Hozirga adabiy jarayon


Download 104.51 Kb.
bet13/13
Sana21.06.2023
Hajmi104.51 Kb.
#1644751
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
adabiyot 1

Ijodkorlik — insonning ijodiy qarorlar qabul qilish, tushunish, qabul qilish va tubdan yangi gʻoyalarni yaratish qobiliyati.
Kundalik hayotda ijodkorlik oʻzini zukkolik — maqsadlarga erishish, atrof-muhit, ob’ektlar va vaziyatlardan gʻayrioddiy tarzda foydalanib, umidsiz boʻlib tuyulgan vaziyatdan chiqish yoʻlini topish qobiliyati sifatida namoyon boʻladi.
Keng maʼnoda, muammoni maxsus boʻlmagan vositalar yoki resurslar bilan aniq va mohirona hal qilish. Bu, shuningdek, muammolarga jasur, nostandart yechimlar qobiliyatini ham anglatadi.

19. Romantizm metodining xususiyatlari va umumiy belgilarini toping.


Romantizm (frans. romantisme) — 18-asrning 1-yarmi — 19-asrda Yevropa, shuningdek, Amerika adabiyoti va sanʼatida paydo boʻlgan hamda jahon boʻylab keng tarqalgan oqim. Romantizm- ispancha "romans" soʻzidan olingan boʻlib, bu so'z dastlab lirik va qahramonlik mazmunidagi qoʻshiqni, keyinchalik esa ritsarlar haqidagi katta epik asarlarni anglatgan. "Romantik" sifatdoshi 17-asrda roman tillarida yozilgan avantyura va qahramonlik ruhi bilan sugʻorilgan asarlarga nisbatan qoʻllana boshlagan. Ingliz yozuvchilari va adabiyotshunoslari 18-asrda Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrlari adabiyoti haqida bahs borganda shu so'zdan foydalanganlar. Angliyaga romantizimning kirib kelishi arafasida (18-asrning 2-yarmi) sheʼriyatning muhim unsuri hisoblangan barcha gʻayrioddiy, sirli, gʻaroyib va fantastik narsalar (tuygʻular, holatlar, sarguzashtlar) romantik soʻzi orqali ifodalana boshlagan. 18-asr oxirida Germaniyada, 19-asr boshlarida esa Fransiyada, shuningdek, Italiya, Polsha, Rossiya kabi mamlakatlarda romantizm klassitsizmdan farqlanuvchi adabiy oqimning nomi sifatida isteʼmolga kirgan.
Romantizm Yevropadagi barcha mamlakatlarni oʻz qamroviga olgan gʻayrimaʼrifatparvarlik harakatining samarasidir. Buyuk fransuz inqilobining natijalaridan qoniqmaslik bu oqimning paydo boʻlishida ijtimoiy zamin bulib xizmat etgan. Burjua jamiyatidagi turmush tarziga, jamiyat aʼzolaridagi xudbinlik va axloqsizlik koʻrinishlariga qarshi kayfiyat, sanoat, siyosat va ilmfan sohalaridagi taraqqiyotning yangiyangi ziddiyatlarni keltirib chikarishi romantiklarda mutlaq ideallarga intilish hissini uygʻotdi. Ular hayotni qisman takomillashtirishni emas, balki undagi barcha ziddiyatlarni butunlay bartaraf etishni orzu qiddilar. Ideal bilan voqelik oʻrtasida katta farqning borligi Romantizmda oʻzining yorqin ifodasini topdi va bu hol romantizmga xos ikki yo'nalishning mohiyatini belgilab berdi. Agar ayrim romantiklar ijodida hayotda aql bovar qilmaydigan, sirli kuchlar hukmronlik qiladi, binobarin, takdirga tan berish kerak, degan fikr ustuvorlik qilgan bo'lsa (U. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti, F. R. Shatobrian, V. A. Jukovskiy), boshqa birlari (J.
N. Bayron, P. B. Shelli, A. Mitskevich, M. Yu. Lermontov) ijodida zulm va zoʻravonlik dunyosiga qarshi kurash va undan norozilik kayfiyati yetakchi ahamiyatga ega.
Romantizmda ideal bilan voqelik oʻrtasidagi ziddiyatni ifodalovchi vositalardan biri kinoya (A. Myusse, G. Geyne va boshqalar). Dastlab kinoya har qanday tarixiy voqelik nisbiydir, degan fikrning eʼtirof etilishini anglatgan bulsa, keyinchalik romantik ideallarning roʻyobga chiqmasligini anglash hissi bilan toʻyingan.
Romantizm namoyandalari jamiyatdagi rangsiz hollarga qarshi oʻlaroq fantastika, xalq rivoyatlari, tabiat manzaralari, oʻtgan tarixiy kunlar, olis xalqlar va mamlakatlar turmushi, urfodatlari hamda xulqatvorlarini tasvir doirasiga tortdilar; katta ishqiy ehtiroslar va ruhiy hayot tasviriga alohida eʼtibor berdilar. Shu sababdan din, sanʼat va falsafaning romantizmdagi oʻrni va ahamiyati mislsiz darajada oshdi.
Klassitsizm estetikasidagi "tabiatga taqlid" tamoyiliga qarshi oʻlaroq romantiklar sanʼatkorning ijodiy faolligini oʻzlarining ustuvor aqidalari deb bildilar. Sanʼatkor, romantizm estetikasiga koʻra, real olamni o'zgartirish huquqiga ega: u oʻzining goʻzal va haqiqiy, binobarin, real olamini yaratadi; modomiki, sanʼat bu olamdagi eng yuksak qadriyatni tashkil etar va bu olamning mohiyatini ifodalar ekan, demak, u reallikdir. Sanʼat asari, romantizm estetikasiga koʻra, bamisoli tirik organizm, badiiy shakl esa mazmunning po'stlogʻi yoki gʻilofi emas, balki shu mazmunning ichichidan oʻsib chiquvchi va mazmun bilan uzviy ravishda bogʻliq hodisa. Romantiklar estetikadagi mezonlashtirish hollarini, sanʼatning yaxshi maqsadda boʻlsada, muayyan chegara ustunlari bilan oʻralishini inkor etib, sanʼatkorning ijodiy erkinligini ehtiros bilan himoya qildilar. Shunga karamay, ular oʻzlarining yangi estetik qonun va qoidalarini ham ishlab chiqdilar (Mas, q. Uslub).
Romantizm davrida yangi badiiy shakllar maydonga keldi. Tarixiy roman, fantastik qissa, liroepik doston janrlari, sahna sanʼatidagi islohotlar shu davrning ajoyib samaralaridir. Lirika xuddi shu davrda oʻzining ikkinchi bahorini kechirdi. Sheʼriy soʻzning yangiyangi maʼno qirralari kashf etildi va sheʼriy soʻz his va tuygʻu silsilalarini ifodalash uchun istioraviy vositalar bilan boyidi. Sheʼriyatda musiqiy va tasviriy ibtido oʻzaro uygʻunlashdi; sanʼat, falsafa va dinning omuxta koʻrinishlari paydo boʻlib, sanʼat turlarining oʻzaro yaqinlashish, oddiy hodisalar bilan gʻayrioddiy hodisalarning, komizm bilan tragizmning uygʻunlashish jarayoni avj oldi. Fantastikaga, hajviy mubolagʻalarga, shaklning oshkora shartliligiga moyillik R. namoyandalarining badiiy tasvirdagi oʻziga xosligini belgilovchi omillarga aylandi.
Germaniya romantizmning klassik mamlakati boʻlib, Buyuk fransuz inqilobi shabadalarining bu yerdan esib oʻtishi ijtimoiy muammolarning falsafa, etika va, ayniqsa, estetika sohalariga ravon kirib borishiga imkon berdi. Nemis yozuvchilari va nazariyotchilarining Iyen maktabi (V. G. Vakkenroder, Novalis, akauka F. A. Shlegellar va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan romantik estetika va dunyoni romantik his etish asoslari nemis R.ining birinchi avlodi vakillari ijodida oʻzining dastlabki samaralarini berdi (Tikning "Etik kiygan mushuk" komediyasi, Novalisning "Tun madhiyalari" lirik turkumi va "Genrix fon Ofterdingen" romani va boshqalar). Nemis romantiklarining ikkinchi avlodi (Geydelberg maktabi) din, milliy utmish va xalq ogʻzaki ijodiga koʻproq qizikdi (L. Arniv va Brentano toʻplagan "Bolaning sehrli shoxi" xalq qoʻshiklari toʻplami, akauka Ya. va V. /rilshlarning ertaklari). Shu davrda lirik sheʼriyat ham kamol topdi (Y. Eyxendorf). Folkloristika va adabiyotshunoslikdagi birinchi yoʻnalish — mifologik maktabga asos solindi. Jamiyat va insoniyat taraqqiyoti muammolariga eʼtibor karatish, tarixiy jarayonning ziddiyatliligi, hatto halokatli oqibatlarga olib borishi mumkinligini his etish ingliz R.ga xos xususiyatlardir. Dunyoni aklidrok yordamida qayta qurish mumkinligiga ishonmagan shoirlar avlodi (U. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) insonning botiniy hissiyotiga chuqurroq kirishni targʻib qildilar. Milliy oʻtmish va xalq ogʻzaki ijodiga qiziqish Valter Skottning Yevropa adabiyotlaridagi tarixiy roman janriga asos solishi va oʻrta asrlar hayotidan olingan romantik asarlarning maydonga kelishi bilan yakunlandi. "Londonlik romantiklar" guruhi vakili J. Kits sheʼriyatida dunyoning va inson tabiatining goʻzalligi oʻz inʼikosini topdi. Kurash va norozilik kayfiyati bilan yoʻgʻrilgan J. N. Bayron va P. B. Shellining romantik ijodi ingliz R.i oʻz taraqqiyotining yuksak bosqichiga kirganini namoyish etdi.
Fransiya da klassitsizm anʼanalari uzoq vaqtgacha oʻz kuchini saqlab keldi. Shu tufayli R.ning fransuz adabiyoti va sanʼatiga kirib kelishi katta qiyinchilik bilan kechdi. Faqat 19-asrning 20-yillaridagina R. fransuz adabiyotidan oʻzining qonuniy oʻrnini egalladi. Maʼrifatparvarlik davri merosi va oʻtmishdagi adabiy anʼanalar bilan uzviy aloqa, davrning dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolariga qiziqish fransuz R.ining ajralmas xususiyatlaridir. Fransiyada R.ning shakllanishi, birinchi navbatda liropsixologik roman va qissa janrlarining yaratilishi bilan bogʻliq (F. R. Shatobrianning "Atala" va "Rene", J. Stalning "Deolfina" va "Korina yoki Italiya", E. P. Senankurning"Oberman" asarlari va boshqalar). Fransuz R. i davrida sheʼriyat, ayniqsa, gullabyashnadi (A. Lamartin, V. Gyugo, A. Vini, A. Myusse, Sh. O. SentByov va boshqalar). Eski sanʼat tarafdorlari bilan qizgʻin kurash natijasida romatik drama janri qam tantana qilib, teatr saxlalaridan munosib oʻrin egalladi (A. Dyuma, V. Gyugo, A. Vini, A. Myusse). Roman janrining psixologik (A. Myusse), tarixiy (A. Vini, ilk O.de Balzak, P. Merime) va ijtimoiy (V. Gyugo, Jorj Sand, E. Syu) turlari maydonga keldi. R. adabiy tanqid sohasida ham oʻz nishonalarini berib, SentByov asoschisi boʻlgan biografik metodning tugʻilishiga zamin hozirladi.
Rossiyada R.ning tugʻilishi 1812-yil Vatan urushidan keyingi milliy koʻtarilish davri bilan bogʻliq. Rus adabiyotida R. kurtaklari romantik doston janri (Mas, A. S. Pushkin "janubiy" dostonlari)ning yuzaga kelishi bilan aniqlik kasb etdi. Bayronning Sharq dostonlari taʼsirida yozilgan rus romantik dostonlarida yangi tasvir tamoyillari koʻzga tashlandiki, bular bosh qahramon takdiri tasvir etilganligi, doston matnidagi uslublarning rang-barangligi, ijodkorning tarixiy haqiqatdan chekinib, oʻz badiiy versiyasini yaratganligidir. Doston rus Romantizm taraqqiyotida shu qadar muhim rol oʻynadiki, hatto romantik nasr va dramaturgiya asarlari ulardagi yetakchi kolliziyalarning rivojlantirilishi hisobiga maydonga keldi. V. A. Jukovskiy, K. N. Batyushkov, A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov va boshqalarning romantik asarlari).
R. shu davrda Yevropaning boshqa mamlakatlari (Italiya, Ispaniya, Avstriya, Daniya, Shvetsiya, Vengriya, Ruminiya, Polsha)ga kirib bordi. Milliy mustaqillik gʻoyasining yetakchilik kelishi maʼrifatparvarlik anʼanalaridan yuz oʻgirmagan AQShda ham R.ning rivoj topishiga imkoniyat yaratdi. R., shuningdek, Osiyo mamlakatlari (hindiston, Xitoy, Yaponiya)da ham oʻziga xos ifodasini topdi. Oʻrta Osiyo mamlakatlarida R., Yevropa mamlakatlari adabiyoti va sanʼatidagi singari, izchil oqim sifatida shakllanmadi.
Oʻzbek adabiyoti va sanʼati 18-asrga kadar va undan keyingi davrlarda uziga xos taraqqiyot yoʻlini bosib utgani uchun oʻzbek R. i toʻgʻrisida soʻz yuritish urinsizdir. Ammo 20-asrning 10—20-yillarida jadid adabiyotida taraqqiyparvarlik gʻoyalarining targʻib etilishi (Mas, Choʻlponning "Duxtir Muhammadyor", D&shaning "Yangi saodat", Abdulla Qodiriynnnt "Oʻtgan kunlar" asarlarida), ayniqsa, 30-yillarda oʻzbek adabiyoti va sanʼatiga rus madaniyati anʼanalarining kirib kelishi natijasida milliy adabiyot va sanʼatda romantik tasvir uslubi shakllana boshladi. Chulpon ("Goʻzal"), Oybek ("Uzbekistan"), Gʻafur Gʻulom ("Bogʻ"), shuningdek, Hamid Olimjon, Uygʻun va boshqa shoirlarning koʻplab sheʼrlarida yor, vatan, ona, muallim obrazlari romantik tasvir boʻyoqlari yordamida yaratildi. Xuddi shunday jarayon kino ("Qasam", "Tohir va Zuhra", "Alisher Navoiy" filmlari) va teatr ("Tormor", "Uygʻonish", "Buyuk kanal", "Sharqtongi" spektakllari) va boshqa sanʼat turlarida ham kechdi. Oʻzbek adabiyoti va sanʼatida romantik tasvir uslubining shakllanishi sovet mafkurasining talabi va ragʻbati bilan yuz berdi hamda sovet voqeligini tasdiqlash ishiga xizmat qildi.
R. adabiyot va sanʼat taraqqiyotidagi muhim oqimlardan biri sifatida 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yevropa, Amerika va Osiyoning aksar mamlakatlarida oʻz oʻrnini realizmga boʻshatib berdi. Oʻzbek adabiyoti va sanʼatida oʻtgan asrning 20-yillarida koʻrina boshlagan realizm adabiy metod sifatida 40—60-yillarga kelib uzilkesil shakllandi. R., boshqa ayrim milliy adabiyot va sanʼatlar qatori, oʻzbek adabiyoti va sanʼati asarlarida hozir ham romantik pafos sifatida yashab kelmokda.
Tasviriy sanʼatda yaratilgan badiiy obrazlar va hayotiy lavhalar hayot haqiqatiga yaqin boʻlib, ijodkorning turmush toʻgʻrisidagi orzu va qarashlarini aks ettiradi. 19-asrning 20—30-yillarida oʻzining eng gullagan davrini boshidan kechirgan R. rassomlik va qisman haykaltaroshlik hamda meʼmorlik (psevdogotika)da namoyon boʻldi. Bu yoʻnalishdagi asarlarga qaynoq ehtiros va hayajon xos boʻlib, unda rang, shakl ifodaliligi, real va xayoliy qiyofalar uygʻunligi muhim oʻrin egallaydi; yorqin ranglar, nursoya oʻyini va keskinligi asarlarga oʻziga xoslik bagʻishlaydi, obrazlar koʻtarinki ruhda, tantanavor kayfiyatda tasvirlanadi. R. oʻz taraqqiyotida rasmiy akademizm, klassitsizm tamoyillariga qarshi kurashdi (fransuz E. Delakrua, T. Jeriko, nemis F. O. Runge, K. D. Fridrix, ingliz J. Konstebl, U. Terner, rus O. Kiprenskiy, A. O. Orlovskiy va boshqalar). R. meʼmorlikda, asosan, bogʻpark sanʼati va mayda haykaltaroshliqsa koʻzga tashlandi. R. turli mamlakatlarda turlicha namoyon boʻldi: Fransiyada ehtiros va shijoat, Germaniya, Avstriyada nolish ohanglari, yoʻqolgan ideallarni qoʻmsash tuygʻulari, diniy zoxidlik yetakchiligi bilan ajralib turadi, Amerikada romantik fantastika, zohidlik kayfiyatidagi asarlar maydonga keldi.
Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida R. tamoyillari 20-asrda mungli lirik kayfiyatli Us t a Moʻmin (A. Nikolayev), ehtirosga toʻla O. Tatevosyan, A. Volkov, keyinroq V. Melnikov, V. Burmakin, J. Umarbekov, A. Aliqulov asarlarida namoyon boʻldi.
Musiqada R. ijodiy oqim sifatida 19-asr boshlarida yuzaga kelgan (F. Shubert, E. Gofman, K. Veber, N. Paganini, V. Bellini va boshqalar). 19-asrning 30— 50-yillari (F. Shopen, F. Mendelson, R. Shuman, F. List, G. Berlioz va boshqalar)da yanada rivojlandi. Romantik kompozitorlar odam histuygʻularini, tabiat manzaralarini ifodaladilar, afsonaviyfantastik, qahramononaromantik opera, ballada, qoʻshiq, romans, cholgu miniatyura, raqs kuylari, programmali musiqa janrlarini rivojlantirdilar. 19-asrning 2-yarmida yirik musiqa janrlari (R. Vagner operalari, F. List simfonik poemalari, I. Brams, G. Maler konsert va simfoniyalari)da R. gʻoyalari chuqurlashdi. Baʼzi mamlakatlarda musiqiy R. mustaqil uslub sifatida emas, balki ayrim kompozitorlar ijodida namoyon boʻldi (Rossiyada — A. Alyabyev, N. RimskiyKorsakov, P. Chaykovskiy va boshqa; Chexiyada — B. Smetana va A. Dvorjak; Norvegiyada — E. Grig, Finlyandiyada — Ya. Sibelius).
Oʻzbekistonda yaratilgan musiqali drama va operalar ("Layli va Majnun", "Farhod va Shirin", "Toxir va Zuhra" kabi afsonaviyromantik asarlar)da, M. Tojiyev simfoniyalarida, M. Burhonov, D. Zokirov, S. Yudakov, Ik. Akbarov, Sayfi Jalil, T. Sodiqov va boshqa romanslari, kamercholgʻu asarlarida R. xususiyatlari kuchlidir.
20. Realizm metodi va uning ko’rinishlarini tahlil qiling.
Realizm — voqelikni, mavjud borliqni badiiy adabiyot va sanʼat (tasviriy sanʼat, teatr, musiqa va boshqalar)ning ifoda vositalari orqali oʻziga oʻxshash shakllarda haqqoniy aks ettirish. Adabiyot da R. — hayotni voqelikdagi voqea va hodisalarga muvofiq ravishda obrazlar orqali aks ettirish metodi. R. adabiyotning oʻzini va tashqi olamni bilish vositasi sifatidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda voqelikni barcha ziddiyatlari bilan qamrab olishga intiladi, yozuvchiga hayotning barcha tomonlarini cheklanmagan holda aks ettirish imkoniyatini beradi. R. metodiga asoslangan adabiyotda hayot haqiqatini tasvirlash tamoyili ustuvor ahamiyatga ega. Binobarin, R. adabiyoti jahon adabiyoti taraqqiyotidagi eng yuksak bosqich hisoblanadi.
R. keng maʼnoda Gomer va Dante, Shekspir va Rasin, Firdavsiy va Navoiy ijodiga ham xos xususiyat, zero, hayotiylik va samimiylik bu mumtoz ijodkorlarning asarlarida katta mahorat bilan ifoda etilgan. Ammo R. adabiy metod yoki adabiy yoʻnalish sifatida yozuvchidan voqelikni hayotiy va haqqoniy aks ettirish tamoyiliga izchil rioya etishni, inson va tashqi olamni ongli ravishda oʻrganish va bilishni taqozo etadi. Shu maʼnoda jahon adabiyoti 19-asrga kelibgina oʻz taraqqiyotining R. metodiga asoslangan yangi bosqichiga erishdi.
R.ning metod sifatida paydo boʻlish vaqti masalasida adabiyotshunoslikda turlicha qarashlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar hayotni realistik tasvirlash usullari qadim zamonlardan beri davom etib kelayotgani va bu usullarning turli bosqichlarni bosib oʻtganini nazarda tutib, antik R, Uygʻonish davri R.i, maʼrifatparvarlik R.i va sotsialistik R. tushunchalarining mavjudligi haqidagi qarashlarni olgʻa surib keladilar. Boshqa tadqiqotchilarning fikriga koʻra, R. ijodiy metod sifatida 18-asrda oilaviymaishiy va ijtimoiymaishiy romanlar yaratilishi bilan bir vaqtda maydonga kelgan. R.ning 19-asr 30-yillarida Yevropa adabiyotida shakllana boshlaganligi haqidagi fikr aksar adabiyotshunoslar tomonidan qabul qilingan boʻlib, bu fikr Yevropa xalqlari adabiyotlarida voqelikni haqqoniy tasvirlash tamoyili yuksak ijtimoiytahliliy shakllarda keng va teran ifodalanganligi bilan tasdiqlanadi.
Romantizm bilan 19-asrning 1-yarmidagi R. oʻrtasida aniq chegara yoʻq. Bu hol O. Balzak ("Sagʻri teri tilsimi"), G. Stendal ("Parm ibodatxonasi"), V. Gyugo, qisman Ch. Dikkens asarlarida yorqin koʻrinadi. Ayni paytda romantik motivlar realistik asarlarning badiiy toʻqimasida yashashda uzoq vaqt davom etdi (Stendalning "Qizil va qora", M. Yu. Lermontovnipt "Zamonamiz qahramoni" va boshqalar). 19-asr oʻrtalarida Yevropa adabiyotlarining romantizm anʼanalaridan keskin uzoqlashishi bilan R.ning metod sifatida shakllanishida yangi davr boshlandi (G. Flober, G. Mopassan, U. Tekkerey va b).
Rossiya 19-asrning 20—30-yillarida A.S. Pushkin ("Yevgeniy Onegin", "Boris Godunov", "Kapitan qizi", soʻnggi davr lirikasi), shuningdek, A. S. Griboyedov ("Akllilik balosi"), I. A. Krilov (masallar) asarlari bilan R.ga poydevor qoʻyildi. Keyinchalik I. A. Goncharov, I. S. Turgenev, N. A. Nekrasov, A.N. Ostrovskiy va boshqa rus adabiyotida R.ning uzilkesil qaror topishiga muhim hissa qoʻshdilar. 19-asr rus adabiyotida voqeliqdagi salbiy holatlar butun keskinligi bilan fosh etilganligi sababli A. M. Gorkiy bu davr R.ini tanqidiy R. deb atagan. N. V. Gogol asarlarida, ayniqsa, yaqqol koʻringan tanqidiy R. anʼanalari A. P. Chexov va qisman A. M. Gorkiy ijodida davom ettirildi va rivojlantirildi. L. N. Tolstoy va F. M. Dostoyevskiy ijodi rus R.ining choʻqqisi hisoblanadi.
20-asrning 30-yillarida sotsialistax R. metodining sunʼiy ravishda oʻylab topilishi va yozuvchilardan shu metod asosida yozishning talab qilinishi natijasida R. anʼanalaridan uzoqlashish jarayoni boshlandi va bu jarayon shaxsga sigʻinish fojialari fosh etilgan 60-yillarga qadar davom etdi.
Oʻzbek adabiyotida hayotni realistik tasvir etish mayllari garchand Navoiy, Bobur va boshqa yozuvchilar ijodida koʻringan boʻlsada, bu mayllar Turdi, Maxmur, Gulxaniy, keyinchalik Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz singari shoirlar ijodining asosiy yoʻnalishini tashkil eta boshladi. Ayniqsa, milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti namoyandalari M. Behbudiy ("Padarkush"), Fitrat ("Munozara", "Hind sayyohi bayonoti", 1917—19y.lar sheʼriyati), Chulpon (1914—21 yillar sheʼriyati, "Qurboni jaholat" "Vayronalar orasidan", "Kecha va kunduz"), Qodiriy ("Ulokda", "Juvonboz", "Kalvak Mahzumning xotira daftaridan", "Toshpoʻlat tajang nima deydi?", "Oʻtgan kunlar"), Hamza (milliy sheʼrlar, "Zaharli hayot" "Paranji sirlari") va boshqa ijodida R. adabiy metod sifatida aniqtayin qirralarini kasb etdi. Bu yozuvchilarning bir qismi, milliy mentalitetni hisobga olgan holda, realistik asar toʻqimasiga sentimentalizm va romantizm unsurlarini ham olib kirdilar. Shunga qaramay, oʻzbek adabiyotida R.ning adabiy metod sifatida shakllanishi xuddi shu davr adabiyoti bilan bogʻliq.
Oʻzbek adabiyotida R.ning shakllanishida Ayniy ("Buxoro jallodlari", "Doxunda", "Kullar"), Oybek ("Qutlugʻ qon", "Navoiy", "Quyosh qoraymas", harbiy lirika), Gʻafur Gʻulom ("Shum bola", "Yodgor", urush davri lirikasi), shuningdek, Hamid Olimjon ("Zaynab", "Zaynab va Omon", lirika), Shayxzoda ("Mirzo Ulugʻbek", lirika), Mirtemir, Zulfiya va boshqa yozuvchilarning xizmatlari katta. Sotsialistik R. "ochiq sistema" deb eʼtirof etilgan 60—70-yillarda Shuxrat ("Shinelli yillar"), O. Yoqubov, ("Ulugʻbek xazinasi"), P. Qodirov ("Yulduzli tunlar"), E. Vohidov, A. Oripov, Rauf Parfi, Omon Matjon, keyinchalik h. Xudoyberdiyeva, Togʻay Murod va boshqa yozuvchilar ijodi tufayli oʻzbek adabiyotidagi R. oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga koʻtarildi. Oʻzbek adabiyotida R.ning qaror topishida, bir tomondan, milliy adabiy zamindan oziqlanish, ikkinchi tomondan esa, rus va jahon realistik adabiyotining eng yaxshi anʼanalari va tajribalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Tasviriy sanʼatda R. ijodkor hayotdan saralab olgan muhim voqea va hodisalarni oʻzining estetik qarashlari asosida aks ettiradi. Sanʼat turlari va janrlarida R. anʼanalari turlicha koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Realistik sanʼat mohiyati jihatidan borliqning oddiy sodda oʻxshashi boʻlsa ham, quruq koʻchirishga moyil boʻlgan naturalistik sanʼat (naturalizm)dan keskin farq qiladi. R. oʻz yechimi va shakllanishi jihatidan romantizm bilan yonmayon turgani holda haqqoniyligi va hayot haqiqati tamoyillari bilan undan ajralib turadi. R. taraqqiyoti davomida oʻzgarib boradi, aniq, tarixiy oʻziga xos xususiyatlarga, turli uslubiy shakllarga ega boʻladi (Mas, antik P., Uygʻonish davri R.i, maʼrifatparvarlik R.i va h. k.), ular oʻzaro vorislilik bilan bogʻlanadi; antik davr ijodkorlari real hayotni mifologik qahramon va maʼbudlar timsolida aks ettirgan (haykaltarosh Miron, Lisipp, Poliklet, Praksitel va boshqalar); Uygʻonish davri ijodkorlari antik davr yaratgan shakllardan foydalanib, davrning insonparvarlik gʻoyalarini tasvirlashga erishdilar, R. metodi yuksak pogʻonaga koʻtarildi (Jotto, Donatello, Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelanjelo, Titsian va boshqalar) 18-asr maʼrifatparvarlar sanʼatida rassomlar yashayotgan muhit oʻzining tarixiyhaqqoniy shakllarida aksini topdi (ingliz U. Xogart, fransuz J. Gryoz va boshqalar), F. Goyya ijodi R. uslubining qaror topishida alohida oʻrin tutadi.
R., voqelikni aynan oʻziga oʻxshatib aks ettirish bilan chegaralanmay, balki insonning hali roʻyobga chiqmagan, ishga tushirilmagan imkoniyatlarini ham uz tasavvuri bilan toʻldirib tasvirlashi hamda asarga xayoliy obraz va unsurlar kiritishi mumkin. Badiiy ijodda R. ijtimoiy hayotdagi illat va ziddiyatlarni aks ettirish orqali uni jamoatchilik hukmiga havola etish va tasvirlangan voqelikka hukm chiqarishdan iborat boʻlgan; 19-asr R.i tanqidiy yoʻnalashda boʻlganligi uchun tanqidiy R. deb yuritiladi. Hikoyanavislikning ortishi borliqni yanada chuqurroq yoritish imkonini berdi, realistik sanʼat imkoniyatlarini kengaytirdi. Rassomlar asarda ishlatilgan har bir buyum va unsurni ifodali va asar gʻoyasini ochishida xizmat qilishiga harakat qildilar. 19—20-asrlar R.i uchun umumiy xususiyat bu uning tarixiyligi, inson harakterini ifodalashda aniq tarixiy shartsharoitni hayotga yaqin qilib olinishidir (O. Domye, G. Kurbe, I. Repin, R. Guttuzo va boshqalar).
20-asr boshida R.ning yangi bosqichi ("20-asr R.") shakllandi: nemis K. Kolvits, shveysariyalik T. Steynlen, belgiyalik F. Mazerel, fransuz rassomi M. Utrillo, A. Marke va haykaltaroshi A. Mayol, A. Burdel, meksikalik D. Rivera, D. Sikeyros, italiyalik R. Guttuzo, J. Mansu, amerikalik R. Kent, A. Refrejye va boshqa 20-asr R.i avangard uslublari bilan raqobatda ifoda va tasvir vositalarini boyitdi.
Oʻzbekiston sanʼatida R. dunyoviy yoʻnalish tamoyillari, demokratik hamda maʼrifatparvarlik harakatlari zaminida kamol topdi. Dastlab sodda ibtidoiy sanʼat namunalarida, keyinchalik yuksak darajada rivojlangan miniatyura sanʼatida R. unsurlari koʻzga tashlanadi. Zamonaviy tasviriy sanʼatda 19-asr oxiri —20-asr boshlarida R. shakllana boshladi. 20-asrning 20—30-yillarida milliy realistik jarayonlar B. Hamdamiy, L. Nasriddinov, L. Abdullayev va boshqa rassomlar asarlarida rivojlandi. Oʻzbekistonlik realist rassomlar ilgʻor qarash va yoʻnalishlarda shkod qilib R.ni yangi imkoniyatlar bilan boyitmokda.
Teatrda R. voqelikni haqqoniy, obyektiv aks ettirishdan iborat vazifani anglatadigan tushuncha; sanʼat asarlarida oʻziga xos vositalar yordamida inʼikos etilgan hayot haqiqati. Oʻzbek xalq teatrida R. elementlari kadimdan mavjud edi. Professional teatrlar sahnasida R. dramaturgiyasi asarlari sahnalashtirildi. Oʻzbek aktyorlari Yevropa realist akterlarining ijodidan samarali foydalandilar. R.ning yetakchi prinsiplari: hayotning muhim tomonlarini muallifning yuksak ideallari darajasida obʼyektiv aks ettirish; tipik sharoitdagi tipik harakterlarni ularning individual xususiyatlari bilan ifodalash, asarda badiiy fantaziyaning shartli shakllari (afsona, mif, ramz, mubolagʻa va h.k.)dan foydalanish (xususan, 20-asr R.ida) bilan birga tasvirning hayotiy haqqoniyligiga rioya qilish; shaxs va jamiyat (ularning aloqalari va ziddiyatlari) muammolariga qiziqishning kuchliligi.
Download 104.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling