Hozirga adabiy jarayon
A.Lirikaning kichik janrlari
Download 104.51 Kb.
|
adabiyot 1
A.Lirikaning kichik janrlari
Fard(arabcha so’z bo’lib, yakka, yolg’iz, toq ma’nolarini beradi) “shoir tomonidan ma’lum mavzu va g’oyaviy maqsadda ijod qilingan mustaqil she’riy baytdir. Fard bir bayt hajmidagi, shaklidagi she’riy asardir. Unga berilgan janr atamasi ham baytning yakkaligiga asoslanadi Xalq og’zaki ijodida bu shakl “maqol”, “matal”, “hikmat”, “otalar so’zi” nomlari bilan yuritilgan: Dunyo chamanining bulbulisen, Gul shoxida oshiyon etib ket. (Nodira) Ikki nafarning ovqati uch nafarga yetadi. Yaxshi odamning mehmoni ko’p bo’ladi. (“Otalar so’zi”) Bo’lar odam yoshida bosh bo’lar, Bo’lmas odam qirqida ham yosh bo’lar (“Amir Temur o’gitlari”) Bilagi zo’r birni yiqar, Bilimi zo’r mingni yiqar. (Maqol) Musallas (arabcha so’z, ma’nosi uchlik, uchlama) mumtoz poeziyamizda kam yaratilgan. “Bu shaklning kam qo’llanilganining sababi 1-2 juft misradan keyingi 3- misraning qofiya jihatidan toq bo’lishidir (aab). Bu holat esa she’rda notamomlikka, fikriy uzilishga sabab bo’lishi mumkin” (R.Orzibekov. O’zbek she’riyati janrlari) deb asoslash noo’rindir. Ruboiy(ar. - to’rtlik) – “ikki baytli she’r”(Qabul Muhammad) bo’lib, uning yuzaga kelishiga, xalq she’riyatidagi to’rtliklar asos bo’lgan” (B.Sarimsoqov, N.Hotamov). Aruz hukmronlik qilgan davrlarda “hazaj bahrining “ahram” va “ahrab” shajaralaridagi 24 sho’bada yaratilgan... uning yetakchi janr belgisi – undagi chuqur mazmunni hazaj bahri vaznlarida ifodalash” (R.Orzibekov) sanalgan. Ruboiy qofiyalanishga qarab ikki xil bo’ladi. Agar u a-a-b-a tarzida qofiyalansa xosiy ruboiy, -a-a-a-a tarzida qofiyalansa taronai ruboiy deb yuritiladi. Alisher Navoiy ruboiylari tuygʻular va fikrlarning yetukligi, tabiiyligi, favqulodda goʻzal va taʼsirchanligi, soʻz maʼnolarining kamalakdek tovlanishi bilan ajralib turadi. Navoiy sheʼriyati bilan muloqot kitobxonlarning ichki olami, maʼnaviyatining boyishiga katta hissa qoʻshadi. Tuyuq (ar. – tuslash, tuymoq) – lirikaning o’ynoqi, shoirning so’z san’atini yaqqol ko’rsatuvchi janrdir. Tuyuqlar tajnis san’atining ishtirok etishi yoki etmasligiga ko’ra 1) tajnisli va 2) tajnissiz tuyuqlarga bo’linadilar. Garchi bitta vaznda yozilishi shartligi – uning imkoniyatlarini cheklasa-da, shoirning omonimlardan foydalanish mahoratini to’liq namoyon etishi bilan ardoqlidir. Jumladan, G’am yuki to qomatim yo qilmadi, Ohim o’tig’a falak yoqilmadi, Download 104.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling