun sheʼriy shakl. S. qatʼiy qonun—qoidalar asosida yaratiladi. U 4 banddan iborat boʻlib, 1 va 2 bandlar 4 misradan (katren), 3 va 4 bandlar 3 misradan (terset) tashkil topadi. Katrenlar, koʻpincha, avav avav yoki avva avva shaklida, tersetlar esa cdc dcd yoki cde cde shaklida qofiyalangan boʻladi. Eng muhimi — qofiyalar toʻla va jarangdor boʻlishi lozim. S faqat shaklan emas, mazmunan ham shunday talablarga javob berishi kerak. Mas, uning 1bandida asosiy fikr aytiladi, 2bandda bu fikr rivojlanadi, 3bandda yechim, 4bandda esa xotima ifodalanadi. S 13-asrda vujudga kelgan. S.ning mustaqil sheʼr turi sifatida shakllanishida F. Petrarkaning xizmati katta. Dante, P. Ronsar (152485), V. Shekspir, I. Gyote kabi shoirlar S.ning mumtoz namunalarini yaratganlar. Rossiyada ilk bor 18-asrda V. Trediakovskiy, A. Sumarokovlar, keyinchalik A. Pushkin, M. Lermontov, A. Fet kabi shoirlar, 20-asrda A. Blok, B. Bryusov, A. Axmatovalar S.lar yaratganlar. S. oʻzbek sheʼriyatida 30-yillarda paydo boʻldi. Usmon Nosir, Barot Boyqobilov, Rauf Parfi va boshqalar S. yozganlar. 12. Soqiynoma, qasida janrlarini mustaqil o’rganing. Misollar bilan tahlil qiling. Download 104.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling